Наргис косимова
Nogironligi bor kishilar bilan muloqot tili va qoidalari
Download 0.72 Mb.
|
BMI 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamsitmaydigan til 94
Nogironligi bor kishilar bilan muloqot tili va qoidalari
«Nogiron, nogironligi bor, nogironlik» tushunchasining o’zi sog’liq bilan bog’liq bo’lgan me’yordan chetga chiqish holati haqidagi xayolga olib boradi. Shu bois odatda «nogironlar va sog’lomlar» deb gapiriladi. Aslida nogironlik har doim ham salomatlik oqibatida yuzaga kelmaydi, shu bois nogironlar va nogiron bo’lmaganlarni, yana ham aniqrog’i nogironligi bor va nogironligi yo’q insonlarni qarama qarshi qo’yish to’g’riroq bo’ladi. Kamsitmaydigan til94 Agar siz jismoniy nuqsoni bor kishilar haqida so’z yuritmoqchi yoki yozmoqchi bo’lsangiz, neytral so’zlardan foydalaning, jumlalarni diqqat bilan tanlang. «Falon halokatning qurboni» jumlasi o’rniga «...falokatiga uchragan kishi» yoki « boshiga ... tushgan kishi» kabi so‘zlarni ishlatgan ma’qul. «Sog’lom» - «nogiron» yoki «nogiron» - «benuqson» kabi qarama qarshi qo’yishlar noto’g’ri hisoblanadi, shu bois nogironligi bor va nogironligi yo’q insonlar haqida gapirish kerak. Hech qachon «noraso», «noqis», «cho’loq», «kasal», «epileptik», «detsepeshnik», «Daun» va boshqa yorliqlarni ishlatmang. So’zlardan extiyot bo’lib va tanlab foydalanish sog’lig’ida kamchiligi va nogironligi bor kishilar bilan ijtimoiy ish olib borishning asosiy prinsipini aks ettiradi. . Nogironlar hamjamiyati hozirda muomalada qo’llash uchun har tomonlama mos keladigan atamalarni tanlash bosqichida turibdi. Ko’plab yangi atamalar tilda o’z o’rnini topib ketmayapti. Ayrimlar «farqli imkoniyatlarga ega kishi» jumlasini ma’qul ko’rishsa, boshqalar o’zlarini «qurbon» yoki «majrux» deb atashlariga ham qarshilik qilmaydi. Ammo bu jumlalarning birortasi matbuot uchun mos kelmaydi. Aksariyat ko’pchilik «imkoniyati cheklangan kishi» yoki «nogironligi bor kishi» jumlalari mos keladi, deb hisoblaydi. Jurnalistlardan «nogiron» deb emas, balki «nogironligi bor kishi» deb yozishni so’rashadi, chunki oldin inson, so’ngra uning xususiyati va sog’lig’i turadi. Nogironlar tashkiloti, harakati yoki guruhi haqida gap ketganda, aksariyat hollarda ingliz va rus tillarida «nogironlar» atamasi qo’llaniladi, masalan nogironlik tashkiloti, nogironlik harakati, nogironlar transporti va boshqalar. Buni boshqacharoq tarzda aytish ma’qulroq, ya’ni: nogironlar tashkiloti, nogironlar harakati, nogironlar huquqlari uchun kurashuvchi harakat. Nogironlar transporti o’rniga qo’lda boshqariladigan mashina yoki foydalanishga qulay transport deyish mumkin95. Quyida jurnalistlarga maqola va reportajlarda qo’llash tavsiya etiladigan atamlar keltirilmoqda: Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling