Наргис косимова
Bolalar haqida reportaj tayyorlash prinsiplari88
Download 0.72 Mb.
|
BMI 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni OAVda yoritish yuzasidan tavsiyalar.
Bolalar haqida reportaj tayyorlash prinsiplari88
1. Tayyor jurnalistik material, sizning umumlashma va xulosalaringiz bola qalbini yaralamasligi, uning ruhityaiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi, uni kamsitmasligi, jamiyat tomonidan salbiy munosabatda bo’linishiga olib kelmasligi kerak. Siz tayyorlagan materialingizni bola o’qib chiqishi (eshitib ko’rishi, tomosha qilishi) mumkinligini, xattoki buni xohlashini yaxshi tushunishingiz kerak. Shu bois o’z fikrlaringizni, xulosalaringizni, baholaringizni bayon etishda buni e’tiborga olishingiz lozim. Bu o’rinda xalqimizning «pichoqni avval o’zingga ur, og’rimasa birovga» degan naqli mos keladi. Ya’ni tayyorlagan materialingizni «o’z tanangizdan» o’tkazing, agar shu maqola (ko’rsatuv, eshittirish) o’zingiz yoki farzandingiz haqida bo’lganda qanday holatga tushgan bo’lardingiz, shuni bir o’ylab ko’ring. Agar bola bu haqda gapirmagan bo’lsa, vaziyatni, voqeani qayta tiklashga, u nimani o’ylagani, his qilgani haqida bayon etishga urinish kerak emas. Voqealarni bo’rttirib ko’rsatish yo’li bilan bola boshidan kechirgan qiyinchiliklarni aks ettirish shart emas. Yaxshisi, siz barcha qiyinchiliklar ortda qolganini, endi bolada hayotda o’z o’rnini topishi, rivojlanishi, qobiliyat va imkoniyatlarini namoyon etishi uchun sharoitlar bo’lishini, unga mutaxassislar, jamoat tashkilotlari, homiylar, qo’shnilar, havaskorlik teatr studiyasi a’zolari va boshqalar yordam berishini tasvirlang. Jurnalistning ijobiy qarashlari o’z-o’zidan auditoriyaga ham ko’chadi. Odamlar muammo rostdan ham mavjudligini, u xattoki juda jiddiyligini, ammo vaziyat o’nglab bo’lmas darajada emasligini uning yechimi, ijobiy chora borligini tushunib yetishlari kerak89. 2. Bola bilan tanishuvingiz va intervyu olish jarayonlari haqida asosli va ishonchli ma’lumotlarni taqdim eting. Demak, yana jurnalist faqat dalillarga tayanishi kerakligi va hech narsani o’ylab topmasligi, bo’rttirib ko’rsatmasligi kerakligi haqidagi tavsiyaga qaytamiz. Bolalar yolg’onga sezgir bo’lishadi, shu bois agar tayyorlagan materialingizda «chiroyli so’zlar»ni qo’llasangiz, voqelikni salgina ko’pirtirib tasvirlasangiz, butun yozganingiz ularning nazdida yolg’onga aylanib qoladi. 3. Tayyorlagan materialingizda ismi shariflarni har doim o’zgartiring, quyidagi holatlarda bolanining kimligini yoki qaerdaligini aniqlashga imkon beradigan manbalarni ko’rsatmang: Bola jinsiy zo’ravonlik yoki jinsiy ekspluatatsiya qurboni bo’lsa, yoxud o’zi jismoniy yoki jinsiy zo’ravonlik sodir etgan bo’lsa; Bola OIV/OITS bilan kasallangan yoki ana shunday kasallik oqibatida vafot etgan bo’lsa (ota-onasi/vasiy ismi sharifi e’lon qilinishiga rozilik bergan holatlar bundan mustasno); Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan yoki buning uchun jazoga mahkum etilgan bo’lsa. Bolaning hayoti uchun xavf tug’ilishi mumkin bo’lgan quyidagi holatlarda uning kimligini yoki qaerdaligini aniqlashga imkon beradigan manbalarni ko’rsatmang: Harbiy harakatlarning amaldagi yoki sobiq ishtirokchisi bo’lsa; Boshpana so’rayotgan, qochoq yoki majburiy ko’chib kelgan bo’lsa. Qayd etish kerakki, O’zbekistonda jurnalistlar yuqorida sanab o’tilgan toifalarga mansub bolalar taqdiri haqida kamdan kam hollardagina yozishadi. O’zi yoki ota-onasi OIV/OITSga chalingan bolalarning, jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarning, nogironligi bor bolalarning ovozlari deyarli eshitilmaydi, ularning muammolari matbuotda kam hollardagina ko’tarib chiqiladi. Ammo nima bo’lganda ham, har doim Mehribonlik uylarida, internatlarda va yetimxonalarda yashayotgan, asrab olingan bolalarning ismi shariflarini o’zgartirib ko’rsatish kerakligi yodda turishi lozim. 4. Ayrim hollarda bolaning ismi sharifi va/yoki uni tanib olish mumkin bo’lgan tasvirning berilishi mumkin va xatto zarur bo’lib qoladi90: Muloqot bolaning tashabbusi bilan uyushtirilgan bo’lib, u jurnalist materiali orqali o’z fikrini keng jamoatchilikka yetkazishni istasa; Bola u yoki bu ijtimoiy loyihada ishtirok etayotgan bo’lsa, hamda o’zini boshqalar ana shu loyiha ishtirokchisi sifatida tanishlarini xohlasa; Bola ruhiy va ijtimoiy reabilitatsiya/adaptatsiya dasturida ishtirok etayotgan, ishtirokchilarning ismi shariflarini e’lon qilish dasturning asosiy shartlaridan biri, hamda kelgusida bolaning rivojlanishi uchun foydali bo’lsa. 5. O’zingiz suhbatlashgan bolaning ruhiy xususiyatlari va yoshini e’tiborga oling. U sizga bergan ma’lumotlarning to’g’riligini unga yaqin bo’lgan boshqa bolalar va kattalardan aniqlashtirib oling91. Bolalar huquqlarining to’laqonli va extiyot bo’lib yoritilishini ta’minlash maqsadida YuNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan muhim ma’lumotlar ishlab chiqildi. Jurnalistlar ular bilan Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan o’tkazilgan «Sog’lom bola yili hamda Bola huquqlari to’g’risida Konvensiyaning 25 yilligi doirasida bola huquqlari masalalarining yoritilishida OAV imkoniyatlarini oshirish (2014-2015 yillar)» mavzusidagi loyiha doirasida tanishiga muvaffaq bo’lishdi. 2.5. Mavzuni OAVda yoritish yuzasidan tavsiyalar. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling