Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Download 121.84 Kb.
bet3/11
Sana23.01.2023
Hajmi121.84 Kb.
#1113471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ionlanish energiyasi qonuniyatlari

Kurs ishining maqsadi: Talabalarga ionlanish energiyasining davriy o’zgarishi haqida to’laligicha ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifasi: Ionlanish energiyasi haqida bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish.
Kurs ishining tarkibi: Ushbu kurs ishi mavzu, kirish, ikki bob, uchta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat bolib, jami 25 sahifadan iborat.

I.BOB. 1.1. Ionlanish energiyasi va uning qonuniyatlari


IONLANISH — muhit elektr neytral zarralarining zaryadlangan zarralarga aylanishi; neytral zaryadli atomlar va molekulalardan musbat va manfiy ionlar hamda erkin elektronlarning vujudga kelishi;
1) gaz va suyuqliklarning Ionlanishi — qoʻzgʻalmagan holatdagi neytral atom (molekula)ning ikki va undan ortiq zaryadlangan zarralarga ajralish jarayoni. Ularning Ionlanishi uchun maʼlum Ionlanish energiyasi sarflanadi. Atom (molekula) dan bir elektronni ajratib, musbat ion hosil qilishga sarflangan energiya mikdor jihatdan Ionlanish po-tensialga teng. Zaryadlangan zarralar (elektron, ion) zarbi b-n atom va molekulalarni ionlash zarba I. deyiladi. Zarba Ionlanish ehtimolligi, asosan, ionlanuvchi gaz (yoki suyuqlik) ga, ionlovchi zarralarning energiyasiga, tarkibiga, zichligiga bogʻliq. Bunday Ionlanish, koʻpincha, mass-spektrometrlar va atomlar toʻqnashishini oʻrganishda ishlatiladigan asboblarda kuzatiladi. Moddalarda kuzatiladigan Ionlanish fakatgina tashqi ionlovchi zarralarning taʼsirlashuvi natijasida boʻlmasligi ham mumkin. Agar modda atom (molekula) larining issiklik xarakati energiyasi yetarli bulsa, ular uzaro toʻqnashishlari natijasida bir-birini ionlantirishi mumkin. Bu termik Ionlanish deyiladi. Termik Ionlanish intensivligi 103—104 K trali moddalarda yuqori boʻladi (mas, yey razryadi yoki yonish jarayoni, Kuyoshdagi jarayonlar va h. k.). Moddalarning Ionlanishi fotonlar (yerugʻlik) taʼsirida yuz bersa, bu jarayon fotoionlanish deyiladi. Bunday Ionlanish xarakteri pogʻonali boʻladi, yaʼni zarra bir yorugʻlik fotonni yutib, qoʻzgʻatilgan holatga oʻtadi, ke-yin esa yana keyingi foton b-n taʼsirlashishi tufayli Ionlanishi mumkin. Fotoionlanish jarayoni koʻpgina hodisalarda muhim ahamiyatga ega, mas, atmosferaning yuqori qatlamlaridagi Ionlanish (q. Ionosfera) va h. k. Ionlangan gaz yoki suyuqliklar elektr utkazuvchan boʻlib qoladi, ularning bunday xususiyatidan muhitning Ionlanish da-rajasini oʻlchash, yaʼni neytral zarralarning zaryadlangan zarralar soniga nisbatini aniqlash mumkin; 2) elektrolitlarning Ionlanishi — erigan moddalarning erituvchi molekulalari bilan oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida molekulalarining ionlarga boʻlinish jarayoni (q. Dissotsiatsiya) ;
3) qat-tiq jismlarning Ionlanishi — qattiq jism atomlarining ionlarga aylanish jarayoni. Bunda elektronlar kri-stalldagi valentlik zonasidan elektr utkazuvchanlik zonasiga oʻtadi. Kat-tiqjismdagi Ionlanish energiyasi Ichaxm. ta-qikdangan zona kengligi energiyasi Eg ga teng boʻladi (q. Qattiq jism fizi-kasi). Qattiq jismlardan zaryadlangan (yoki neytral) zarralar (elektron, proton, neytron va h. k.) oqimi oʻtganda yoki elektromagnit tebranishlar taʼsirida Ionlanish sodir boʻladi.


Download 121.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling