Наргис косимова


Download 0.72 Mb.
bet22/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Bog'liq
BMI 23

Axloqiy jihatlar
Nogironligi bor kishilar timsolining OAV va kinoda yoritilishini yaxshilash maqsadida nogironlarning jamoat tashkilotlari quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqishgan va faoliyatda qo’llashni taklif etishadi92:

  1. Nogironligi bor kishilarni ularning imkoniyatlari va jamiyatga keltirishlari mumkin bo’lgan foydasi nuqtai nazaridan aks ettiring. Nogironligi bor kishilar boqimanda va jamiyatga foyda keltira olmaydilar degan fikrdan voz keching93.

  2. Nogironligi bor kishilarni passiv va mustaqil bo’lmagan kuzatuvchilar sifatida emas, balki jamiyatning faol a’zolari tarzida aks ettirish kerak. Ta’lim olish, kasb o’rganish borasida bir xil imkoniyatlar yaratib berilsa, hamda texnik vositalar va maxsus xizmatlar mavjud bo’lsa, nogironligi bor kishilar o’z oilalari va jamiyatga katta foyda keltirishlari mumkinligini ko’rsatib berish zarur.

  3. Nogironligi bor kishi jamiyatning oddiy vakili sifatida hamda real hayotiy vaziyatlarda aks ettirilgan seriallar, filmlar, ko’rsatuvlar, reklama roliklari yaratish kerak. Nogironligi bor kishi ushbu film, serial yoki ko’rsatuvning bosh qahramoni bo’lishi yoki turli epizodlarda chiqishi mumkin. Asosiysi – nogironligi bor kishining stereotiplardan xoli timsolini yaratish.

4. Aqliy va ruhiy nogironligi bor kishilarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Ko’zi ojiz, aravachada harakatlanadigan va boshqa ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan jismoniy o’ziga xosliklari mavjud insonlar bilan bir qatorda teleko’rsatuvlarga Daun sindromi bor, autizm va mental nogironlikning boshqa shakllari mavjud kishilarni ham taklif etish kerak.
5. Nogironlik masalasi bo’yicha ishchi guruh tuzish va uning tarkibiga OAV bilan hamkorlikni yo’lga qo’ya oladigan nogironligi bor kishilarni yoki nogiron bolalarning ota-onalarni kiritish zarur. Bunday guruhning vazifasi jurnalistlarga, kino va televideniening boshqa xodimlariga nogironligi bor kishi timsolini ko’rsatishda stereotiplardan qochish va ularni jamiyatning boshqa a’zolari singari oddiy kishilar sifatida tasvirlash yuzasidan maslahatlar berishdan iborat bo’ladi. Bunda ana shunday guruhlar uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan xorijiy davlatlar tajribasiga tayanish. 
6. Televidenieda ijtimoiy reklama sonini oshirish. Nogironligi bor kishilar haqida ijtimoiy roliklar tayyorlashda u nogironlarga nisbatan achinishni yoki salbiy munosabatni shakllantirib qo’ymasligi uchun ekspertlarga murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Shu vaqtgacha yaratilgan ijtimoiy roliklarni namoyish uchun qabul qilish.
7. Nogironligi bor kishilarni filmlar, seriallar va ko’rsatuvlarga kiritishda televidenie uchun maxsus axloq qoidalarini ishlab chiqish kerak. Bunda boshqa davlatlar tajribasiga va BMT tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarga tayanish taviya etiladi.
8. Jurnalistlar, televidenie va kino sohasining boshqa xodimlari uchun nogironlikni tushuntiruvchi treninglar tashkil etish va o’tkazish kerak. Ularga nogironlarning jamoat tashkilotlari vakillarini ham taklif etish zarur. 
9. Nogironligi bor kishilarni aktyorlik kasbiga o’qitish amaliyotini joriy etish: mazkur yo’nalishda mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlarida aktyorlik va teleko’rsatuvlar boshlovchiligiga qobiliyati bor nogiron yoshlar o’qishi uchun imkoniyat va sharoit yaratish kerak.
10. Nogironligi bor kishilar ishtirokida va ular haqida filmlar, seriallar, ko’rsatuvlar tayyorlovchi va namoyish etuvchi telekanallar va prodyusserlik markazlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, ularga imtiyozlar berish kerak.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling