Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

R o b ert O u en
(1771-1858) ingliz sotsialisti, 1810 yillarda kapitalistik 
jam iy at sharoitlarida ishchilar ahvolini yaxshilash to ’g ’risidagi filantropik (filo, 
grekcha -se v is h , antropos - inson), y a ’ni kam bag'allarga yordam berish, xayriya 
faoliyati o lib borish to ’g ’risidagi rejalari bilan chiqadi. Ushbu rejani u 
S hotlandiyaning N yu-Lanark 
shahridagi 
to ’qim achilik 
fabrikasida 
am alga 
oshirishga urinadi. O uen tom onidan A Q SH da va Buyuk Britaniyada tashkil 
qilingan kom m unistik koloniyalar m uvaffaqiyatsizlikka uchradi.
O uen qarashlarining m arkaziy b o ’g ’ini - inson xarakteri haqidagi g ’oyadir. 
U ning fikricha inson xarakteri individning tabiiy tuzilishi va uni qurshab turgan 
m uhitning o ’zaro ta ’siri natijasidir, bu m unosabatda muhit belgilovchi rol 
o ’ynaydi. X uddi shu kabi, y a ’ni jam oalar, sinflar ulami qurshab turgan turm ush 
kechirish tashqi sharoitlarining belgilovchi ta ’siri ostida o ’zlariga xos xarakter
66


I ii'.h cliidiliir. Ouen o ’zi ishlab chiqqan inson xarakteri haqidagi g ’oya orqali 
kisliilnrgii lo 'g ’riyo’l ko ’rsatyapman va bu y o ’l aqlga mos va adolatli jam iyatni 
qiirishga olib keladi, deb ishongan edi.
K apitalistik m unosabatlar tashqi m uhit sifatida kishilam ing ongi va taqdirini 
b d g iia r ekan, ularning tubanligi va bilim sizligining, axloqning tubanlashuvining, 
ochko’zlik va nafrat ruhi hukm ronligining, ehtim olki, inson hayotidagi b a’zi 
liibanliklam ing sababchisi sifatida, ulam ing barchasi uchun ana shu m unosabatlar 
javobgardir. Barcha ijtimoiy kam chiliklarning asosiy sababchisi - xususiy 
m ulkchilikdir. Shu m a’noda R.Ouen Sen-Sim on va Furedan farqli ravishda xususiy 
m ulkchilik m unosabatlariga faol va izchil qarshi chiqdi.
O uen yangi jam iyat qurishda ikki holatdan qochishga umid qiladi. 
Birinchidan, revolyusiyani zo ’ravonlikka asoslangan davlat to ’ntarishiga aylantirib 
yuborishdan. Ikkinchidan, inqilobni madaniyatsizlik sharoitida savodsiz kishilar 
tom onidan am alga oshirilishidan. Uning fikricha, zo ’ravonlik hollariga y o ’l 
q o ’yilishi va ijtimoiy tartibsizlik shundoq ham abgor bo’lib turgan jam iyatning 
holatini yanada yom onlashtiradi, insoniyatni orqaga tortadi, nurli kelajak vujudga 
kelishini ortga suradi. 
Inqilobni unga tayyor bo ’lmagan va faqatgina sinfiy 
qasosga tashna kishilar am alga oshirsalar oqibat tabiiy ravishda ana shunday 
b o ’ladi. "M avjud tuzum har qanday tuban b o ’lsa ham, - deydi Ouen, - uni ushbu 
m asalalarda bilim siz b o ’lgan va qo ’pol kishilar qo ’li bilan buzib bo’lmaydi".
Ana shu kelajak jam iyatiga o ’tish b o ’lg ’usi kom m unistik jam oalar qurish 
uchun etarli kapitalga ega bo ’lgan va ijobiy istaklar rahnam oligida harakat qiluvchi 
alohida individlar va kishilar guruhi tom onidan am alga oshiriladi. M onarxlar, 
m inistrlar, arxiepiskoplar, er egalari, sanoatchilar, umuman olganda boy va saxiy 
savobtalab kishilar (filantroplar), shuningdek, grafliklar, o ’rta hoi kishilar 
assotsiatsiyalari, fermerlar, savdogarlar, hunarmandlar, fabrika ishchilari ana 
shunday kishilar bo ’lishi mumkin. Bu narsaning haddan ortiq xayoliyligi shunday 
k o ’rinib turibdi.
Kelajak jam iyatining eng kichik 
asosi, 
"m olekulasi" - o ’z-o ’zini 
ta ’m inlovchi kommunadir. U lar milliy darajadagi federatsiyalarga birlashadilar, 
s o ’ngra esa dunyoviy m asshtabda birlashuv yuz beradi. Er sharida bir vaqtning 
o ’zida barcha uchun bir xil b o ’lgan qonunlar to ’plami faoliyat ko ’rsata boshlaydi, 
bir xil boshqaruv tartibi joriy etiladi. Er aholisi katta bir oilaga birlashadi.
O uen ana shunday "jamoa poselkalari" konstitutsiyasini ham ishlab chiqdi. 
U nga k o ’ra ana shu kom m unalarda 300 dan 3000 gacha a ’zolar bo’ladi, ular 
kollektiv 
mehnat, 
ijtimoiy 
mulkchilik, 
unga 
kiruvchilam ing 
huquq 
va 
m ajburiyatlarining tengligi asosiga quriladi. K ishilar o ’rtasida o ’zaro samimiy 
yordam ga asoslangan m unosabatlar tarkib topadi. Kasallar, nogironlar, qariyalar va 
m ehnatga yaroqsizlarga nisbatan kollektiv g ’am xo’rlik vujudga keladi. Axloq 
soflashadi va bu narsa mukofotlash yoki jazolashning y o ’qolishiga olib keladi.
4. 

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling