Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
M uham m ad A m inxo’ja M uqim iy
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zokirjon X olm uham m ad o ’g ’li Furqat
M uham m ad A m inxo’ja M uqim iy
(1850-1903) o’z ijodida jamiyatda m a’rifat, ijtimoiy adolat va xalq farovonligini ta ’minlovchi tartiblar o’rnatish zarurligini aks ettirdi va o’z zamonasiga ana shu jihatdan baho berdi. Muqimiy zulm va jaholat ostida ezilgan mehnatkash dehqonlar va shahar kambag’allarining og’ir ahvolini, boylar, ruhoniylar va amaldorlarning o ’zboshimchaligini va jabr-zulmni yorqin ifodalab berdi. U o’z mehnati bilan moddiy boyliklarni yaratayotgan oddiy xalq ochlik va qashshoqlikda yashayotgan bir paytda, boylarning ayshu-ishratda kun kechirayotgani bilan hech kelisha olmaydi. Muqimiy zolimlarni fosh qilish bilan cheklanmadi, u jamiyatda hokimiyat "g’irchillama kovush va silliq salla"liklar qo’lida ekanligini tushunib etdi va xalqni mavjud tuzum adolatsiz ekanligini chuqurroq anglashga chaqirdi, xalqning bu tuzumga nisbatan g ’azab va nafratini oshirdi. U o’z davridagi xonlik tuzumida mavjud bo’lgan turli tabaqalar, ijtimoiy kuchlar mavjudligini va ular orasida kurash borligini ko’ra oldi. Zokirjon X olm uham m ad o ’g ’li Furqat (1858-1909) she’riyati o’z zamonidan nolish, zorlanish bilan birga, erkinlikka va yorug’ hayotga intilishni aks ettiradi. Masalan, uning "Sayding qo’ya ber sayyod" she’rida alam iztiroblari umumlashtirilgan, qullikka, zulmga norozilik tuyg’ulari bayon etilgan. Bu she’r ov va ovchi haqida yozilgan bo’lsa ham, jamiyat hayoti va jamiyatdagi erksizlik, qullik hodisalarini tasvirlaydi. Shoir kiyikning holini o ’z holiga o’xshatadi. Bu bilan she’rda tasvirlangan voqea ijtimoiy hayotga, kishilar o’rtasidagi munosabatlarga taalluqli ekanini ko’rsatadi. Furqat bu she’rning har bandida bandga tushib qolgan kiyikning ahvolini tasvirlar ekan, voqelikning, hayotning biror tomonini chizib beradi. Bu she’rda uning ham kuchli, ham kuchsiz tarafi gavdalanadi. Shoirning kuchli tomoni - uning erkparvar, ozodlikni sevuvchi sifatida, qullikka, jabr-zulmga, haqsizlikka qarshi chaqirig’idir. Uning kuchsiz tomoni esa *- ozodlikni zolimdan so’rab olmoqchi bo’lishida, ya’ni ovchini kiyikka rahm qilishga chaqirishida ko’rinadi. Shoir afsonaviy jannat bog’lari xayoli bilan emas, odamzot o’zi yashab turgan tabiat go’zalliklaridan bahramand bo’lib yashashni afzal ko’radi. Shunda ham yakka emas, balki do’stlar bilan birga tabiatdan bahramand bo’lishga chaqiradi. U hayotda shodlik bilan kun kechirish orzusi — insoniy, go’zal orzu ekanini aytadi. U do’stlar bilan shodlik va suhbat qilib yashash orzusi bo’lmagan kishilarni odam hisoblamaydi. Uning ushbu fikrlari ayni holda ba’zi tasavvufiy tariqatlardagi tarki dunyochilik qarashlariga qarshi chiqish hamdir. 50 Furqat faqat ilm, ixtironigina emas, ayni zamonda uning ijodkori bo’lmish insonni ham samimiy hurmat bilan sevgan va insoniy muhabbatni, erkinlikni ulug’lagan. Uning she’rlarida olijanob fikrlar, g’oyalar, go’zal hissiyot bilan yashovchi, jamiyat taraqqiyotini o’ylovchi, ilgariga, yangilikka intiluvchi, xalq uchun qayg’uruvchi inson gavdalanadi. Uning tushunishicha, aql, idrok insonning eng yaxshi fazilatidir. Furqat o ’z ijodida, bir tomondan, o ’z davridagi jamiyat tuzumining hokim sinflar, zulmkorlar jabrini ayovsiz tanqid qiladi, jaholat, nodonlik ichida yashagan xalqning ahvoliga achinadi, uni bilim, ma’rifatga yaaqiradi, shu yo’l bilan qoloqlikni, zulmni tugatish yo’lini izlaydi. SHu ma’noda u optimist m a’rifatparvar, demokrat shoir sifatida maydongan chiqadi. Boshqa tomondan esa, o ’z orzulari, umid-tilaklari amalga oshmaganidan kuyunadi, darbadarlikda, g ’urbatda yurib umidsizlik kayfiyatiga tushadi, zamondan shikoyat qiladi. Bular Furqat ijodida XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi hayot, mehnatkash xalqning kayfiyati, ichki kechinmalari aks etganini ko’rsatadi. Yuqorida nomlari zikr etilgan taniqli adib, shoir va olimlardan tashqari Gulxaniy, Anbar otin (1870-1915), Nozimaxonim (1870-1925), Sattorxon Abdug’afforov (1843-1902), Zavqiy (1853-1921), Avaz O ’tar (1884-1919) va boshqalar o ’zlarining asarlarida shaxs va jamiyat haqida jiddiy va ilg’or fikrlarni ilgari surdilar. Ulaming har biri hayot sharoitlari va faoliyati, ayrim masalalarga turlicha yondoshishlari bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Lekin ularning barchasining diqqat markazida mamlakatning iqtisodiy va madaniy jihatdan qoloqligi sabablarini aniqlash, xalqni iqtisodiy va ma’naviy zulmdan ma’rifat yo’li bilan ozod etish masalalari turar edi. 6. Jadidchilik harakati namovondalarinins ijtimoiy taraggiyot hagidasi fikrlari Podsho Rossiyasi o’z mustamlakalari bo’lgan o’lkalardagi milliy masalalarning ko’tarilishiga bor kuchlari bilan qarshilik ko’rsatar, bu erlarda minglab yillar mobaynida rivojlangan milliy davlatchilikni yo'qqa chiqarishga harakat qilar, ilg’or fikrlarning rivojlanishiga to ’sqinlik qilar va xalqni tubanlikda, bilimsizlikda tutib turishdan manfaatdor edi. Shu maqsadlarda Turkiston Rossiyaning xom ashyo bazasiga aylanib bordi. Og’ir, asosan qo’l kuchiga asoslangan qishlaq xo’jalik mehnati mustamlaka o ’lka xalqlarini asoratga sola boshladi. Shuningdek, xalqni mustamlakaga, hech bir huquqsiz qulga aylantirish siyosati siyosiy zug’umlar, yarim harbiy boshqaruv, mukammal politsiyachilik nazorati va qattiq jazolar qo’llash mexanizmlari bilan mustahkamlandi. Ana shunday ayanchli ahvolga qaramay Turkiston xalqlari tarix sahnasidan yo’qolib ketmadi, balki o’zligiga qaytish uchun qaytadan uyg’ona boshladi. XIX asr oxiri - XX asr boshlaridan o’z milliy ozodligi, mustaqilligi uchun kurashga astoydil bel bog’ladi. Turkistonda milliy ozodlik uchun kurashga otlangan dastlabki ijtimoiy-siyosiy oqim - jadidlar harakati edi. Jadidchilik harakati dastlab XIX asrning 80-villarida Qrimda paydo bo’lgan, uning asoschilaridan biri Ismoilbek Gaspirali (Gasprinskiy) edi. Bu harakat mustamlakachilarga qarshi ochiqdan-ochiq kurashdan voz kechar, bilvosita kurash 51 yo'lini tanlagan edilar. Mustamlakachilik zulmi natijasida xalq o ’zligini yo’qota boshlagan bo’lib, u milliy dunyoqarashni shakllantira olmas edi. Shuning uchun ham dastlabki ishni xalqni ma’rifatli qilishdan, uni uyg’otishdan boshlash zarur edi. Ma’rifatli va o’zligini anglagan xalqda milliy ong tez rivojlanib, u o’z-o’zidan mustabid zulmga qarshi chiqadi va o’zini milliy zulmdan ozod qiladi. Shuning uchun jadidlar o ’zlarining ilk harakatlarini ma’rifatparvarlikdan boshlaganlar. Bu oqim o ’z harakat shaklini madaniy-ma’rifiy tarzda ko’rsatishga intilgan bo’lsa-da, uning mohiyati va zamirida siyosiy kurash, o ’z xalqini mustamlakachilar zulmidan ozod qilish, mustaqil davlat qurish niyati bor edi. Shunga muvofiq jadidizm o ’z taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o ’tgan: ma'rifatparvarlik bosqichi va siyosiy harakatlar bosqichi. Jadidlar mafkurasi ham o ’ziga xos edi. Ular o’sha paytlarda butun dunyoga keng tarqalishga ulgurgan Evropa madaniyati va rivojlanish g’oyalarini rad qilar, shu bilan birga yangi paydo bo’lgan sotsializm va sotsial-demokratik qarashlarga qo’shilmas, bu oqimlar Turkistonning kelajagi uchun xavfli ekanligini isbotlashga harakat qilar edi. Ular o’z mafkuralari asosiy mezonlarini ijtimoiy adolat, milliy m eros, turkchilik va milliy mustaqillik kabi qadriyatlar asosida shakllantirdilar. SHu bilan birga ular ma’naviy-madaniy va ma’rifiy hayotni yangilashga, xalq tu rm u sh tarziga fan va texnika yutuqlarini olib kirishga, diniy jaholat, bid’at va mutaassiblikka, shuningdek. qoloqlikka barham berishga intilar edilar. XX asrning dastlabki 1 0 - 1 5 yilida Turkistonda yangi "usuli jadid" yoki "usuli savtiya" maktablari ochildi, milliy matbuot va teatrlar tashkil etildi. Turli uyushmalar, harakatlar va xayriya jamiyatiari shakllandi. Jadidlaming xalqning milliy o’yg’onishi, mustaqillik uchun kurash g ’oyalarining shakllanishida, sh u n in g d e k , uning madaniy-ma’rifiy qarashlarini boyitishda Mahmudxo 'ja B e h b u d iy , Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulhamid Cho’lpon, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev kabi taniqli kishilarning faoliyati katta ahamiyatga ega bo'ldi. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling