Navoiy davlat konchilik va
Shaxsiy himoya vositalarining saqlash qoidalari
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Amaliyot HFX
Shaxsiy himoya vositalarining saqlash qoidalari
Shaxsiy himoya vositalarining doimo ishga yaroqli bo`lishi, ularning himoya xususiyatlari saqlanib qolishi ko`p jihatdan ushbu vositalarning qanday holda saqlanishiga bog'liq. Filtrlovchi va ajratuvchi gazniqoblar omborlarda maxsus yashiklarda to'plam holda saqlanadi, ya'ni har bir yashikda sanoqli gazniqobi, sumka va ko`zoynaklarni terlashdan saqlaydigan plyonka yoki maxsus "qalam" bo'lishi kerak. Gazniqobi qutisining yuqori qismidagi teshik maxsus moslama bilan, tagidagi teshik esa rezina tiqin bilan berkitilgan bo'lishi kerak. Isituvchi vositalar va ventilyatsion moslamalar yaqinida gazniqoblarni saqlash mumkin emas, chunki bunda gazniqoblarning yuz qismi rezinalari vaqtidan oldin yaroqsiz holga kelib qoladi. Harbiy qismlarga berilgan filtrlovchi gazniqoblar sumkaga joylanib, O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari ichki xizmati Nizomi talabiga muvofiq maxsus shkaf bo'linmalarida tikka qo'yilgan holda saqlanadi. Har bir gazniqobiga 3x5 sm li taxtachadan tayyorlangan yorliq mahkamlab qo`yilishi kerak. Ushbu yorliqqa gazniqobning nomerli, harbiy xizmatchining familiyasi va ismi yozib qo`yiladi. Ushbu yorliq gazniqobning chap tarafiga, tasmaning sumkaga tikilgan joyiga mahkamlanadi. Gazniqobni qattiq urilishdan va boshqa har qanday mexanik ta'sirlardan ehtiyot qilish kerak. Nafas chiqariladigan klapanlarni ehtiyot qilish, ularning iflosanishiga va muzlab qolishiga yo'l qo'ymaslik zarur. Agar gazniqobi yomg`irda qolsa, uning qismlari sumkadan chiqarib olinib, yaxshilab artilishi va havoda quritilishi kerak. Yaxshi quritilmagan gazniqob qutisi ichidagi yutuvchi moddalar nam bo'lib qolganligi tufayli u zaharlovchi moddalarni yaxshi yuta olmaydigan bo'lib qoladi. Gazniqob uzoq vaqt saqlanganda uning qutisi teshigini rezina tiqin (probka) bilan berkitib qo'yish kerak. Terini himoya qiluvchi vositalarni saqlashda ularni issiq, nam va yorug`lik tushadigan joylarda saqlashdan ehtiyot qilish kerak. Chunki bunday sharoitda rezinalar oksidlanishi tufayli ishdan chiqadi, qurib qolishi natijasida sinuvchan, mo`rt bo`lib qoladi, mog`or bosadi va chiriydi. Terini himoya qiluvchi vositalarni yoqilg`i va tez yonib ketadigan moddalar hamda kislotalar, ishqorlar va shunga o`xshash faol moddalar bilan birga saqlash man etiladi. Ushbu vositalarni yoyib qo'yilgan yoki osib qo'yilgan holda saqlash ham tavsiya etilmaydi. Terini himoya qiluvchi vositalar harbiy qism bo'linmalarida boshliq ko`rsatgan (saqlash uchun ajratilgan joylar) joyda xaltalarga yaxshilab taxlangan holda saqlanadi. Terini himoya qiluvchi vositalar har doim tayyor holda bo'lishi uchun ular yirtilishdan, teshilishdan va mexanik buzilishlardan nihoyatda ehtiyot qilinishi lozim. Ularni vaqti-vaqtida ko'rikdan o'tkazib turish va aniqlangan kamchiliklarni o'sha zahoti yo'qotishga harakat qilish kerak. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling