Наргис косимова


Download 0.72 Mb.
bet16/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Bog'liq
BMI 23

Dalillar: Turli shakldagi nogironligi bor kishilar zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanadigan ustaxona ochishdi. Hamma ishchilar o’zlarini va oila a’zolarini moddiy jihatdan ta’minlash uchun daromad olishni istashadi, ammo hozircha ishlar u qadar muvaffaqiyatli kechmayapti. Ustaxona sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi maqomini qo’lga kiritishi, sotuvlar hajmini oshirishi, so’ngra o’z xodimlarini qo’llab-quvvatlash hamda boshqalarni hunarga o’rgatish uchun faoliyatni kengaytirishi kerak.
Matbuotda yoritishga salbiy misol

Majruxlar va kar-soqovlar o’z kamchiliklariga qaramay zargarlik buyumlari yasashmoqda
30 nafarga yaqin majrux, kar, soqov va ko’rlar zargarlik ustaxonasi ochishdi. Ularning aksariyati yura va to’g’ri o’tira olishmaydi. Endi ular o’zlarining butun muammolari va baxtsizliklariga qaramay, noraso taqdirlarini chetga surib qo’yib chiroyli narsalar yaratishga urinib ko’rishadi. Ular kun bo’yi misli ko’rilmagan sabr va kayfiyat bilan atrofdagilarning ko’zini quvnatadigan zanjirlar, bilaguzuklar va uzuklar yasashmoqda. Balki ushbu ishchilar ham nimalargadir qodirliklarini his qilishlari uchun qaysidir rahmdil kishilar ular yasagan mayda buyumlarni sotib olishar.



Nimasi noto’g’ri:
«Majrux» va «kar-soqov» so’zlari eskirgan, kamsituvchi tushunchalar hisoblanadi; «o’zlarining butun muammolari va baxtsizliklariga qaramay» degan jumlalar esa rahmdillik va hissiy bo’yoqlarga ega. Mazkur xatboshi ustaxonani achinish so’zlari bilan ta’riflaydi va bunda urg’uni ishchilarning qobiliyati va hayotdagi rejalariga emas, balki ularning jismoniy holatiga beradi. Zargarlik buyumlari yasash uchun odamning yura olishi yoki to’g’ri o’tirishi muhim emas. Bu gapda biror bir asos yo’q; u muallifning nogironlik bir umrlik baxtsizlik va fojea degan qarashini aks ettiradi xolos. Maqolada nogironlar boshqalarda mutlaqo farq qiladigan kishilar sifatida tasvirlangan. Nogironligi bor kishilar ham xuddi boshqalar singari sabrli va tetik (yoki besabr va jizzaki) bo’lishlari mumkin. Ularda ham xuddi sog’lom kishilarda bo’lgani kabi ko’nikma, qobiliyat va hissiyotlar mavjud, faqat buni ko’rsatib berish imkoniyatlari biroz cheklangan.




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling