Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 0.95 Mb.
bet68/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   165
1992-yil 22-avgustda «O`zbekiston o'quv yurtlarida har yili 1-sentabrda «Mustaqillik kuni»ni o'tkazish to'g'risida» Prezident Farmoni e'lon qilindi. Unda davlatimiz tarixida yangi sahifa ochgan O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bayram qilinishi mu-nosabati bilan va uning yoshlarni ma'naviy kamol toptirishda juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini nazarda tutib, o'quv yurtlari jamoalarining istaklarini hisobga olib:

  1. Har yili 1-sentabrda barcha maktablarda, hunar texnika bilim yurtlarida, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida «Mustaqillik kuni» mavzuida maxsus mashg'ulotlar, darslar, ma'ruzalar, tantanali yig'ilishlar va uchrashuvlar o'tkazish:

  2. Qaramog'ida o'quv yurtlari bo'lgan vazirliklar va idoralar, hokimliklar:

turli shakllardagi, ijodiy izlanish va bayram vaziyati ruhidagi mashg'ulotlar va tadbirlarni o'tkazishga oid zarur tashkiliy choralar-ni ko'rsinlar:
Respublika hayotining barcha sohalarida ro'y berayotgan tub o'zgarishlardan o'quvchilar va talabalarni keng xabardor qilinishini ta'minlasinlar, uni erkin va yuksak vatanparvarlik va Vatanga sado-qat ruhida tarbiyalasinlar:
o'quv yurtlarida mustaqillik kunini bayram qilishda yoshlar-ning ijodiy qobiliyatlarini ochishga ko'maklashuvi hamda bir xillik va rasmiyatchilikni istisno etuvchi tanlovlar, ijodiy bellashuvlar, ommaviy va boshqa tadbirlar o'tkazsinlar;

  1. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari o'quv yurtlarida Mustaqillik kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chog'ida respublika oqsoqollari, deputatlar, fan, madaniyat va san'at arboblarini, ijodiy va boshqa jamoat tashkilotlarining

vakillarini, korxonalar va mu-assasalarning rahbarlarini qatnashishga keng jalb qilishlari» kabi muhim vazifalar belgilandiki, bu farmonning joylarda bajarilishi xalqimizga mustaqillik tushunchasini yetkazishda, ularni istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu borada Toshkent, Farg'ona, Samarqand viloyatlarida ibratli ishlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, 1992-yil 1-sentabrdan O'zbekiston aholisi tomonidan birinchi marta mamlakat mustaqilligining bir yilligini keng bayram qilinishini aytish mumkinki, xalqni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash va unga e'tiqod tuyg'ularini kuchaytirishda muhim qadam bo'ldi. Shu yilning 30-avgustida Toshkentda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining ikki yilligiga bag'ishlangan tantanali majlis bo'ldi. Unda Birinchi Prezident I.Karimov tabrik nutqi so'zlab butun aholini milliy bayram bilan qizg'in tabrikladi. Tantanalar mamlakatning barcha vi-loyat, shahar, tuman va qishloqlarida, tashkilot, muassasa, korxona, jamoalarda va mahallalarda bo'lib o'tdi. Butun xalq O'zbekistonning kelajagi qo'lga kiritilgan mustaqillik tufayli amalga oshirilishini chuqur his qila boshladi. Bir so'z bilan aytganda, dastlab istiqlol e'lon qilingan kunlarda kishilardagi sarosimalik o'rnini, endi mustaqillik-ka ishonch va e'tiqod egallay boshladi.
Prezident Farmoni asosida O'zbekistondagi barcha o'quv yurtlarida 1-sentabrda «Mustaqillik kuni» keng nishonlandi. Masalan, Toshkent Davlat Texnika Universitetida shu kuni tantanali miting- dan so'ng birinchi darslar «Mustaqillik darslari» sifatida o'tkazildi. Bunda professor-o'qituvchilar, faxriylar, xalq deputatlari qo'lga kiritilgan mustaqillikning ahamiyati va afzalliklari haqida talabalarga keng mshuntirish berdilar.
O'zbekiston mustaqilligiga bag'ishlangan bunday tadbirlar faqat Oliy o'quv yurtlaridagina emas, balki barcha o'rta maxsus o'quv yurtlari va umumiy ta'lim maktablarida ham katta tayyorgarliklar bilan muntazam ravishda o'tkazilib turibdi.
Prezident LA. Karimovning 2006-yili e'lon qilingan mamla-katda ma'naviy-ma'rifiy, targ'ibot ishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan farmoniga muvofiq respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Ma'naviyat targ'ibot markaziga aylantirildi. Uning faoliyat mezonlari yanada kengaytirilib, yo'nalishlari aniq belgilab berildi.
Yosh iste'dodlar o'z ijodlari bilan o'zbek san'atini dunyoga namoyish etmoqdalar. Yaqinda toshkentlik litsey o'quvchisi, yosh ras-som Oybek Islomov o'z asarlari bilan Hindistondagi Butunjahon bolalar san'ati qo'mitasi o'tkazgan «Shankar» ko'rgazmasida ishtirok etib, Javoharla'l Neru nomidagi oltin medal bilan taqdirlandi.
Sakkiz yoshli toshkentlik o'quvchi Diyora Hasanova «Bolalar san'ati-2000» xalqaro festivalining eng yosh qatnashchisi bo'lishiga qaramasdan, bu festivalning Amerika Qo'shma Shtatlari-da o'tkazilgan final bosqichida o'zining yuksak rassomlik iste'dodini namoyon qila oldi. 50 ga yaqin mamlakat bolalari rasmlari orasidan u ishlagan «Yer sharida festivalga boramiz» nomli rasmning xalqaro festival emblemasi sifatida tanlab olinishi va unga Bosh sovrin-ning berilishi ham farzandlarimizning qanchalik yuksak iqtidor egasi ekanligini ko'rsatib turibdi.
Yosh iste'dodlarni izlab topish va tarbiyalash, professional ras-somlarning boshini qovushtirish, ularning samarali ijod qilishla-ri uchun qulay sharoit yaratish, milliy tasviriy, amaliy, miniatura san'atimizning noyob an'analarini boyitish, dunyoga tanitish maqsadida tashkil etilgan O'zbekiston Badiiy Akademiyasi uch yildan bu-yon jiddiy faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Mamlakatimizda iste'dodli rassomlarning ko'plab ko'rgazmalarini tashkil etdi. O'zbek rassomchilik maktabining bugungi rivoj ini dunyoga ko'rsatish maqsadida 2000-2006-yillar mobaynida Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Germaniya kabi ko'plab mamlakatlarda o'zbek rassomlarining ko'rgazmalarini o'tkazdi.
Badiiy Akademiyaning a'zolari tomonidan katta mahorat bilan ishlangan Sohibqiron Amir Temur, Farg'oniy, Jaloliddin Manguberdi, Alpomish haykallari, Mustaqillik maydonidagi majmua kabi haykaltaroshlik san'atining go'zal namunalari xalqimiz milliy g'ururi va iftixorini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Turkiston miniatura maktabining asoschisi, buyuk musavvir Ka-moliddin Behzodning bu yil nishonlanadigan 550 yilligiga qizg'in tayyorgarlik olib borilmoqda. Kamoliddin Behzod memorial bog'ini barpo etish ishlari boshlab yuborilgan.
Shuni ta'kidlash joizki, O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash dolzarb bo'lib qolayotgan bir paytda yoshlar bilan yakka tartib-da ishni yo'lga qo'yish, ularda axloqiylik fazilatlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki azaldan odoblilik, axloq inson uchun eng zarur ziy-natlardan hisoblangan. Odamzodni yuksaklarga ko'taradigan ham, uning qadr-qimmatini oshiradigan ham ana shu axloqiy barkamol-likdir. Shu o'rinda qadimgi Rim faylasuflaridan Epikratning «bar-cha kashfiyotlar ichida go'zali yaxshi tarbiya olgan insondir», degan o'gitini hamisha yodda tutish o'rinlidir. Yoshlarda ana shunday fazilatlarni tarbiyalashda joylarda, maktab va o'quv yurtlarida olib bori-ladigan ishga e'tibor berilmoqda. Maktabgacha tarbiya muassasala-rida, boshqa o'quv yurtlarida, mehnat jamoalarida va turarjoylarda
niax'sus «Odobnoma» soatlari joriy etildi. Bundan tashqari, mamlakat televideniyesi va radiosi orqali, jumhuriyat gazetalari sahifalari-da esa maxsus «Odobnoma» ko'rsatuv va eshittirishlar beriladigan, sahifalar chiqadigan bo'ldi. Bu ish mehnat va pedagogika jamoalari hamda ota-onalar kengashlarining amaliy hamkorligi asosida ham tashkil etiladi.
O'zbekiston hukumati aholi aqliy imkoniyatlarini kengayti-rish va ma'naviy yetukligini ta'minlash asosida mustaqillikning sof insonparvarlik mazmunini chuqurlashtirish hamda uning jamiyatning mustahkam poydevori bo'lib xizmat qilishiga katta umid bog'lagan. Shu bois amalga oshirilgan tadbirlarga tanqidiy nazar bilan qaraydi. Boy berilgan imkoniyatlar yo'l-yo'lakay o'rganib, tuzatib boriladi. Ijodiy va ilmiy kuchlarga ko'maklashuvchi qator jamoat tashkilotlari faoliyatiga ana shu nuqtayi nazardan baho berildi. Natijada uning kuch va imkoniyatlarini birlashtirish maqsadida 1996-yil 17-aprelda yosh ijodkorlarga, olimlarga va tadqiqotchilarga ko'maklashuvchi, umuman yoshlar muammolari bilan shug'ullanuvchi «Kamolot» jamg'armasi ta'sis etildi. «O`zbekiston yoshlarining
«Kamolot» jamg'armasi yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, chuqur bilim, kasb egallashi, o'zlarida yuksak ma'naviyat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik fazilatlari hosil qilishi, ularning istiqlol ishining davomchilari bo'liby yetishishlarida ko'p qirrali yordam ko'rsatishni o'zining dasturiy vazifasi qilib belgiladi va bu borada bir qator ishlarni amalga oshirdi. Keyinchalik jamg'arma «Kamolot» yosh- lar ijtimoiy harakatiga aylantirildi. Uning faoliyatini yanada tako-millashtirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatini qo'llab-quvvatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish to'g'risida»gi Qarori katta ahamiyatga ega bo'ldi.
O’zbekiston Respublikasining Qonuni
Ta’lim to’g’risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar

  1. modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

  1. modda. Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari

Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

  1. modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
davlat akkreditatsiyasi-davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o’quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat ta’lim muassasasi-davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo’lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
davlat ta’lim standartlari-davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
davlat ta’lim talablari-ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart- sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo’yiladigan majburiy talablar;
malaka-shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to’g’risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko’nikmalar darajasi;
mutaxassislik-malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi; nodavlat ta’lim tashkiloti-davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o’quv dasturlariga
muvofiq ta’lim xizmatlari ko’rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida
ta’lim xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxs;
tarbiya-aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim-ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko’nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko’nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim kampusi-yagona hududda birlashtirilgan o’quv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish ob’ektlarini o’z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bo’lgan, o’quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari-ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;
ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi-ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o’quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo’yicha davlat nazoratining asosiy shakli.

  1. modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar

Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o’n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o’rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
o’quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoli davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag’batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg’unligi; ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.

  1. modda. Ta’lim olish huquqi

Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i
nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim olish huquqi:
ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash va o’quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo’llagan holda amalga oshirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim
olishni tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’limni va boshlang’ich professional ta’limni bepul olish;
oilada yoki mustaqil o’qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o’rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o’tgan davlat ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o’tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
CHet ellik fuqarolar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ta’lim olish uchun
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling