Наргис косимова
Atamalardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar96
Download 0.72 Mb.
|
BMI 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatlanish bilan bog’liq nogironligi bor shaxslar 97
Atamalardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar96
Tilimiz odob-axloq bilan uzviy bog’liq. Ammo, xatto tilga e’tiborli bo’lib ham, agar suhbatdoshning nogironligi bilan bog’liq ayrim o’ziga xosliklar inobatga olinmasa, o’zingiz ham, suhbatdoshingiz ham noqulay ahvolga tushib qolishingiz mumkin. O’zingni qanday tutganing ma’qulligini bilmaganingda esa o’zingni noqulay, biqiq his etasan. Quyida nogironligi bor insonlar tomonidan shaxsiy tajribalaridan kelib chiqib yozilgan tavsiyalar keltirib o’tilgan. Harakatlanish bilan bog’liq nogironligi bor shaxslar97 Nogironlar aravachasi uning egasining daxlsiz hududi ekanini yodda tuting. Ruxsatsiz unga suyanmang, uni itarmang, unga oyog’ingizni qo’ymang. Yordam bermoqchi bo’lsangiz, oldin «yordam kerakmi?» deb so’rang. Agar savolingizga ijobiy javob olsangiz, aynan nima qilish kerakligini so’rab oling. Agar sizdan aravachani itarib yurishni so’rashsa, uni sekin itarish kerakligini unutmang. Chunki aravacha tez harakatlanib ketish xususiyatiga ega. Tadbirlar rejalashtirilgan joylarga kirib-chiqish qulay ekaniga shaxsan ishonch hosil qiling. Ro’yxatdan foydalaning, odamlardan qanday muammo yoki to’siqlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida so’rang va ularni bartaraf etish choralarini ko’ring. Nogironlar aravachasida o’tirgan kishining yelkasiga qoqish tavsiya etilmaydi. Imkoni bo’lsa, suhbatdoshingiz bilan ko’z ko’zga tushib turadigan tarzda o’tirib oling. Agar me’moriy to’siqlar mavjud bo’lsa, bu haqda oldindan ogohlantirib qo’ying. Shunda suhbatdoshingizda qaror qabul qilish va rejalashtirib olish imkoniyati bo’ladi. Odatda, harakatlanish bilan bog’liq muammosi bor nogironlarda ko’rish, eshitish va tushunish bilan bog’liq muammolar bo’lmasligini yodda tuting. Asosiysi ularning harakatlanishiga moslashish kerak. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling