Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Na + .CI : = Na : CI : co’ngra Na : CI : = [Na


Download 121.84 Kb.
bet2/11
Sana23.01.2023
Hajmi121.84 Kb.
#1113471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ionlanish energiyasi qonuniyatlari

Na + .CI : = Na : CI : co’ngra Na : CI : = [Na+] [: CI : – ]
Keltirilgan misolda metalmaslik xossalarini namoyon qiladigan (elektr manfiyligi ХCI = 2,83)xlor atomi haddan tashqari bir tomonlama qutblanadi. Molekulyar elektron bulut (elektronlar jufti ) batamom xlor atomiga siljigan bo’ladi. Bu hol elektronning natriy atomidan xlor atomiga o’tganligi bilan barobardir.
Ravshanki, qutbli kovalent bog’lanishni kovalent bog’lanishning qisman bir tomonlama qutblangan to’ri (bog’lovchi elektron bulut nisbiy elektrmanfiyligi katta bo’lgan atom tomonga siljigan ) sifatida qarash mumkin. U ionli va qutbsiz kovalent bog’lanishlar o’rtasida oraliq holatni egallaydi.
SHunday qilib, qutbsiz kovalent, qutbli kovalent va ionli bog’lanishlarning vujudga kelish mexanizmida muhim farq yo’q. Ular bir-biridan umumiy elektron juftlarning qutblanganlik darajasi (siljiganligi) bilangina farq qiladi. Kimyoviy bog’lanish tabiati yagonadir.
Haqiqatda bog’lanishlar 100 % ionli bo’lmaydi. Shu sababli bog’lanishning ionlilik darajasi yoki xissasi haqida so’z yuritiladi. U tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Ma‘lum bo’lishicha, hatto CsF birikmasida ham ionli bog’lanish 89 % ifolangan ekan, xolos.
Ion bog’lanish ionlararo o’zaro ta‘sir natijasida hosil bo’ladi. Har qaysi ionni zaryadlangan shar deb qarash mumkin: shuning uchun ionning kuch maydoni fazoda hamma yo’nalishlar bo’yicha tekis tarqaladi, ya‘ni ion o’ziga qarama–qarshi zaryadli boshqa ionni har qanday yo’nalishda bir tekisda torta oladi. Demak, ion bog’lanish yo’naluvchan xossasini namoyon qilmaydi. Bundan tashqari, manfiy va musbat ion o’zaro birikkan bo’lsa ham manfiy ion boshqa musbat ionlarni tortish xossasini yo’qotmaydi. Masalan, +1 zaryadli musbat ion ham yonida bitta manfiy ion bo’lishiga qaramay, yana boshqa manfiy ionlarni o’ziga tortaveradi. Demak, ion bog’lanish to’yinuvchanlik hususiyatiga ega emas.
Ion bog’lanish yo’naluvchanlik va to’yinuvchanlik xossalariga ega bo’lmaganidan, har qaysi ion atrofida maksimal miq dorida unga teskari zaryadli ionlar bo’ladi. Ionlarning maksimal miqdori kation va anionlar radiusining bir-biriga nisbatan katta – kichikligiga bog’liq. Masalan, Na+ atrofida eng ko’pi bilan 6 ta xlor, Ss+ atrofida esa 8 ta CI ioni joylasha oladi.
Ion bog’lanish yo’naluvchanlik va to’yinuvchanlik xossalarini namoyon qilmasligi tufayli, bitta musbat va bitta manfiy iondan iborat ion bog’lanishli molekulalar odatdagi sharoitda yakkama – yakka mavjud bo’la olmaydi, ular birlashib juda ko’p ionlardan tarkib topgan gigant molekula – kristallni hosil qiladi.

Download 121.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling