III. Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
“Nasafiylarining pedagogik qarashlari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Nasaflik mutafakkirlar tasavvuf olamining komil inson tarbiyasiga oid pedagogik bilimlari; Nasafiy mutafakkirlar ta’limotining mazmun mohiyati va komil inson tarbiyasiga ta’siri; Nasafiy mutafakkirlarining pedagogik qarashlari tarbiya mazmuni va mohiyati, asosiy mezonlari, ma’naviy-axloqiy sifatlari, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari, shakllari va vositalari; Nasafiy allomalarining ilmiy-pedagogik qarashlarida komil inson tarbiyasining mazmuni, vazifalari, barkamol avlodni tarbiyalashning mohiyati va mazmunini bilishi kerak.
Nasaf allomalarining ma’naviy me’rosini o‘rganishda kompitentli va akmeologik yondashuvga tayanish; pedagogik jarayonda allomalarning komil inson tarbiyasini shakllantirishga doir tamoyillaridan foydalanish; Nasaf allomalarining ma’naviy merosi va uning komil inson tarbiyasiga doir qarashlariga qadriyatli munosabatda bo‘la olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.
Nasaflik mutafakkirlari pedagogik qarashlarida barkamol shaxsni tarbiyalashdagi ma’naviy-axloqiy qarashlarini tasnif etish; voqea va hodisalarga nisbatan yuksak ma’naviyat bilan yondashish, allomalarning ma’naviy merosini ta’lim jarayoniga tadbiq eta olish malakalariga ega bo‘la olishi kerak
Nasaflik mutafakkirlar tasaffuf allomalarining barkamol shaxsni tarbiyalashdagi ma’naviy-axloqiy qarashlarini tasnif etish; voqea va hodisalarga nisbatan yuksak ma’naviyat bilan yondashish, allomalarning ma’naviy me’rosini ta’lim jarayoniga tadbiq eta olish malakalariga ega bo‘la olishi kerak.
IV. Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Nasafiylarining pedagogik qarashlari “ tanlov fani _-semestrda o‘qitiladi. Fan o‘z faoliyati jarayonida pedagogik fanlari tizimiga kiruvchi barcha fanlar bilan, psixologiya, anatomiya va fiziologiya, falsafa, tarix, etnografiya, arxeologiya, adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya kabi fanlar bilan aloqa qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |