Nazariy materiallar 1- mavzu: kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi va vazifasi


Sabzavot va poliz kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashda tavsiya qilingan pestitsidlar va biopreparatlar


Download 1.09 Mb.
bet25/26
Sana28.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1021453
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Nazariy materiallar 1- mavzu kirish. O’simliklarni himoya qilis

Sabzavot va poliz kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashda tavsiya qilingan pestitsidlar va biopreparatlar





Preparat

Sarflash me’yori

Zararkunanda yoki kasallik

Qo’llash usuli

Kutish vaqti

Takro-
riyligi

1

Applaud, 25% li n.k.

0,5

Oqqanot (issiqxona)

Purkash

3

1

2

Benzofosfat, 30% li n.k, k.e.

1,7-2,3

Ko’sak qurti, kolorado qo’ng’izi

Purkash

30

2

3

Admiral, 10% li k.e.

0,5

oqqanot

Purkash

30

1

4

Vertimek, 1,8 % li k.e.

0,1-0,2

Zang kana

Purkash

30

1

5

Grizli, 36% li k.e.

0,25

Zang kana

Purkash

30

1

6

Danitol, 10% li fl.

2,0

Oqqanot

Purkash

30

1

7

Detsis, 2,5 % li k.e.

0,25-0,5

Ildiz kemiruvchilar, shiralar, oqqanot

Purkash

30

1

8

Detsis, 2,5 % li flo.

0,75-1,25

SHiralar (issiqxona)

Purkash

5

2

9

Kvark, 10 % li n.k.

5,1-6,9

Ko’sak qurti, kolorado qo’ng’izi

Purkash

30

21

10

Malfos, 50% li k.e.

2,4-3,6

Oqqanot, shiralar, tripslar, kanalar (issiqxona)

Purkash

5

3

11

OOQ
(Ohak oltingugurt qaynatmasi)

Bome bo’yicha 0,5-10 li

Kanalar

Purkash




3

12

TSipermetrin, 25 % li k.e.

1,2-1,6

Oqqanot (issiqxona)

Purkash

3

2

13

Bayleton, 25 % li n.k.

1,0-4,0

Un shudring

Purkash

10

2

14

Bordo suyuqligi, 1% li

6,0-8,0 mis kuporosi bo’yicha

Fitoftoroz, alternarioz

Purkash

8

4

15

Mis xloroksidi, 90 % li n.k.

2,4-3,2

Fitoftoroz, alternarioz

Purkash

20

4

16

Benlat, 50 % li n.k.

2,0-3,0

Qo’ng’ir dog’lanish

Purkash

10

2

Issiqxona oqqanotiga qarshi ular yetuk zotlarini ushlab qolish maqsadida maxsus tayyorlangan sariq rangli ekinlardan foydalanish tavsiya qilingan. Buning uchun maxsus entomologik yelimga sariq rang qo’shib, 30x40 sm li oq qog’ozga surtib, kanopga osib qo’yiladi, 0,08 ga hajmli 1 issiqxona bo’limiga 70-100 ta shunday ekran osiladi. Butun rivojlanish davrida bu ekranlar 3 takrorlikda qo’yiladi.
Targa, Super, Gezagard, Penitran, Trifluramin va hokazolar. YUqorida qayd etilgan gerbitsidlarni qo’llash mumkin.

Savollar:


1. Sabzavot va poliz ekinlarini asosiy zararkunandalariga uyg’unlashgan kurash chorasini qo’llash?
2. Sabzavot va poliz ekinlarini asosiy kasalliklariga uyg’unlashgan kurash chorasini qo’llash?
3. Sabzavot va poliz ekinlari ichidagi begona o’tlarga qo’llaniladigan gerbitsidlar?
4. Sabzavot va poliz ekinlarini asosiy zararkunandalari (oqqanot, kartoshka kolorado qo’ng’izini kamaytirish choralari?
17-MAVZU : MEVALI EKINLARNI ZARARKUNANDALARI VA KURASH CHORALARI.
Reja:

  1. Bog’ zararkunandalarining turlari.

  2. Bog’ zararkunandalarining so’ruvchi turlari.

Mevali daraxtlarning zararkunandalariga qarshi uyg’unlashgan kurash tizimi. Bog’ zararkunandalarining ayrimlarining qisqacha tarifi: Buzoq boshi qo’ng’zlar. Qattiq qanotlilar (Soleoptera) turkumiga kirib, plastinka mo’ylovlilar (Ssarabaethae) oilasi, buzoqbosh qo’ng’izlar (Melanta) avlodiga taalluqli turlardir. Markaziy Osiyoda mevazor bog’larda buzoqboshi qo’ng’izlarning uch turi; zararli buzoqboshi qo’ng’iz, uch tishli buzoqboshi qo’ng’iz va mart buzoqboshi qo’ng’izi zarar yetkazadi. Mart buzoqboshi qo’ng’izi.
Qon biti yoz bo’yi 15-17 ta avlod beradi. Qon biti Bumajnыy ranet, Saratoni, Hosildor, Janatan, Rozmarin va Zolotoy Parmen degan olma navlariga ko’proq zarar yetkazadi. Ammo Damir olma, Abiluari, Qandil Sinan, Kul rang frantsuz raneti degan olma navlariga qon bitp tushmaydi.
Qalqondorlar daraxtlarning shirasini so’rib, zaiflashtiradi, ko’pincha ayrim shoxlarni va ayniqga yosh novdalarni nobud qiladi: ba’zan esa daraxtlarni butunlay quritib qo’yadi. Koktsidlar mevalarga dog’ tushirib, sifatini pasaytiradi. Qalqondorlar yosh lichinkalik stadiyasida tarqaladi, ular o’rmalab yuradi yoki shamol, hasharotlar, qushlar vositasida tarqaladi, Lichinkalar keyinchalik biron joyga yopishib olib, harakatlanmaydi.
Qattiq zararlangan barglar qorayib, to’kilib ketadi. Nok shira bitiga qarshi kurash olib borilmasa, iyul boshlaridayoq daraxtlar batamom barginn to’kib yuboradi. Zararlangan daraxt novdalari qing’ir - qiyshiq, mevasi qattiq, bemaza bo’lib, normal darajada katta bo’lmaydi va ko’pincha shira bitining yopishqoq axlatiga belanadi.
Meva o’rgimchakkanasi. O’rgimchakkana odatda olma daraxtiga zarar yetkazadi, ammo boshqa urug’li va danakli meva daraxtlariga ham tushadi. O’rgimchakkana ko’p zararlangan barglar qo’ng’ir tusga kirib assimilyatsiya xossasini ancha yo’qotib qo’yadi, ba’zan nobud bo’lib, ko’plab to’kilib ketadi.
Meva o’rgimchakkanasi Markaziy Osiyo va Qozog’istonning hamma joyida uchraydi.
Markaziy Osiyo olma qurti - urug’li meva daraxtlarining ayniqsa olma, qisman nok va behining asosiy zararkunandasidir. Olma va nok hosilining taxminan 50 foiziga olma qurti zarar yetkazadi. Har yili olma qurtining zararlashidan mevalarning tugunchalari va g’o’r mevalarining anchagina qismi to’kilib ketadi. Olma qurti tushgan mevalar ko’pincha irib ketadi va ularni saqlab bo’lmaydi.
Kapalagi umrida bir necha o’nta (o’rtacha hisob bilan 50 ta) tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar mevaning ichidagi eti va urug’lari bilan oziqlanadi, qurtlarning 60-80 foizi mevaga kosachasidan kirsa qolgan qismi mevaning yon va pastki yuzasidan kiradi. Qurt meva po’sti ostiga kirib, meva etidan kamera ochadi va temir uzel orqali urug’ uyasiga o’tadi, u meva sirtidan tomir uzeliga o’tish uchun burama kanal ochadi.
Olxo’ri qurti ba’zan olxo’ri hosilining 10 foiziga va undan ham ko’prog’iga, qisman o’rik va gilosga ham zarar yetkazadi. Olxo’ri va olma qurtlarining hayot kechirishi ko’p jihatdan bir birinikiga o’xshaydi, ammo olxo’ri qurti d mevalarga zarar yetkazadi. Olxo’ri qurti pilla o’ragan holida ham qishlaydi, u daraxt po’stloqlari ostida, tuproq kesaklari tagida va daraxtlar ostidagi o’simlik qoldiqlari ichida qishlaydi. Olxo’ri qurti yiliga ikki marta avlod beradi.
Meva daraxtlarini zararkunandalariga qarshi uyg’unlashgan kurash tizimi. Bog’ zararkunandalariga qarshi samarali kurash olib borish uchun avvalo ularning sonini va xavflilik darajasini hisobga olish lozim. Buning uchun yoz va qish davrida har bir bog’dan kamida 30 ta daraxt tekshirib ko’riladi, (diogonalda 15 ta).
. Nitrofen kasalliklarga qarshi 30-50 kg/ga ishlatiladi.
2. Kurtaklar yozila boshlagan davrda o’tkaziladigan tadbirlar mexanik kurash chorasi sifatida olma qurti va kuyalarning qurtlariga qarshi asosiy tana va yo’g’on shoxlariga tutqich belbog’lar bog’lash yaxshi samara beradi. Bargxo’r kapalaklar qurtlariga qarshi, shiralar, qalqondorlarning lichinkalariga va qishlashdan chiqqan o’rgimchak va meva kanalariga qarshi fosfororganik, piretroidlar preparatlari ishlatiladi.
Jumladan: Zolonning 35% k.e. gektariga 2-4 l/ga, BI-58 40% k.e. gektariga 0,8-2,0 litrgacha, Detsisning 2,5% k.e. gektariga 0,5-1,0 litrgacha (shaftoliga 0,5 litr, nokda 0,6 litr, olmaga 0,5-1,0 litr), tolstar 10% k.e. 0,4-0,6 l/ga qo’llash mumkin. Biologik kurashda tabiiy kushandalarning fioliyatini kuchaytirish uchun daraxtlar orasiga nektarga boy o’simliklar ekiladi. So’ruvchi zararkunandalar va po’stloqxo’rlar bilan zararlangan bog’larda daraxtlarning chidamliligini oshirish maqsadida agrotexnik ishlovni yanada kuchaytirib o’tkazish lozim.
3. Daraxtlar gullagandan so’ng o’tkazish kerak bo’lgan kimyoviy tadbirlar olma qurti va boshqa zararkunandalarning kapalaklarining uchib chiqish va tuxum qo’yish vaqtlarini va qalinligini aniqlash uchun har 2-3 gektar boqqa 1 ta feromon tutqich ilib qo’yiladi va vaqti-vaqti bilan kuzatilib turiladi.
Olma qurtiga biologik kurash maqsadida trixogramma tuxumxo’rini qo’llash yaxshi samara beradi. Bunda har bir daraxt pastki yo’g’on shoxlari ostiga 1000 dona trixogramma g’umbaklari qo’yiladi yoki voyaga yetgan formasi tarqatiladi. Bir feromon tutqichga 5 ta olma qurtini kapalagi tushganda (taxminan kechki olma gullab bo’lgach) tuxumdan chiqayotgan yosh qurtlarga qarshi biologik va kimyoviy preparatlarni qo’llash yaxshi samara beradi.
Olma qon bitiga qarshi afelinus parazitini qo’llash ham yaxshi samara beradi. Kalmaraz, zang, nokni qo’ng’ir dog’lanish, un shudring, monilioz, zamburug’li, virusli kasalliklari mavjud.
Tokda oidium, antraknoz, tserkosporoz, kulrang chirish virus kasalliklariga fungitsidlarni ishlatish mumkin. Zararli organizmlar IXCHS va ularning kushandalari samaradorligi feromon tutqichlari meva bog’lari va tokzorlar zararli organizmlarga qarshi uyg’unlashgan himoya qilishning tashkiliy ahamiyati katta.

Savollar:


1.Bog’ni mexanik, agrotexnik usullari bilan zararli organnzmlarni
kamaytirish va kurash mezonlari?
2.Bog’da tinim davrida olib boriladigan tadbirlarga nimalar kiradi?
3. So’ruvchi zararkunandalarga qarshi uyg’unlashgan kurash choralari?

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling