Наргис косимова


Nogiron bolalar mavzusini yoritishning o’ziga xosliklari


Download 0.72 Mb.
bet19/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Bog'liq
BMI 23

2.4. Nogiron bolalar mavzusini yoritishning o’ziga xosliklari
Bola huquqlari ta’minoti va himoyasi zamonamizning global muammolari sirasiga kirib, ularning hal etilishi butun jahon hamjamiyatining manfaatlariga mos keladi. Bu o’sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotiyligini kafolatlashdagi va uning kelgusi rivojini belgilashdagi hal qiluvchi roli bilan izohlanadi. 1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Bola huquqlari to’g’risida Konvensiya qabul qilinib, u 1990 yil 2 sentabrdan kuchga kirdi. Mazkur konvensiya dunyoning deyarli barcha mamlakatlari tomonidan ma’qullanib, ratifikatsiya qilingan yagona xalqaro hujjat hisoblanadi. Ishtirokchi davlatlar, shu jumladan, O’zbekiston bolalarning bilim olish, munosib hayot kechirish, zo’ravonlik va kamsitishlarning har qanday ko’rinishlaridan himoyalanish huquqlarini kafolatlash majburityaini olishgan. Konvensiyaga qo’shilgan har bir ishtirokchi davlatda yashovchi bolalar hayoti va ahvolida sezilarli ijobiy o’zgarishlar bo’lganini qayd etish kerak.
O’sib kelayotgan avlodning jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo’lib voyaga yetishlari uchun yaxshi va qulay sharoitlarni yaratish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston 1992 yilda BMTning Bola huquqlari to’g’risida Konvensiyasiga qo’shilganidan keyin mamlakatimizda bola huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish uchun zarur huquqiy va tashkiliy sharoitlar hamda kafolatlar yaratildi. Konvensiya talablarini milliy qonunchilikka singdirish, sohaga oid huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida «Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida», «Odam savdosiga qarshi kurash to’g’risida», «Vasiylik va homiylik to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida» (yangi tahrirda), «Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida», «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to’g’risida» va boshqa qonunlar qabul qilindi. «Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida»gi Qonun74 O’zbekiston huquqi tarixidagi ilk kodekslangan hujjat hisoblanadi. O’zining maqsadiga ko’ra mazkur qonun bolaning huquqiy holati bilan bog’liq munosabatlarin tartibga soladi, uning huquq va erkinliklari ta’minlanishini kafolatlaydi. «Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida»gi Qonuga ko’ra voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazlari tuzilgan bo’lib, ular 3 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan va yordamga muxtoj bolalarni kunu tun qabul qilish va vaqtincha saqlashni ta’minlamoqda.
O’zbekistonda bola huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish tizimi tashkil etilgan va muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Mazkur monitoring O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo’yicha tadqiqot markazi tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Bosh prokuraturasi tarkibida ham inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha maxsus bo’linmalar faoliyat olib bormoqda, ular o’z vakolatlari doirasida jumladan milliy qonunchilik, konvensiyalar va boshqa hujjatlarni hayotga tadbiq etish orqali bola huquqlarini ta’minlash masalalari bilan ham shug’ullanishadi. Bola huquqlariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda75.
Shu bilan birga o’z yechimini kutib turgan masalalar ham oz emas. Birinchi galda, bu nogironligi bor bolalar huquqlari mavzusining extiyotkorlik bilan, to’g’ri yoritilishi. Aksariyat hollarda nogironligi bor boshqa kishilar haqidagi materiallar singari ular ham axborot xarakteriga ega bo’lib qolmoqda. Jurnalistlar ba’zida «haqiqatni ro’y-rost» bayon etish ilinjida jajji qahramonlarining manfaatlarini unutib qo’yishadi. Gohida ular bolaning muammolari keng jamoatchilikka oshkor etilishi qanday oqibatlarga olib kelishi, bolaning kelgusi taqdiri va hayotida qanday iz qoldirishi mumkinligini o’ylab ko’rishmaydi. Paradoks shundaki, ba’zida bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan materialda jurnalistning o’zi bilib-bilmay uning huquqlarini buzib qo’yadi (masalan, qonun bilan himoya qilinadigan farzandlikka olish sirini, bolaga qo’yilgan tashhisni oshkor etadi, ruxsatsiz oila a’zolari o’rtasidagi murakkab munosabatlar haqida so’z yuritadi, bolaning ismi sharifini o’zgartirmasdan, ba’zida yashash manzilini ham ko’rsatgan holda beradi). Ana shunday materiallarni o’qiganda, nogiron bolaning muammolari jurnalist va u ishlaydigan OAV uchun shov-shuv uchun mavzu, reytingini oshirish usuli emasmikan, deb ham o’ylab qolasan kishi. Bizningcha, bu narsa har doim ham jurnalistlarning ana shunday niyati bilan bog’liq bo’lmaydi, balki ular bola bilan qay tarzda to’g’ri muloqot qilishni, ularga yana qo’shimcha jarohat yetkazmasdan muammolari haqida jamiyatni xabardor qilishni bilishmasligidan kelib chiqadi76.
Bugungi kunda jurnalistlar oldida nogironligi bor bolalar masalalarini extiyotkorlik bilan, to’g’ri yoritish vazifasi turibdi. Umumiy prinsiplarga tayangan holda jurnalistlar birinchi galda quyidagilarga rioya etishlari kerak77:
1. Har qanday vaziyatda ham har bir bolaning huquq va manfaatlariga rioya etish. Ular boshqa har qanday mulohazalardan ustun turadi.
2. Bolada ham, xuddi kattalarda bo’lgani kabi shaxsiy hayot va maxfiylik huquqi bor. Bolani har qanday, jumladan extimoliy ko’ngilsizlik va jazolanishlardan himoya qilish kerak.
3. Bola o’z fikrini bildirish, o’ziga quloq solishlarini so’rash hamda o’z hayotiga oid masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega. Mazkur huquqlarning amalga oshirilishi bolaning yoshi va balog’atga yetganlik darajasi bilan bog’liq.
4. Jurnalist tayyorlagan materialning e’lon qilinishi bolaga qanday ta’sir ko’rsatishini baholashda uning yaqinlari ota-onasi, vasiylari, shuningdek u bilan ishlayotgan mutaxassislar shifokorlar, psixologlar, o’qituvchilar va boshqalar yordam berishadi.
5. Agar materialning e’lon qilinishi bola, uning aka-uka, opa-singillari, tengdoshlari uchun biror bir xavfni keltirib chiqarishi extimoli bo’lsa, maqolada uning ismi sharifini o’zgartirib berish yoki umuman bermaslik kifoya qilmaydi. Shuningdek, uni tanib olish imkonini beradigan har qanday surat yoki boshqa hujjatli materiallar ham e’lon qilinmasligi kerak78.
Jurnalistlarga yordam berish maqsadida BMTning Bolalar jamg’armasi YuNISEF tomonidan bolalar va bolalik masalalarini yoritishning axloqiy prinsiplari ishlab chiqilgan79. Jurnalistlar uchun qo’llanmaning ikkinchi nashri uchinchi qismi «OAV va bola huquqlari» deb nomlanib, bevosita nogironligi bor bolalar masalalariga bag’ishlangan. Xususan, unda bolalarning mediatimsolini yaratish yuzasidan quyidagi tavsiyalar berilgan80:

  • Nogiron bolalarning huquqiy va ijtimoiy maqomini o’rganing. Ular uchun teng imkoniyatlar yo’qligining sababi nimada ularning huquqlarini himoya qiluvchi qonunlar mavjud emasligidami yoki noto’g’ri tasavvurlardami? Bunday bolalarga bo’lgan munosabat va ularning imkoniyatlari nogironligiga bog’liqmi? Bolalar bilan noto’g’ri tasavvurlar qaerdan kelib chiqayotgani to’g’risida suhbatlashing. O’z hayotiy tajribalarini bayon etish orqali ular sizga boshqalardan «farq qiladigan» insonlar haqidagi afsona va noto’g’ri fikrlarni yo’qotishga yordam berishadi.

  • Nogiron bolaning ota-onasi maslahat, moliyaviy yoki amaliy yordam ola bilishadimi? Bunday yordamdan barcha foydalana oladimi, yoki u faqat extiyoji borligi tekshirilganlargagina ko’rsatiladimi? Nogiron bolalar va ularning oilalari bilan ishlovchi o’z o’ziga yordam guruhlari va boshqa tashkilotlar haqida xabar bering.

  • Ko’plab nogiron bolalar o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishmaydi, bunga sabab kattalar ularda ana shunday imkoniyatni yo‘q, deb hisoblashlarida. Ana shunday bolalar qo’llab-quvvatlanadimi va ularning fuqarolik jamiyatida ishtirok etishlari rag’batlantiriladimi? Ular bilan o’ta muhim extiyojlari: bilim olishlari, transport, jamoat binolariga kirib-chiqa olish, bo’sh vaqtlarini o’tkazishlari uchun sharoit, shaharsozlik va boshqalar muhokama etiladimi? Ular kamsitishlarga duch kelishganda qay tarzda qo’llab-quvvatlanadilar?

  • Nogiron bolalar amaliy muammolarga ularning alohida extiyojlari loyihachilar, quruvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan inobatga olinmasligi sabab duch kelishadi. O’z mamlakatingiz yoki xorijdagi birgalikdagi loyihalash natijasida yuzaga kelgan mahsulot va xizmatlar haqida xabar bering. Davlat nogiron bolalar jamoat binolariga kirib-chiqishlari, transportdan foydalanishlari va boshqalar uchun imkoniyatni qay darajada kengaytirmoqda?

  • Nogiron bolalar uchun muassasalarda ular bilan yomon munosabatda bo’linayotgan holatlarni, ayniqsa ularda bolalarning manfaatlarini himoya qiladigan shaxs bo’lmaganda, yoritib boring. Bunday muassasalarni kim boshqaradi va ular qaysi manbalardan moliyalashtiriladi? O’z mamlakatingiz va xorijdagi bolalarga munosabat va ularni parvarishlash borasidagi ijobiy tajribalar haqida yozing. Ular haqida bolalarning fikri qanday?

  • Syujetingiz markazida nima turibdi bolami yoki nogironlik? Mavzuga nom qo’ydingizmi? Yoki siz syujet mavzulari o’zini o’zi bayon etishini istaysizmi? Bolalardan ularning nogironligi tilga olinishini xohlash-xohlamasliklarini, agar istashsa, bu qay tarzda bo’lgani ma’qulligini so’radingizmi? Agar siz bolaning nogironligini tilga olgan bo’lsangiz, bu syujetga qanchalik aloqador? Masalan, agar nogiron bolalar binoga kirib-chiqish imkoniyati ta’minlanishiga qaratilgan tadbirda qatnashayotgan bo’lishsa, nogironlik bevosita mavzuga aloqador bo’ladi. Mabodo ular atrof-muhit muhofazasiga bag’ishlangan yoki ularning nogironligiga aloqasi bo’lmagan maqsadlar uchun mablag’ yig’ishga qaratilgan tadbirda ishtirok etayotgan bo’lishsa, nogironlikning mavzuga umuman aloqasi bo’lmaydi81.

  • Nogiron bolalar haqida hikoya qilish jarayonida jurnalistlar qo’llaydigan so’z va jumlalar ularni tushunishga va ularga bo’lgan munosabatni ijobiy tomoniga o’zgartirishga, yoxud aksincha ular haqidagi noto’g’ri tasavvurlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin. Siz noto’g’ri talqin qilinishi yoki nogironlarni kamsitishi mumkin bo’lgan salbiy yoxud majoziy so’z va jumlalardan foydalanganmisiz? Siz so’zlardan extiyot bo’lib va tanlab foydalanasizmi, yoki haqoratli va nojo’ya bo’lishi mumkin bo’lgan «ommabop» atamalarni qo’llaysizmi? Agar shubhaga borsangiz, maslahat so’rab mutaxassislarga (shu jumladan nogiron bolalarning o’zlariga) murojaat qiling. Nogiron bolalarni noqulay ahvolga solib qo’yadigan ijtimoiy adolatsizlikka e’tiborni qaratish bilan, achinish hissini uyg’otish uchun hissiy so’zlardan foydalanish o’rtasida katta farq bor.

  • Nogironlik biror bir kasallik oqibatida kelib chiqqan bo’lishi mumkinligini, ammo uning o’zi kasallik emasligi va yuqib qolmasligini yodda tuting. O’qitish qiyin bo’lgan bolalar deganda ruhiy kasallikka chalingan bolalarni tushunmaslik kerak; ko’rish va nutq qobiliyatidagi kamchiliklar turli daraja va shaklda bo’lishi mumkin; odamlar nogironlar aravachasidan turli sabablarga ko’ra foydalanadilar; serebral shol, Daun sindromi, disleksiya yoki qizilchaning oqibatlari turli holatlardir. Hamma nogironlarda ham surunkali kasalliklar kuzatilmaydi; ularning ko’pchiligi o’zlarini ojiz, qo’lidan biror ish kelmaydigan deb hisoblashmaydi; ba’zilar nogironlik o’zining barcha fuqarolari extiyojlarini qondira olmaydigan jamiyat tomonidan o’ylab topilgan konsepsiya, deb hisoblashadi82.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling