Навоий давлат кончилик институти ва тошкент давлат техника университети илмий даражалар берувчи
Download 0.66 Mb.
|
Mexanika Amaliy mashg`ulot (Uslubiy qo`llanma)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumot
3 – AMALIY MASHG‘ULOTTISHLI VA CHERVIYAKLI UZATMALARNI LOYIHA VA TEKSHIRUV HISOBLARI I. Tishli uzatmalar hisoblashIshdan maqsad: Tishli uzatmalar haqida ma’lumotga ega bo’lish, ularni sanoatda qo’llanilishi bilan tanishish, tishli uzatmalardagi tishlarni joylashish usullarini o’rganish, tishli uzatmalarning kinematikasi va geometriyasi bilan to’liqroq tanishish, tishli g’ildiraklar va shesterniyalar haqida ma’lumot olish, tishli uzatmalarning kuchlanishga hisoblash usullari bilan tanishish. Nazariy ma’lumotHarakatni bir valdan ikkinchi valga tishli g’ildiraklar vositasida uzatish mexanizmi tishli uzatma deb ataladi. Yog’ochdan yasalgan tishli g’ildiraklar juda qadimdan ma’lum bo’lgan bo’lsada, ularning geometriyasi haqidagi nazariy tadqiqotlar asosan XVII asrda rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda mashinasozlik sanoatida tishli uzatmalar keng ko’lamda ishlatiladi. Ulardan texnikaning turli soxalarida foydalaniladi. Aniq asbobsozlikda diametri 1 mm dan kichik bo’lgan tishli g’ildiraklar ishlatilgan bir vaqtda, og’ir sanoatda diametri bir necha 10 m ga yetadiganlarini uchratish mumkin. Vallari o’qlarining bir-biriga nisbatan joylashuviga qarab, tishli uzatmalar quyidagi turlarga bo’linadi: vallarining o’qlari o’zaro parallel bo’lib, sirtqi yoki ichki tomondan ilashgan silindrik g’ildirakli uzatmalar; vallarining o’qlari o’zaro kesishuvchi konussimon g’ildirakli uzatmalar; vallarining o’qlari ayqash bo’lgan vintaviy silindrik va gipoid deb ataluvchi konussimon g’ildirakli hamda chervyakli uzatmalar. Bundan tashqari, aylanma harakatni ilgarilanma harakatga aylantiruvchi mexanizm sifatida foydalaniladigan va tishli g’ildirak bilan tishli reykadan iborat uzatmalar ham ishlatiladi. Bunday uzatmalar silindrik g’ildirakli uzatmalarning xususiy holi bo’lib, g’ildiraklardan birining diametri cheksizga teng. Tishlarning g’ildirak sifatida joylashuviga qarab, tishli uzatmalar to’g’ri tishli, qiya tishli, aylanaviy tishli g’ildiraklar deb ataluvchi turlarga, tish profilining shakliga ko’ra esa evol’venta, aylana yoyilmasi va sikloida bo’yicha ilashadigan turlarga bo’linadi. Bularning eng ko’p ishlatiladigani 1760 yilda eyler tavsiya etgan evol’venta bo’yicha ilashuvchi profili tishlardir. Tishli uzatmalarda boshqa tur uzatmalardagiga qaraganda quyidagi afzalliklar bor: sekundiga 150 m gacha tezlik bilan katta (bir necha ming kVt) quvvat uzata oladi va uzatish soni bir necha yuzga yetadi; sirtqi o’lchamlari nisbatan kichik bo’ladi; v) tayanchlariga tushadigan kuch uncha katta bo’lmaydi; g) foydali ish koeffisiyenti yuqori (0,97 – 0,98); uzatish soniga salbiy ta’sir etadigan sirpanish xodisasi bo’lmaydi; ishlashi ishonchli, chidamliligi esa katta bo’ladi; j) xilma-xil materiallardan foydalanishga imkon beradi. Tishli uzatmalarni hisoblash uchun misollar Misоl 3.1. Quyidagilardan fоydalanib yopiq reversivlanmagan silindrik qiya tishli uzatmani hisоblang (3.1 – rasm): 1 – korpus asosi; 2 – ko'zli bolt; 3 – korpus qopqog'i; 4 – tayoqchaning moy ko'rsatkichi; 5 – moyni to'kish vilkasi; 6 – etakchi vao-tishli sheterniya; 7 – prikladka; 8 – so'nggi qopqoq; 9 – yetaklovchi val; 10 – tishli g'ildirak. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling