Navoiy davlat konchilik va texnalogiyalari universiteti qoshidagi nukus konchilik instituti «Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnalogiyasi»


Download 1.79 Mb.
bet9/17
Sana18.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1211046
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
111111q

Qazib-Yuklovchi mashinalar. Bu mashinalar foydali qazilmani qazib oladi va qazish joyining o‘zida transport vositasiga Yuklaydi. Bularga misol qilib, rotorli va ko‘p cho‘michli ekskavatorlarni, mexanik kurak, minorali ekskavatorlar va burozarYadli kombaynlarni olish mumkin.
EkskavatsiYalovchi mashinalar. Bu mashinalar qazish joyida ishlaydi va cho‘michi bilan qazilgan tog‘ jinsini mashina konstruksiYasida ko‘rsatilgan masofaga va ag‘darmaga Yuklaydi (bo‘shatadi), bularga misol qilib draglaynni olish mumkin.
Qazib-tashuvchi mashinalar. Bu mashinalar qazib olingan tog‘ jinsini iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan masofagacha tashiydi. Bunga misol qilib g‘ildirakli Yuklagichlarni, sidirg‘ich va buldozerlarni keltirish mumkin.

3.1. Rasm. Qazib Yuklovchi mashinalar sxemalari.
a – to‘g‘ri kurakli; b – qaytma kurakli; v – draglayn; g – greyfer; d – zanjirli ko‘p kovshli ekskavator; e – rotorli ekskavator; j – g‘ildirakli skreper; z – buldozer; i – shnekli burg‘ulovchi mashina;
Tog‘ kon va transport mashinalari komplektida ekskavatsiYalovchi mashinalar texnologik oqimda asosiy o‘rinni egallaydi. Bu mashinalarning unumdorligi tog‘ jinslarini qazib olishga qanday tayyorlanganligiga va transport xizmatining qanday ko‘rsatilishiga bog‘liq buladi. Transport xizmati ko‘rsatish deganda – transport kommunikatsiYalari barpo etish va transport vositalarining ritmik tarzda etkazilib turilishi tushuniladi. EkskavatsiYalovchi mashinalar unumdorligigiga qazish joyi parametrlari va ishlash texnologiYalari aloxida ta’sir ko‘rsatadi.
Karer mexanik kuraklari turli qattiqlikdagi Yumshoq va maydalangan tog‘ jinslarini qazish uchun qo‘llaniladi. Kovshining hajmi 2 dan 20 m3 gacha bo‘ladi. Qazib olinadigan pog‘ona balandligi 6 m dan 20 m gacha bo‘ladi. Ishlab chiqarish unumdorligi turlicha bo‘lgan karerlarda qo‘llaniladi. Pastdan Yuklash jarayoni ko‘proq qo‘llaniladi. Yuqoridan Yuklash uchun esa uzaytirilgan ishchi uskuna bilan jixozlangan karer mexanik kuraklari qo‘llaniladi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling