Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul muomalasi statistikasi ko’rsatkichlari
n
Misol. Bank 8 oyga 10 mln. so’mlik kredit berdi. Kutiladigan oylik inflyatsiya darajasi 2%. Daromad stavkasi 12%. Shu ma’lumotlar asosida inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda foiz stakasini, oshgan qiymat summasini va foiz to’lovi miqdorini aniqlang: Inflyatsiya indeksi: Brutto stavka: Ju=(1+0,02)8=1,1717 i (1 0,66 0,12) 1,1717 1 0,264 0,4(40%) 0,66 0,66 Oshgan qiymat summasi: Sa=10(1+0,660,4)=12,64 mln. so’m Foiz to’lovi miqdori: =12,64-10,0=2,64 mln. so’m. Uzoq muddatli kreditlar berilishida, yillik inflyatsiya darajasi (a) mavjudligi sharoitda shu operatsiyaning samaradorligini (i) ta’minlaydigan murakkab foiz stavkasi quyidagi formula bilan hisoblaniladi: ia=i+a+ia Agar hisoblangan inflyatsiya indeksi butun kredit muddatiga qo’llanilsa, inflyatsiyani hisobga oluvchi foiz stavkasi quyidagi formula bilan hisoblaniladi: ia=(1+i) n J и 1 . Pul muomalasi statistikasi ko’rsatkichlariUmumiy ta’rifga binoan pul maxsus tovar bo’lib, u hamma tovarlar uchun umumiy ekvivalent rolini bajaradi. Pul massasining darajasi dinamikasi va tarkibini xarakterlovchi ko’rsatkichlar tizimi sifatida tasvirlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi naqd va naqd pulsiz shakllarda amalga oshiriladigan pul munosabatlari pul muomalasi statistikasi predmeti hisoblanadi. Pul muomalasi statistikasi o’z predmetini quyidagi ko’rsatkichlar orqali o’rganadi. Ulardan biri pul massasidir. Pul massasi deganda bir mamlakat ichida jismoniy va yuridik shaxslarning naqd pul va naqd pulsiz qiladigan hisob-kitob mablag’lari yig’indisi tushiniladi. Umumiy pul massasi (M) alohida agregatlardan tashkil topadi. Respublikada umumiy pul miqdori quyidagi agregatlarga bo’linadi: M0 - naqd pullar; M1 – M0+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy byudjetlar mablag’lari, byudjet jamoa va boshqa tashkilotlar mablag’lari; M2 – M1+ banklardagi muddatli omonatlar; M3 – M2+ sertifikatlar, maqsadli zayomlar, davlat obligatsiyalari, xazina majburiyatlari va boshqalar. Pul agregatlarining soni mamlakat iqtisodiyoti va pul massasining boshqarish xususiyatlari inobatga olingan holda turlichadir. Masalan, AQSh va Rossiyada pul massasi 4 agregatga, Yaponiya va Germaniyada – 3, Angliya va Frantsiya – 2 agregatga bo’linadi. Xalqaro valyuta fondi esa 6ta agregatni taklif qiladi. Pul bozorini o’rganishda «Pul asosi yoki bazasi» ko’rsatkichi keng qo’llaniladi. Bu ko’rsatkichni (N) hisoblash uchun naqd pul, bank kascasidagi qoldiq pul mablag’lari, tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy zaxiralari va ularning MB korschyotidagi mablag’lari qo’shib chiqiladi. Bu ko’rsatkich asosida pul multiplikatorini hisoblaymiz: Pm= M 2 H C D C R Bu erda: Pm – pul multiplikatori; S - naqd pul; D – depozitlar; R – tijorat banklarining majburiy zaxiralari. O’zbekistonning o’z milliy puli (so’m) 1994 yil 1 iyundan boshlab mavjud. Hozirgi kunda respublikada so’m kupyuralarini: 1,3,5,10,25,50,100,200,500 va 1000 so’mlar tashkil qiladi. So’mning kupyura tuzilishi dinamikasini xarakterlash uchun va uning vaqt bo’yicha o’zgarishi tendentsiyasini aniqlash maqsadida o’rtacha kupyura hajmi to’g’risida ma’lumotlar kerak. Bu ko’rsatkich quyidagi formula bilan hisoblanadi: x x f f bu erda: x – kupyuralar qadr-qiymati, f – kupyuralar soni. Pul muomalasining odilona tashkil qilinganligini va eng asosiysi, samarali ishlayotganligini baholashda statistik ko’rsatkichlar tizimdan foydalanamiz: pul oboroti (aylanishi); pul massasi; naqd pullar; naqd pulsiz mablag’lar; pul massasining aylanish tezligi va vaqti; pul emissiyasi va migratsiyasi. Pul muomalasining samaradorligini xarakterlovchi eng muhim ko’rsatkich – pul massasining aylanish tezligidir. Pul massasining aylanish tezligi oborotlar soni va kunlarda o’lchanadi. Pul massasining oborotlari soni (V) yalpi ichki mahsulotni o’rtacha pul qoldig’iga nisbati bilan o’rganiladi: V= Q M Bu erda: Q – yalpi ichki mahsulot hajmi; M - o’rtacha pul qoldig’i. O’rtacha pul qoldig’ini o’rtacha oddiy arifmetik va xronologik formulalar bilan aniqlash mumkin (7 mavzuga qarang). Pul massasining oborotlari soni, masalan, bir yil ichida pul massasining necha marta aylanganligini yoki yangilanishini xarakterlaydi. Bir oborotga ketgan vaqt (t) oborot soniga teskari proportsional bo’lib, quyidagi formula bilan aniqlanadi: t M M Q : D m M D Q bu erda: D – davrdagi kalendar kunlar soni; m – bir kunlik mahsulot hajmi. Pul oborotining soni (V) va pul mablag’larining aylanish vaqti (t) ko’rsatkichlari o’zaro uzviy bog’liqdir, ya’ni: Vt=D bu erdan t=D:V; V=D:t Bu ko’rsatkichlarni vaqt va xududlar bo’yicha o’zgarishini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Statistikada bu ish odatda indeks metodi yordamida bajariladi, ya’ni individual va umumiy (o’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli, tarkibiy siljish)indekslar hisoblaniladi (8-mavzuga qarang). Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling