Neft va gaz kimyosi fanidan


Sikloalkanlarning xossalari


Download 143.3 Kb.
bet5/9
Sana26.10.2023
Hajmi143.3 Kb.
#1724897
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'rinboyev M

1.4 Sikloalkanlarning xossalari
Sikloalkanlarning qaynash haroratlari molekulasidagi uglerod atomlarining soni xuddi shunday boʼlgan alken va alkanlarning qaynash haroratlaridan yuqoridir. Bu guruh birikmalarining zichligi n–alkanlarning zichligidan yuqori, ammo arenlarni zichligidan pastdir. Baʼzi paytda bu xossa neft fraksiyalarining tarkibini aniqlashda qoʼllaniladi. Oʼrinbosar – radikallarning uglevodorodlarning suyuqlanish haroratini keskin pasaytiradi va alkilli orinbosarda uglerod atomlari qancha kam bolsa, suyuqlanish haroratini pasayish shuncha koʼproq boʼladi. Sikloalkanlarni fizikaviy va kimyoviy xossalari jihatidan shartli ravishda quyidagi guruhlarga boʼlish mumkin: kichik (C-2–C-4), odatdagi (C-5,C-6, C-7), oʼrtacha (C-8–C-12) va katta halqali (>C-12). Sikloalkanlarning kimyoviy xossalari Bayer kuchlanishi taʼsiri borligi tufayli oʼzgaradi. Neftlarda siklopropan va siklobutan uchramaydi. Sikloalkanlarning koʼpgina kimyoviy xossalari alkanlarning xossalarini eslatadi. Ular oʼrin olish reaksiyalariga, masalan galogenlar bilan kirishadi, nitrat kislota bilan nitrolanadi. Konsentrlangan sulfat kislota siloalkanlarni (C-5 va undan yuqori) deyarli eritmaydi, oleum va xlorsulfon kislota ular bilan reaksiyaga kirishib, CО2 ni ajratib chiqaradi. C-5 va C-6 sikloalkanlar yetarli darajada mustahkam, ammo alkanlar kabi alyuminiy xlorid va alyiminiy bromid taʼsirida izomerlanadi, bunda halqaning kengayishi yoki torayishi sodir boʼladi. Masalan, siklogeksan 30–800C da metilsiklopentanga aylanadi. Reaksiya yoʼnalishi chapdan– oʼngga sodir boʼlmaydi, aralashmaning tarkibi 75% siklogeksan va 25% metilsiklopentandan iborat boʼlgan zahotiyoq reaksiya toʼxtaydi. Besh– va olti aʼzoli uglerodli halqalar kichik va katta halqalarga qaraganda ancha oson hosil boʼladi. SHuning uchun neftlarda siklogeksan va siklopentanning koʼpchilik hosilalari, sikloalkanlarning qolgan hosilalari aniqlangan, sikloalkanlarning qolgan hosilalari esa juda kam uchraydi. Toyingan uglerod atomining (sp3 gibridlangan) ikkita valentligi orasida normal burchak 1090 28 ga teng, 1885-yilda Bayerning aniqlashicha sikloalkanlarda uglerod valentliklari ularning normal yoʻshnalishdan cheklanadi, bu cheklanish tufayli halqada kuchlanish paydo boʼladi, molekulaning energiyasi oshadi. Siklopropanning uch aʼzoli halqasida har qaysi valentlik normal yoʼnalishdan 24044ʼga chekingan, siklobutanda – 9044ʼ ga , siklopentanda – 0044ʼ ga, siklogeksanda – 5016ʼ ga, ammo siklogeksan molekulasi yassi emas, shu sababli unda kuchlanish yoʻq. Turli halqalarning barqarorligini ularning yonish issiqligini solishtirish bilan korish mumkin.


Download 143.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling