Namunaviy o‘ q u V dastur I


Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi quyidagi modullardan iborat


Download 71.78 Kb.
bet2/8
Sana01.03.2023
Hajmi71.78 Kb.
#1242841
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Barcha fanlar 25.07.2022

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi quyidagi modullardan iborat:
1. Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish
2. AKT va mediasavodxonlik
3. O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari
4. Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi
5. Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari
6. Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari
7. Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
8. O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari
Kursning maqsadi va vazifalari
Kurs maqsadi: ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni zamonaviy metodika asosida muntazam yangilash, malaka talablari asosida ularning kasbiy faoliyatga doir kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi:
tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmuni va ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini singdirish;
o‘zini-o‘zi rivojlantirishning bosqichli istiqbol rejasini tuzishga o‘rgatish;
ta’lim jarayonida pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligining zamonaviy modellari va tiplarini o‘rgatish;
alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning psixologik jihatlari o‘rgatish;
ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, tahlil etish va milliy ta’lim tizimiga moslashtirishni o‘rgatish;
tinglovchilarni ta’lim sifatini oshirishning yangicha metodikalari bilan qurollantirish;
AKTni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning turli yondashuvlari bilan tanishtirish;
pedagoglarning malaka talablariga mos holda kasbiy kompetentligini zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar asosida uzluksiz rivojlantirish.

Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:
Malaka oshirish kursi o‘quv rejasining “Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish”, “AKT va mediasavodxonlik”, “O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari”, “Pedagog mas’uliyati
va moslashuvchanligi”, “Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari”, “Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari”, “Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari”, “O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari” modullari bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar tegishli yo‘nalish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati
va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Kurs hajmi
Malaka oshirish kursining davomiyligi 36 soatni tashkil etadi. Malaka oshirish toifasi bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. O‘quv modulining har
2 soatini o‘zlashtirganligi uchun tinglovchiga 1 kredit ball beriladi.



Download 71.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling