Наргис косимова
Bolalardan intervyu olish prinsiplari83
Download 0.72 Mb.
|
BMI 23
Bolalardan intervyu olish prinsiplari83
1. Intervyu olish uchun bolalarni tanlashda ularni jinsi, irqi, yoshi, dini, ijtimoiy maqomi, bilim darajasi yoki jismoniy xususiyatlariga qarab ajratmang. Darhaqiqat, jurnalist o’zining bolalar manfaatlariga mutlaqo to’g’ri kelmaydigan mulohazalariga tayanib: «bizga 8 yoshlardagi oq-sariqdan kelgan qiz kerak» deb, intervyu uchun bolalarni xuddi bozorda meva tanlagandek tanlashi to’g’ri emas. Tabiiyki, bolalarni kamsitmaydigan asoslarga tayangan tanlov bo’ladi. Siz ijtimoiy so’rov o’tkazmayotganingizni, balki intervyu olmoqchiligingizni, shu bois Mehribonlik uyidagi barcha bolalar (Daun sindromi bor yoki jigar ko’chirib o’tkazilishiga extiyojmand bolalar) haqida birdaniga yoza olmasligingizni unutmang. Shu bois intervyu uchun qahramonni bolaning tarixidan, uning muammolari qandayligidan, ruhiy holatidan (buni bolaning yaqinlari va mutaxassislardan bilib olishingiz mumkin), u qanchalik kirishimli ekanidan hamda u aynan siz bilan muloqotga qay darajada tayyorligidan kelib chiqib tanlaysiz. 2. Bola va unga javobgar shaxsdan (ota-onasi, vasiy, Mehribonlik uyi direktori, homiylik va vasiylik organlari vakili) intervyu, tasvirga olish, bolaga taalluqli fotosurat va hujjatli materiallarni e’lon qilish uchun, imkoni bo’lsa yozma ravishda va albatta bolaga tushunarli tilda ruxsat oling. Rozilik o’z xohishi bilan, biror bir tarzdagi majburlashlarsiz olinishi zarur. Bolaning u ishonadigan kattalardan biri bilan maslahatlashib olishi ham maqsadga muvofiqdir. Nogiron bolalarning jamiyatga integratsiyalashuvi84 Intervyu borasida kelishar ekansiz, bolaga bajara olishingizga ko’zingiz yetmaydigan va’dalar bermang (masalan, maqola e’lon qilinganidan keyin albatta uni onasi kelib olib ketishini, yoki uni kimdir farzandlikka olishini yoxud uni davolash uchun zarur pulni beradigan homiylar topilishini aytmang). Shirinliklar, mashhur bo’lib ketishi haqidagi va’dalar, uni uyingizga mehmonga olib ketishingiz yoki kinoga olib tushishingiz haqidagi bajarishingiz gumon bo’lgan va’dalar bilan uni «sotib olishga» urinmang. Bu ko’proq Mehribonlik uylari va internatlarda tarbiyalanayotgan bolalarga taalluqli bo’lib, nafaqat jurnalist, balki har qanday inson ko’nglidan ularga nisbatan achinish va hamdardlik hislarini o’tkazishi iabiiy. Mabodo biror bir va’da berib qo’ygan bo’lsangiz uni albatta bajaring. Yo’qsa, bolada kattalarga va ularning va’dalariga ishonch yo’qolishi mumkin. Qolaversa, bir narsa doim yodingizda bo’lsin: siz ushbu bolaning hayoti uchun mas’uliyatni bo’yningizga ola olmaysiz, hech kim sizni u bilan do’stlashishga va muloqotda bo’lib turishga majbur qilolmaydi (lekin hayotda ana shunday do’stlashuv holatlari ham uchrab turadi). Sizning asosiy vazifangiz mana shu bolaga va shunga o’xshash vaziyatga tushib qolgan boshqa bolalarga yordami tegishi mumkin bo’lgan sifatli material tayyorlash. 3. Bola va unga javobgar shaxs (ota-onasi, vasiy, Mehribonlik uyi direktori, homiylik va vasiylik organlari vakili) o’zlari to’plagan ma’lumotlarini mahalliy va global darajada tarqatishni niyat qilgan jurnalist bilan muloqot qilishayotganini tushunib yetishlari kerak. Siz ularga intervyu olishdan maqsadingizni va undan qay tarzda foydalanmoqchi ekaningizni tushuntirishingiz kerak. Intervyu haqida kelishib olish bosqichida, shuningdek material ustida ishlashning barcha bosqichlarida bitta qoidaga amal qiling hech qachon bolani aldamang. Agar siz unga ko’rsatuvning(eshittirishning) efirga ketish, maqolaning chop etilish sanasini xabar qilishni va’da bergan bo’lsangiz, so’zingizning ustidan chiqing. Yana bir gap: bolalarga bo’lib o’tayotgan hamma narsani tushuntirish mumkin va zarur. Tayyorlayotgan materialingizda ko’tarib chiqmoqchi bo’lgan jiddiy muammoni bolaga tushunarli bo’lgan oddiy va sodda tilda bayon eting. Agar shunday qilsangiz, bola o’zini sizning hamkoringiz, do’stingiz deb biladi va ishingiz oson kechadi85. 4. Intervyu jarayonida bolaning qalbiga ozor yetkazmang, uni kasallik, nogironlik, oilasini yo’qotish va hayotidagi boshqa muammolarni qayta boshidan o’tkazishga majbur qilmang. Uning millati, madaniyati, dini borasida kamsituvchi fikrlardan, yoki uning o’zi va oila a’zolari sha’niga tegadigan haqoratli mulohazalardan uzoqroq bo’ling. Bu talablar ayrimlarda: agar hamma «nozik jihatlar» chetlab o’tiladigan, bolaning o’tmishi esga olinmaydigan bo’lsa, intervyudan qanday ma’no bor? degan savolni keltirib chiqarishi mumkin. Shu o’rinda Fyodor Mixaylovich Dostoevskiyning bola ko’z yoshining tomchisi qanday qimmatga egaligi haqidagi so’zlarini yodga olish kerak. Agar intervyu jarayonida siz bolani ko’z yosh to’kishgacha olib borsangiz, bundan kimga foyda? Bolaga? Bizningcha, yo’q. Sizgami? Bu savolning javobi ham salbiy. O’quvchi yoki tomoshabinlargami? To’g’ri, kuchli hissiyotlar shunga mos tarzdagi javob reaksiyasini uyg’otadi. Ammo jurnalistning vazifasi qanday bo’lmasin o’z auditoriyasining tuyg’ulariga o’ynashdan iborat emasligini unutmaslik zarur. Yana bir gap: ota-onasining qanday odamlar ekanligidan, xatti-harakatlaridan qat’iy nazar, ular bola uchun qadrdon, uning ota-onasidanda yaqinroq insonlari yo’q. Shu bois siz ota-onasiga, ularning xatti-harakatlariga «munosib» baho berish orqali faqatgina bolaning jig’iga tegasiz va uning siz bilan muloqotdan qochishiga sabab bo’lasiz86. 5. Intervyu paytida bola o’zini erkin his etishini ta’minlashga, unga tashqaridan, shu jumladan jurnalist tomonidan bosim o’tkazilmasligiga harakat qiling. Shunda u o’z hayotini batafsil gapirib beradi. Intervyu paytida aloqador bo’lmagan kishilar ishtirok etmasligiga erishing. Tele va radio intervyuda tasvir va ovoz foniga e’tibor qarating. Ular bolaning qaerdaligini aniqlash imkonini bermasligi kerak. Ko’p hollarda savol tug’iladi: intervyu paytida bola uchun mas’ul bo’lgan katta yoshdagi kishilar ota-onasi, vasiy, Mehribonlik uyi rahbari yoki vakilining ishtirok etishi sharmi? Bu savolning davobini qonunchilikdan emas, balki jurnalist odob-axloqi me’yorlaridan izlash kerak. Biz jurnalist bolaga zarar yetkazishni istamaydi, uning so’zlarini buzib, noto’g’ri talqin qilmaydi, unga bosim o’tkazmaydi, uning hayotiga oid voqealardan o’z reytingini oshirish uchun foydalanmaydi, deb ishonamiz. Voyaga yetmagan shaxs huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan so’roq qilinganda uning manfaatlarini himoya qiluvchi katta yoshdagi kishining ishtiroki shart bo’lsa, intervyu jarayonida bunga hojat yo’q. Bolaning o’zi muloqot paytida yonida onasi (tarbiyachisi, shifokor, o’qituvchisi yoki boshqa bir shaxs) o’tirishini xohlagan holatlar bundan mustasno. Ammo bolalar bilan ishlash amaliyotining ko‘rsatishicha, suhbat jarayonida ular uchun ahamiyatli katta yoshdagilar ishtirok etsa, bola ularning fikriga tayanadi, ular nimalarnidir aytib yuborishlarini kutib turadi. Umuman olganda, intervyu paytida bola o’zini imtihon topshirayotgan va zarur gaplarni «unutib qo’ygani uchun» yomon baho olishdan qo’rqadigan o’quvchidek his etishiga olib keladigan holatlardan qochish kerak87. 6. Hech narsani sahnalashtirmang. Bolalarni boshqarishga urinmang. Ulardan chiroyli tasvir yoki ta’sirli reportaj uchun zarur gaplarni aytishni yoki xatti-harakatlarni amalga oshirib berishni so’ramang. Bu kabi sahnalashtirilgan holatlar jurnalistning kasb mahorati yetarli emasligidan, bola shaxsiga nisbatan hurmatsizlikdan dalolat beradi. Agar rostdan ham sizni bolaning fikri qiziqtirsa, u bilan muloqotga kattalardan intervyu olishga sarflanadigandan ko’ra ko’proq vaqt ketishiga tayyor turishingiz zarur. Bu ayniqsa, mushkul hayotiy vaziyatni boshdan kechirayotgan bolalarga taalluqli. Ularning ko’pchiligida kattalarga ishonchsizlik shakllangan bo’lib, intervyuga rozilik bersa ham, ochiq va samimiy suhbatga moyil bo’lmasliklari mumkin. Shu bois jurnalist bola bilan shaxsiy muloqotni o’rnatishi, uni «gapirtira olishi», uni qiziqtiradigan mavzularni topa olishi juda muhim. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling