Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Nizomda xarajatlarning moddalarga ajratilishi (soni)


Download 1.34 Mb.
bet116/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Nizomda xarajatlarning moddalarga ajratilishi (soni)







Xarajatlarning guruhlantirilishi

Asosiy xarajat moddalari soni

Qo’shimcha elementlar soni

1.

Mahsulot (ishlar, xizmatlari)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar







1.1.

Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlari

12

-

1.2.

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari

7

12

1.3.

Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta xarajatlari

2

-

1.4.

Asosiy vositalar va ishlab chiqarish axamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amartizatsiyasi

2

-

1.5.

Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar

12

11

2.

Davr xarajatlari







2.1.

Sotish xarajatlari

4

19

2.2.

Ma’muriy xarajatlar

15

-

2.3.

Boshqa operatsiya xarajatlari

21

25

2.4.

Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar

8

4

3.

Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar

6

-

4.

Favqulodda zararlar

-

-

Jami

89

71

Xarajatlarni moddalarga ajratilishi jadvalidan ko’rinib turibdiki, barcha xarajatlar 4 ta iqtisodiy guruhga, 89 ta moddaga va 71 ta qo’shma elementga ajratilgan, guruhlashtirilgan. Bunda qo’shimcha elementlar - alohida olingan moddani kichik moddachalariga, elementlarga ajratilganidir. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, eng ko’p xarajat elementlari 1.2,1.5 ayniqsa 2.1 ga 2.3 xarajat moddalariga tegishli.


Asosiy faoliyat bo’yicha xarajatlarning iqtisodiy mazmuni moddalar va elementlar bo’yicha guruhlashtirib berilishi milliy hisoblar tizimining asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblangan yalpi qo’shilgan qiymat va u orqali esa yalpi ichki
mahsulot hajmini hisoblash uchun ma’lumotlar olinishiga hamda oraliq iste’moli ko’rsatkichini hisoblashga imkon yaratadi.
Statistika va buxgalteriya hisobida xarajatlar tannarxga kiritilishiga qarab ikki guruhga bo’linadi: bevosita va bilvosita xarajatlar.
Bevosita xarajatlar deganda, aniq mahsulot tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri qo’shiladigan xarajatlarga aytiladi. Bilvosita xarajatlar deb turli mahsulotlar o’rtasida bo’linadigan (shartli) xarajatlarga aytiladi. Ularga mashina va jixozlarni saqlash va ta’mirlash, umumishlab chiqarish, umumxo’jalik, tijorat va boshqa xarajatlr kiradi.
Xarajatlar ishlab chiqarilgan yoki sotilgan mahsulot hajmiga bog’liqlik darajasi bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi: shartli-o’zgaruvchan va shartli-o’zgarmas xarajatlar.
Shartli-o’zgaruvchan xarajatlar (masalan, xom-ashyo, materiallar va h.k.) ishlab chiqariladigan yoki sotiladigan mahsulot yoki tovar hajmiga bevosita bog’liq ya’ni mahsulot hajmi qancha oshsa yoki kamaysa xarajatlar ham mutanosib ravishda oshadi yoki pasayadi. Demak, mahsulot hajmi bilan shartli-o’zgaruvchan xarajatlar o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’lanish mavjud. Bundan shartli-o’zgarmas xarjatlar mahsulot hajmi bilan bog’liq emas ekan deb xulosa chiqarmasligimiz kerak. Bog’liq holda ular ham ma’lum bir miqdorda oshadi yoki kamayadi. Lekin, shartli- o’zgaruvchan xarajatlarga nisbatan bir necha marta kamroq o’zgaradi. Masalan, zavodda mahsulot ishlab chiqarish o’n marta oshsa, xom ashyo hajmi o’n martaga oshishi kerak, lekin zavod direktori yoki iqtisodchining oylik maoshi 10 marta oshmaydi.
Barcha xarajatlarni iqtisodiy mazmuni (elementlari)ga ko’ra guruhlashtirish asosida korxona (tashkilot), ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalarini, foydaning ko’rsatkichlarini (ya’ni foyda, asosiy faoliyatdan olingan foyda, umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda, soliq to’lagungacha olingan foyda, sof foyda) hamda yalpi va sof qo’shilgan qiymat, pul oqimi (kesh flou)ni hisoblash mumkin. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektda yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (YaQQ)=Yalpi ishlab chiqarish (tovarlar va xizmatlar) – oraliq iste’moli; Yalpi foyda (YaF) = SST (Sotishda olingan sof tushum) – IT (Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi). Ammo sh № 5-S hamda sh. № 1-F ma’lumotlari asosida oraliq iste’molni bevosita holida hisoblash mumkin emas, chunki asosiy bo’lmagan faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar faqat jami holda beriladi.
Korxona va tashkilotlar xarajatlarining statistik tahlili, ularning tarkibini o’rganishdan boshlanadi. Xarajatlar tarkibini o’rganish uchun har bir xarajat moddasini umumiy xarajatlardagi hissasi aniqlanadi. Agarda bu ish o’tgan va joriy yillar uchun bajarilsa yana ham yaxshi, ya’ni ikki yilni taqqoslash mumkin. Bizning fikrimizcha, bu ishni bajarishdan maqsad, faqat o’tgan davrga (yoki yillarga) nisbatan qanday tarkibiy o’zgarishlar ro’y berganligi aniqlash emas (bu ish ham juda muhum). Maqsad – shu tarkibiy o’zgrishlrga olib kelgan sabablarni va korxonada xarajatlarni kamaytirish uchun qanday zahiralar mavjudligini aniqlashdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikkinchi savolga javob berish, birinchi savoldan ko’ra muhimroqdor.
Tarkibiy o’zgarish (strukturaviy siljish) larni miqdoriy baholash va ularning ta’sirini o’rganishda statistika xazinasidagi ko’pgina metodlardan foydalanish
mumkin. Chunoncha, alohida olingan guruh xarajatining umumiy xarajatdagi salmog’ini (di) o’zgarishini  di= di0 - di1 holida (i=1,2,3,4), yig’ma holda esa strukturaviy siljishga baho berishda qo’yidagi metodlardan foydalanish mumkin:

  1. strukturaviy siljishlarni chiziqli koeffitsienti:



d  ; n - tarkibiy qismlarining soni
n

  1. strukturaviy siljishlarning kvadratik koeffitsienti:

d 0
d1

2
;




  1. K. Gatev integral koeffitsienti



жd
n

0 1 ;
d d 2

0
d 2 d 2


  1. Salai indeksi

I s
va boshqalar. Bunda koeffitsientlar va Is



ning qiymatlari 0-1 oralig’ida bo’lishi mumkin. Masalan 0    1.
Xarajatlarning umumiy summasi alohida olingan guruhi yoxud turi bo’yicha o’zgarishlarni o’rganishda iqtisodiy indekslardan foydalaniladi.
10.1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish tannarxiga kiradigan xarajatlar (guruh 1) mutloq summada va nisbiy jihatdan ko’paygan. Agar xarajatlarning ko’payishi (qs) ni 100,0 deb olsak, unda uning
72,7 foizi ( 1600 100 ) ni guruh 1 dagi xarajatlar tashkil etadi. Bunda 1600 ming
2200
so’mning 1320 ming so’mi umumiy xarajatlarni ko’payishi evaziga.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling