Navoiy davlat konchilik va
Umumharbiy himoya majmuasi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Amaliyot HFX
Umumharbiy himoya majmuasi
Umumharbiy himoya majmuasi (OZK), yadro zaryadi portlashi natijasida paydo bo'lgan yorug'lik nurlanishidan, radioaktiv aerozollardan, zaharlovchi modda bug'lari va aerozollaridan hamda bakterial vosita aerozollaridan himoyalash uchun mo'ljallangan. Suyuq-tomchi holdagi zaharlovchi moddalardan qisqa muddat ichida himoya qiladi. Ushbu kostyum doimo kiyib yurishga mo'ljallangan. Umumharbiy himoya majmuasi, himoyalovchi ko'ylak,himoyalovchi ishton, kurtka, shim, podshlemnik va soyabonli pilotkadan iborat. Umumharbiy himoya majmuasiga yonishdan saqlaydigan modda shimdirilgan bo'ladi (20% li DG-P pasta), himoyalovchi ko'ylak va ishtonga esa maxsus kimyoviy moddalar shimdirilgan bo'ladi. Shimdirilgan modda material iplarini qoplab oladi, iplar orasi esa bo'sh qoladi, shu tufayli materialning havo o'tkazuvchanligi saqlanib qoladi. Zaharlovchi modda bug'lari zararlangan havo bilan mato orqali o'tayotganda yutilib neytrallanadi. Ushbu Umumharbiy himoya majmuasi yoz vaqtida tabeldagi etik paytavalari, belga taqiladigan kamar, shim kamarlari bilan, qish vaqtida esa odatdagi ichki issiq kiyim, ustidan esa shinel kiyiladi, bu vaqtda himoyalovchi ko'ylak va ishton kiyilmaydi. Suyuq-tomchi moddalar ta'sirini kamaytirish uchun kostyum ustidan umumharbiy himoya to'plami kiyiladi Fuqaro muhofazasi tizimida filtrlovchi vosita sifatida ZFO-58 kostyum qo'llaniladi. Ushbu kostyum ip gazlamadan tayyorlangan kombinezon, ichki kiyim, podshlemnik va ikki juft paytavadan iborat. ZFO-58 kostyumini shimdirish uchun sintetik yuvish vositalari asosida tayyorlangan OP-7 yoki OP-10, sovun-yog emulsiyasi ishlatiladi. Bir komplekt kostyumni shimdirish uchun ikki xil suyuqlik tayyorlash kerak bo'ladi: birinchi suyuqlik 2,5- l miqdorida tayyorlanadi, buning uchun 40- 50°S gacha isitilgan 2 litr suvda OP-7 yoki OP-10 moddalari eritiladi. So'ngra ikkinchi suyuqlik tayyorlanadi. Buning uchun 60-70°S gacha isitilgan 2 litr issiq suvda 200-300 g maydalangan kir sovun eritiladi va unga 0,5 g o`simlik yogi yoki mineral yog` qo'shiladi. Tayyor bo'lgan suyuqliklarga kostyum navbati bilan shimdiriladi va quritiladi. Maxsus himoya kostyumi - umumharbiy kompleksli himoya kostyumlari, formali kiyimlar, ip gazlamadan tayyorlangan kiyimlar va maxsus kiyimlar ustidan kiyib yurilganda kishi terisini yadro nurlanishidan himoyalaydi hamda ushbu kostyumlarni yonib ketishdan saqlaydi. Maxsus himoya kostyumi vaqti-vaqti bilan qo'llaniladigan himoya vositasi bo'lib hisoblanadi. Ushbu kostyumdan maskirovka vositasi sifatida ham foydalansa bo'ladi. Agar kostyum zaharlovchi moddalarning suyuq tomchisidan zararlansa, unda bular degazatsiya qilinmasdan yo'qotib tashlanadi (erga ko'miladi). Maxsus himoya kostyumi yoruglik nurlanishining bevosita ta'siridan umumharbiy kompleksli himoya kostyumlarini, formali kiyimlarni va maxsus kiyimlarni to'sish xususiyatiga ega bo'lganligi tufayli ularni issiqlik natijasida yonib ketishdan saqlaydi. Yoruglik nurlanishi ta'siri natijasida maxsus himoya kostyumi parchalanib ko'mirga aylanadi va ishlatish uchun yaramay qoladi. Impreginirlangan formali kiyimlar va ich kiyimlar odamni zaharlovchi modda bug'lari va aerozollaridan himoya qilish uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari, ular suyuq-tomchi holdagi zaharlovchi moddalarning ta'sirini kamaytirish xususiyatiga ega. Impreginirlangan kiyimlar va ich kiyimlar oddiy formali ip gazlamadan tayyorlangan kiyimlar bo'lib, kitel, shim, ich kiyimi, podshlemnik va paytavalardan iborat. Bularga maxsus kimyoviy moddalar shimdirilgan bo'ladi. Dushman tomonidan kimyoviy qurol ishlatish xavfi paydo bo'lib qolganda impregirlangan formali kiyimlar va ich kiyimlar odatdagi formali kiyimlar o'rniga beriladi. Bu kiyimlar zaharlovchi moddalarning suyuq tomchisidan to'liq himoya qilmaganligi sababli zaharlanish o`choqlarida ishlash zarur bo'lib qolganda yoki zararlangan narsalarga tegib ketish ehtimoli bo'lganda, bunday himoya vositalaridan foydalaniladi. Impregirlangan formali kiyimlar boshqa kostyum va kombinezonlarga qaraganda badan termoregulyatsiyasi buzilishini keltirib chiqarmaydi. Impregirlangan formali kiyimlar yuvilganda o'zining himoya xususiyatini qisman yo'qotadi, shuning uchun ular qaytadan maxsus moddalarga shimdirilishi kerak. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling