Nemis adabiyoti tarixi to sh k en t m u m to z so
R E FO R M A TS!Y A D AV RI A DA BIY O TI
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. B Y U R G E R L IK A D A BIY O T I
- H ANS SAK S (1494-1576)
- XALQ K ITO BLARI
5. R E FO R M A TS!Y A D AV RI A DA BIY O TI 1. Katolik cherkovi va siyosiy parokandalik 2. Nem is reform atsion harakatida uch y o ’nalish 3. Martin Lyuter va katolik cherkovi 4. Tom as Myuns'er va dehqonlar harakati M avzuga doir tayanch s o ’z va iboralar: katolitsizm , byurgerlik, protestantizm , anafem a4, didaktik janr, Saksoniya idora tili. Ilk gum anistlar, Royxlin, „N om a’lum kishilar xatlari“ning mualliflari, R otterdam lik Erazm sxolastikaga, cherkov jaholatiga qarshi y o ’naltirilgan o ’z ijodlari bilan reform atsiyaga zam in tayyorlaydilar. Katolik cherkovini isloh qilish uchun kurashni aks ettirgan reform atsion harakatni G erm aniyada jiddiy, iqtisodiy, ijtim oiy-siyosiy sabablari bor edi. Katolik cherkovining ju d a katta yerlari b ’olib, dehqonlarni ayovsiz ezar, xalqni doim iy m uhtojlikda tutishni o ’z vazifasi, deb bilar edi. Papa nemis knya/.liklari hayotiga aralashar, m am lakatning sivosiy parokandaligini q o ’llab-quvvatlar edi. Bu esa, tabiiyki, nemis jam iyatining kuchli noroziligiga sabab bo ’lar edi. K atolisizm hokim ligiga qarshi asta-sekin um um m illiy oppozitsiya tarkib topa boshladi. Har bir sinf Rimga qarshi kurashda o ’z manfaatlarini ko ’rar edi. Nem is knyazlari cherkov yerlarining birlashishini xohlasalar, burgerlar poplarsiz cherkov uchun, dehqonlar esa cherkov va feodal yer egaligiga qarshi sotsial tenglik uchun kurashishni istar edilar. D ehqonlarning talablari eng inqilobiy talablar edi. Nemis Reformat- siyasi harakatida uchta y o ’nalish: knyazlik, Lyuter rahbarlik qilgan byurgerlik va M yunser bosh bo’lgan xalq reform atsiyasi m avjud edi. 4 L a’natlash, dinidan chiqarish, murtad deb e ’lon qilish, cherkovdan chetlatish 30 1517-yili m onax M artin Lyuter V ittenbergda Papa hokim iyatini suiis- te ’mol qiluvchilarga qarshi qaratilgan 95 tezisini e ’lon qiladi. Bu katolik cherkoviga qarshi chiqish uchun o ’ziga xos turtki b o ’lib, om m a orasida keng tarqaldi. Butun germ an xalqi harakat- lantiruvchi kuchga aylangan edi. Lyuter reform atorlik faoliyatinning dastlabki bosqichida o ’zini dadil tutdi. U tak lif etgan cherkov islohi protestantizm ning ko’rinishlaridan biri edi. Lyuter sidqidildan Tangriga ishonuvchi kishi o ’z qalbini t'aqat xudoga iltijo qilish bilan qutqarishi m um kin, deb o ’rgatadi. Bu bilan poplar va Rim Papasiniug vositachiligiga hojat y o ’q dcmoqchi bo ’ladi. U cherkov aqidalarining zarurligi, katolik dogm alarining m uqaddasligi haqida cherkov ta ’sis etgan qonun-qoidalarining shartligini rad etdi va keyingi paytda n oto’g ’ri talqin etilgan (matni buzilgan) “Injil” va “Tavrot”ning matnlariga bevosita m urojaat etishga chaqirdi. Lyuter o ’z ta ’limotini alohida g ’ayrat bilan him oya qildi. U chaqm oq singari Rim Papasi xizm atkorlarini kuydirishga, ulardan qonli o ’ch olishga undadi. Papaga qarshi anafem aga berilgan, cherkovdan yuz o ’girgan Lyuter 1520-yili Papa farm onini yoqib yuboradi va o 'z jasorati bilan xalq hurm atiga sazovor b o ’ladi. U hatto Vorms reyxstagida uni (1521-yili) dahriylikda ayblangan- larida ham o ’z e ’tiqodidan qaytm adi. Bu paytda u reform atsion harakatning haqiqiy dohiysiga aylangan va xalq k o ’m agiga tayangan edi. Lekin dehqonlar urushi boshlangach, Lyuter ikkilanib qoldi. Dastlab u isyonchilarga ham dardlik bildirgan, ularning talablari o ’rinli ekanligini ta ’kidlagan bo ’lsa ham, xalq ozodlik alangasi mavjud tuzum ga xavf solib, m am lakatning yangi-yangi hududlariga yoyilgan sari Lyuter sekin-asta o ’nglar tom onga o ’ta boshlaydi. U o ’zining „D ehqonlarni halok etuvchi qaroqchilik to ’dalariga qarshi" degan asarida knyazlarga isyonchilam i „B o ’g ’ish lozim “. deb maslahat beradi. „Q o’zg ’olon k o ’targan kishidan zaharliroq, zararliroq, M artin Lyuter (Martin Luther, 1483-1546) shaytonroq maxluq b o ’l-m asa kerak1', deb yozgan edi. ,,U, - deb davom etadi Lyuter, - quturgan itga o ’xshaydi, quturganni esa o ’Idirish lozim." Xristianlarni yarashtirish g ’oyasi uchun Lyuter xalq- ni sotsial qullikka mahkum etishga, o ’z erki uchun kurashish huquqiga qarshi chiqishiga rozi. Shunga qaram ay, Lyutem ing xiz- matlari shubhasizdir. U Rim Papasiga qarshi jam oatchilik fikrini u yg’ot- di, G erm aniyaning katolik cherkovi azobidan qutula olishiga yordam berdi. Erazm, R oyxlinlar singari u xalqni turli dogm atik tasavvurlarga tanqidiy yondoshishga o ’rgatdi. Bu o ’rta asr sharoitida, cherkovcha fikrlashga emas, toat-ibodatga undab turgan bir paytda jud a katta progressiv aham iyatga ega edi. Lyuter nemis adabiyoti tarixida ham katta o 'rin tutadi. Uning yozuvchilik, tarjim onlik, q o ’shiqchilik faoliyati bunga misoldir. Ayniqsa uning “Injil” tarjimoni sifatidagi xizmati buyukdir. Lyu tem ing e ’tiroftcha, bu tarjimasi “Saksoniya idora tili”ning gram- matik normalarini asos qilib olgan b o ’lib, bu sheva nemis jam iyati keng tabaqalari orasida tarqalgan edi. Shu bilan birga Lyuter tarjim asidagi “ Injil” leksik sos- taviga k o ’ra, chinakam xalq kitobi edi. L ug’ati boy jonli xalq tili im koniyatlaridan keng foydalan- gan edi. O ’z til reform asi bilan Lyuter german adabiy tiliga asos solgan edi. U tarjima qilgan “Injil” G erm aniyaning barcha chekkalarida o ’qilar, xalq dilida yagona til haqidagi tushunchani tarbiyalar. bu esa millatning birlashuviga xizmat qilar edi. Lyuter didaktik janrda asarlar yaratdi. Ezopga taqlidan “Ezopona m asallar” yaratdi( 1530). Uning sher va 32 eshak haqidagi allegorik hikoyasida aytilishicha, har ikki jo n iv o r taxtga d a’vogarlik qilib, aqllilik va epchillikda bellashadilar. Eshak g ’olib chiqadi. L yuter hokim tabaqalarning eshaknam o nodonligi haqida hech ikkilanmay yozadi. “Shunday qilib, Eshak qirol b o ’lib qoldi, uning ajdodi hozirgi kunda ham barcha hayvonlar ustidan hokim ” . Lyuter ko’plab diniy q o ’shiqlar muallifi ham dir. U nem is tiliga psalm alarni tarjim a qilib qolmay, o 'z ta ’limoti prinsiplarini ham him oya qildi. Lyuter pozitsiyasi em otsional, nem is xalqining R eform atsiya davridagi ruhiy k o ’tarinkiligini o ’ziga singdirgan optim izm bilan sug’orilgan. Uning “Parvardigor - kuchli m adadkor” nom li q o ’shiqning matn va ohangini ijod qildi. 1524-yili G erm aniyada m illat tarixining yirik voqealaridan biri dehqonlar urushi boshlandi. TOM AS M YUN SER (1540- 1525) D ehqonlar om m asining e ’tirof etilgan dohiysi va mafkurachisi Tom as M yunser edi. U o ’zining ijtim oiy-siyosiy program m asida dehqonlar dem okratiyasi talablaridan ancha ilgarilab ketgan edi. XVI asrda G erm aniyada T.M yunser g'oyalarini hayotga tadbiq etuvchi va g'alab ag a eltuvchi kurashni boshqaradigan sinf m avjud em as edi. O ’zi ruhoniy b o ’lgan T. M yunser “yerda xudoning jan natin i” yaratishga boshqalam i undar edi. U olijanob m aqsadlarga xizm at qilishni ruhoniylikning chinakam irodasi, deb bilgan edi. Uning ta ’Iimotiga ko’ra, inson ruhi turli - tum an diniy aqidalar sirtm og’idangina emas, sotsial va siyosiy zulm dan ham ozod b o ’lishi kerak. Bu m asalada u L yuter bilan kelisha olmas edi. Yerda “xudoning jannatini yaratish” mulkdorlikni, sinfiy tengsizlikni yo'qotm ay turib m um kin emas, deb hisoblaredi u. M yunser shaxsiy mulkni tan olm as, m ehnatkash xalqqa tegishli bo ’lgan siyosiy tuzum uchun kurashar edi. U Lyuterni insonni o ’z erkidan, o ’z taqdirini o ’zi belgilash huquqidan mahrum etib, dinni 33 ezuvchilar xizm aliga berih q o ’yganlikda aybladi. “D unyodagi eng yom on narsa,- deb yozadi M yunser,- bechora kam bag’alga hech kim yordam q o ’lini ch o ’zm aydi, kuchlilar nim a xohlasalar shuni q ilad ilar... ular barcha jonivorlam i o 'z m ulklariga aylantirib olganlar. Suvdagi baliqlar, osm ondagi qushlar, zamindagi o'sim liklam ing ham m asi ularning ixtiyorida. Shu sababli ular kam bag’allar orasida “o ’grilik qilm a - xudoning irodasi shu” , deb aytadilar-u, o ’zlari bunga amal qilm aydilar. Shunday qilib ular barchani qisib-qim tiydilar - kam bag’al dehqon va hunarm andlarni talaydilar. Oddiy xalq arzim as narsani olguday b o ’lsa, buning uchun uni osadilar, doktor Lyugner (aldoqchi Lyuter dem oqchi) bo’lsa, ularga fatvo beradi. M yunser tolmas siyosiy tadqiqotchi bo'lib, isyon g'oyalarini diniy form ada, “InjiF’dan keltirilgan m isollarga suyangan holda xalq qalbiga singdirar edi. Buning uchun u cherkov kat'edrasidan foydalanar, knyazlam ing ta ’qib qilishiga qaram ay uning m a’ruzalarini tinglashga k o ’plab kishilar to ’planar edilar. M yunser ularning qalbida ezuvchilarga nisbatan nafrat uy g 'o tar va kurashga tayyorlar edi. 1524-yili iyunda dehqonlar urushi boshlanib, bir yil m obaynida G erm aniyaning katta territoriyasiga yoyildi. Isyonchi dehqonlar qahram onona jang qildilar. M yunser bu paytda M yunxauzenda b o ’lib, bu yerda isyonchilar 1525-yil m artida hokim iyatni o ’z q o ’llariga oladilar va M yunser rahbarligida kom m una tuzadilar. Lekin kuchlam ing teng em asligi Frankenxauzen yaqinidagi jangd a M yunser otryadlarining m ag ’lubiyatiga sabab b o ’ladi. O ’zi raqiblari tom onidan tutilib, turli qiynoqlarga duchor qilinadi va 1525-m ayida o ’ldiriladi. D ehqonlar urushi voqealari feodal tuzum iga qarshi zarba bo ’ldi. Buni aks ettirgan katta adabiyot paydo b o ’ldi. Revolutsion lagerda tarqatilgan varaqalar q o ’ldan-qo’lga o ’tdi, nom alam i sayyohlar boshqa joylarga ham tarqatdilar. Bitiklarning ham m asi jonli nem is tilida yozib olinganligidan xalq orasiga tez yetib borar, k o ’pchilikning m ulkiga aylanar edi. Eng om m aviy janr qo ’shiq bo'lib, u kurashga ilhom lantirar, kishilarni jangg a chorlar edi. 6. B Y U R G E R L IK A D A BIY O T I 1. “A hm oqlar” satirasi 2. Sebastian Brant va byurgerlik satirasi 3. Hans Saks va uning “Ishyoqm aslar” satirasi 4. U yg’onish davri va xalq kitoblari M avzuga doir tayanch s o ’z va iboralar: m aysterzinger (m eistersinger), m aysterzang (m eistersang), sotsial paratizm , festnaxshpiel (festnachspiel), Til Oylenshpigel (Till Euienspiegel), shildburger (Schildburger), Doktor Faust afsonalari. G erm aniyada uyg’onish davrida o ’z dunyoqarashi bilan byurgerlarga yaqin b o ’lgan yozuvchilar ijodi rivoj topdi. Bu asarlarga didaktizm muhri bosilgan b o ’lib, satirik yo ’nalishga ega edi. Ularda feodal jam iyatning turli kam chiliklari aks ettirilar, voqeilikning haqqoniy tasviri jon- lantirilar edi. B yurgerlik adabiyoti reform atsiya harakatida faol qat- , i nashdi. (II.Saks. T .M um er va b.). Byurgerlik satirasining boshlov- chilaridan biri nemis gumanisti Sebastian Brant b o ’lib, uning hayoti haqida juda kam m a’lum ot saqlanib “ qolgan. Lekin u keng bilimli, lotin tili va Rim m ualliflari asarlarini ". yaxshi bilgan ijodkor sifatida shuhrat qozongan. U 90-yillarda Bazel , , jc , (Shvetsariya) universitetida professor Sebastian Brant (1457-1521) lavozim ida va Strasburg shahri kotibi m artabasida xizmat qilgan. LJ “Ahm oqlar kem asi” (Das Narrenschiff, 1494) satirasi bilan m ashhur bo'lib, bu asarda turli yosh, kasbkor, va tabaqa vakillarining qiyofasini fosh etadi. “Ahm oqlar kem asi” o ’nlab axloqiy hikoyalam i o ’zida mujassam lashtirgan she'rlardan iborat b o ’lib, jonli nemis tilida vozilganligi bilan xarakterlidir. Brant m azkur asarida Germ aniyadagi barcha tentaklam i bir kem aga joylashtiradi. Bir joyda to ’plangan “nodon xalq” N arrenstadtga - 35 Tentagiston o ’lkasiga y o ’l oladi. N odonlar kem a qayoqqa suzayotganini va halokatga uchrashi hech gap em asligini ham bilishm aydi. Brant fikricha, o ’zining ko ’p sonli illatlaridan qutulish im koniga ega b o ’lm agan m am lakat halokatga uchrashi m uqarrar. Q utqarilishning vagona y o ’li - jam iyatni axloqiy illatlardan forig ’ etishga qobil b o ’lgan chinakam fandir. S.Brant um um xalq e ’tiboriga turli xil tentaklam ing butun boshli galereyasini tavsiya etadi. Bularning ichida turli kitoblam i yig ’uvchi, am mo hech qachon o ’qim aydigan bibliofillar, sharlatan- vrachlar, m aqtanchoqlar, xalqning ishonuvchanligini suiiste’mol qiluvchi astrolog-m unajjim lar o ’z nodonliklarini boshqalarga yuq- tiruvchi olim lar va boshqalar bor. S.B rant satirik an ’analarining iste’dodli davom chisi Tom as M um er b o ’lib, uning asarlari sotsial o ’tkirligi bilan ajralib turadi. “N odonlar la ’nati” va “Qam chi sexi” M um em ing eng yaxshi satirik asarlaridir. T .M um er m azkur asarlarida o ’z g ’azabi kuchini o ’zi zam ondosh b o ’lgan jam iyatning sotsial yaralariga qaratadi. B a’zi cherkov xizm atidagilam ing axloqiy tubanligi, yuqori m artabali cherkov am aldorlarining cherkov m ansablarini pullashlari va boshqa chirkinliklam i nafrat bilan bayon etadi, ulam i ochko’z b o ’rilarga o ’xshatadi. H ANS SAK S (1494-1576) Hans Saks u y g ’onish davri nemis byurgerligining yirik shoiridir. U o ’rta asr Germ aniyasining eng ravnaq topgan shaharlaridan biri Nyurenberg shahrida tu g ’ilgan. Shoir ju d a k o ’p fanlar bo ’yicha saboq oldi. K eyinchalik kosib- likka o ’rgana boshladi. Saksda badiiy ijodga qiziqish ju d a erta boshlandi. U yoshligidayoq m aysterzingerlar ijodining asoslari bilan tanishadi. M aysterzang - kosiblar san’ati bo ’lib, hayot bilan cham barchas bo g’liqdir. M aystersingerlar o ’z davralariga fa- qat kosiblar tabaqasigagina m ansub 36 kishilam i kiritganlar. Saksning ijodi haqqoniy hayotiy voqealarga boy. Uning asarlarida real hayot o ’zining m ohiyati sotsial qarama- qarshiliklari bilan nam oyon bo'ladi. “Raqsdagi shayton” q o ’shig’ida didaktizm elem enlari kuchli b o ’Isa ham, uning asosiy qim m ati hayot haqiqatiga yaqin detallarda fosh etuvchilik kuchiga ega b o ’lgan. D o'zaxni tark etgan shayton yerda, xoliroq joyda о/, b o ’lsa ham dam olishga qaror qiladi. Qarasaki, bu yerda ham tinchlik yo ’q. U paydo b o ’lgan q al’ada m ayxo’rlik, am aldorga sajda qilish, xoinlik va boshqalar avjida. Saks bu asari bilan o ’quvchini feodal tuzum ga tanqidiy m unosabatda b o 'lish ga tayyorlaydi. O ’z hisobiga k o ’ra Saks m aysterzang uslubida 4000 dan ortiq q o ’shiq bitgan. Lekin m uallif ularni o ’z to ’plam lariga kiritm agan. Aftidan u bu q o ’shiqlam i o ’z ijodiy merosining sara qismi, deb hisoblam agan b o ’lsa kerak. G erm aniyada reform atsiya boshlanganda Saks j u r ’at bilan Lyutem i q o ’llab chiqdi. Lyuterning Papaga, katolik cherkoviga qarshi chiqishini Saks bulbulning sayrashiga qiyoslaydi va kunni ulug ’lab, tunning tam om b o ’iganligini yozadi. Bulbul kuyi shem i(Papani), zaharli ilonlam i (m onaxlar), ochko’z b o ’rilam i (k o’p sonli poplar to ’dasi) g ’azabga keltiradi. Saks Lyuter ta ’lim otining g ’olib kelishiga ishonadi. Saksning sevgan janrlaridan biri shvanklar edi. Turli-tum an mav- zudagi uyg’onish davri byurgerlik hayotining chinakam ensiklopediyasi b o ’lgan bu asarlarda byurgerlik turm ush-tarzi, er va xotin, ota-ona va bolalar, x o ’jayin va xizm atkorlar, usta va shogirdlar m unosabatlari o ’z ifodasini topgan. Saksning shvanklari bir xil sxem ada qurilgan b o ’lib, dastlab yozuvchini bezovta qilgan hodisa bayon etiladi, so ’ngra ibratom uz baho beriladi. M asalan: yctti ayol buloq b o ’yida to ’planib, o ’z erlari ustidan shikoyat qila boshlaydilar. Birining eri xotiniga sodiq emas, ikkinchism ing eri xasis, uchunchisiniki - dangasa, to ’rtinchisiniki esa aroqxo’r va hokazo. Saks ularning g ’azabini q o ’llab-quvvatlam aydi, ularga xayrixoh emas, bunday qilish, alangalangan alam zadaliklariga kerosin sepish bilan barobar bo ’lar edi. Ayollarni diqqat bilan tinglab, shu zahotiyoq erkaklarga so ’z beradi. Erkaklarning ham o ’z jufti- halollari haqida o ’z gaplari bor. Saks tarbiyaviy tadbirlam i tavsiya etadi. Saks ijodida eng keng tarqalgan mavzu ishyoqm aslikni fosh etishdir. “Ishyoqm aslar m am lakati” satirasi shunday asarlardandir. Bu asarda 37 m a’m urlikdagi o ’lka tasvirlanib, bu o ’lkada m ehnat qilish shart emas. uylar piroglardan qilingan, tom lari chalpaklar bilan yopilgan, sosiskalar bilan o'ralgan, k o ’chalarida qovurilgan tovuqlar va g ’ozlar yurishadi. Bu m am lakatda eng ishyoqm as kishi m ukofotga sazovordir. M chnatsevarlikning o bro’si bir chaqa. Saks o ’z asarida hukm ron sinflam ing sotsial paratizm iga bolta urib. mehnat ahlini sharaflaydi. Hems Saks dram aturg sifatida ham m ashhur edi. U k o ’plab festnaxshpiel1 asarlarining m uallifidir. O 'zinin g eng yaxshi shvank va festnaxspiellarida hayotni haqqoniy tasvirlaydi. "Jannatdagi shogird” asarida dehqoncha nodonlik, soddalik satiraga olinadi. Shogirdning nayrangiga laqqa tushgan dehqon ayol dunyodan ko'z yum gan erining u dunyoda m uhtojlik ko'rmasin, deb topgan-tutganini shogirdiga tutqazib yuboradi. U o ’ziga kelganda shogird juftakni rostlab qolgan edi. XALQ K ITO BLARI Ilk bora uyg’onish davrida om m aviy dem okratik kitobxonga m o ’ljallangan (muallifi nom a'lum ) adabiyot paydo b o ’la boshlaydi. Bu adabiyotni turli attorlik mollari bilan shahar va qishloq- larni kezgan baqqollar tarqatar edilar. Xalq adabiyoti ja n r va g ’oyaviy tem atik jihatidan rang-barang b o ’lib, ular ichida hayvonot dunyosi haqidagi hikoyatlar, shvank, ballada va q o ’shiqlar mavjud edi. B ular ichida xalq ijodkorligining nam unalari b o ’lgan “Til O ylenshpiegel”, “Shildburgerlar”, “D oktor Yohan Faust voqeasi” kabi asarlar e ’tiborga loyiqdir. Til Oylenshpigel haqidagi hikoyalar aftidan ilk bora XVI asrdan boshlab yaratila boshlagan. O ylenshpigel real m avjud shaxs b o ’lib, o ’z nuqtadonligi, o ’tkir so’zligi bilan m ashhur b o ’lgan. Keyinchalik xalq o g ’zaki ijodidagi barcha o ’tkir zehnlilik, tagdor luqm alar, xalq xotirasida m uhrlanib qolgan dom shm andliklar shu qahram on nom i bilan bog’liq holda q o ’llaniladigan b o ’ldi. 1 3-4 personaj qatnashadigan dialogli muloqot 38 Shunday qilib yig ’ma obraz - poplar, dvoryanlar, savdogarlar. barcha o 'z baxtini xalq badbaxtligi evaziga yaratuvchi kishilar ustidan kuluvchi quvnoq dehqon yigit Oylenshpigel obrazi paydo b o ’lgan. 1515-yili yuqori nemis dialektida “Til Oylenshpigel g ’aroyibotlari haqida kitob" e ’lon qilinib, o 'rta asr hazil-m utoyibalari, sotsial protestantlarning shvanklarda o ’z ifodasini topgan shum liklari, dem okratik adabiyotda uchraydigan xalq orzu armonlarini ifodalovchi ibratli hikoyatlar Til nom idan hikoya qilinadi. Uning siym osida xalq quvnoqligi, hazilga moyilligi, haq ishning g ’alabasiga ishonch o ’z ifodasini topgan. Quvnoq yum oristik tarzda yozilgan “Shildburgerlar” (Shild shahri fuqarolari) kitobi voqeilikning qamrovi “Til O ylenshpigel” ga nisbatan kengroq. Bu kitobda hikoya qilinishicha, shildliklar o 'z zukkoliklari bilan nom chiqarganliklaridan ularni turli davlatlarga m aslahatchilik lavozim iga taklif etar edilar. N atijada Shildning o ’zida hayot izdan chiqa boshlaydi. Erlarining jahongashtaligidan to ’ygan ayollar isyon k o ’taradilar va erlari o ’z yurtlarini tark etm aslik y o ’lini qidirib, “zukkolikdan nodonlik yordam ida qutulish” chorasini topadilar. U lar o ’zlarini jinnilikka soladilar. N odonlik nayranglarining chegarasi yo ’q. Shild fuqarolari ratusha quradilar-u, deraza qurishni unutadilar. O 'z xatolarini tuzatish m aqsadida u yerga qoplarda va chelaklarda yorug’lik tashiydilar. Bu, tabiiyki, ratushani yoritm aydi. Keyin ular im perator ijozati bilan tuz ekishga qaror qiladilar. D evorda o ’stirgan o ’t- o ’lanlarini yedirish uchun m ollam i tepaga ko ’taradilar. M ushukdan qutulish uchun u yashaydigan om borxonaga o ’t q o ’yadilar. Y ong’in natijasida butun qishloq yonib ketadi. Shild fuqarolari esa butun dunyoga tarqalib ketishga mahkutn bo ’ladilar. Shunday qilib, nodonlik shildburgerlam i qutqarm aydi, aksincha ular badbaxtligining m anbai b o ’ladi. Doktor Faust haqidagi kitob esa, o ’z jiddiyligi, m azm unining dram atizm ga boyligi bilan ajralib turadi. Bu asam ing bosh qahram oni - tirishqoq, o ’tkir tafakkur sohibi, cherkov dogm asi va sxolastikasi zanjirini uzishga intiluvchan shaxs, haqiqiy bilimni baholovchi, hayotning barcha gunohlari, quvonchlari va m akrlari bilan sevuvchi inson. Faust tarixiy shaxs b o ’lib, u XVI asrning birinchi yarm ida yashagan, m ohir shifokor, sehrgar, lekin k o ’proq xalq ishonchidan ustalik bilan foydalanuvchi sharlatan. Xalq Faustga ham Til singari turli-tum an m o ’jizalam i yopishtiravergan. Natijada Faust - o ’z qiziqishini qondirish, 39 dunyo sir-asroridan voqif b o ’lish evaziga qaibini shaytonga sotgan afsonaviy qahram on paydo b o ’lgan. 1587-yili M ayndagi Frankfurtda Yohan Shpis m atbaasida “D oktor Yohan Faust haqidagi afsona” kitobi chop etiladi. Kitobning muallifi no m a’lum. Kitob uch qism dan iborat b o ’lib, dastlabki ikki qism ida Faust M efistofel yordam ida o ’zining bilim ga chanqoqligini qondiradi. Koinot bilan tanishadi. Qanotli ajdarholarga minib sayyoralarga sayr etadi, turli m am lakatlarga sayohat qiladi. Kitobning uchinchi qismi jonliligi bilan aham iyatga m olikdir. Faust bu yerda o 'ta sehrli m o ’jizako r sifatida nam oyon bo’lgan. Im perator V ning xohishiga ko’ra, u Iskandam ing (A leksandr M akedonskiy) va uning xotinining arvohini chaqiradi. Bundan tashqari Faust m o’jizak or ishlarni am alga oshiradi - ritsarga kiyik shohini yopishtirib q o ’yadi, dehqonning pichanini arava-yu oti bilan yeb q o ’yadi, graf ayoliga qahraton qishda yangi pishgan m evalar taqdim qiladi, to g ’ ch o ’qqisida q a l’a bunyod etadi va hokazo. Nikoh udum lariga amal qilmay, g o ’zal Yelenani o ’z ixtiyoriga oladi, u unga Yust ismli o ’g 'il tu g 'ib beradi. V a'dasining ustidan chiqish daqiqalari yaqinlashganda kitob qahram oni jur'atsizlik qiladi. O'zi qilgan barcha gunohlar uchun tavba qilib xristianlik bilan yarashish fikrini aks ettirgan nutq bilan talaba d o ’stlariga m urojaat etadi: Nodon kishilar jam iyati meni shayton aqldan ozdirgani singari sizni y o ’ldan urishga y o ’l q o ’ym ang. Tirishqoqlik va ixlos bilan cherkovga borishni kanda qilm ang, shaytonga hay bermang. Xristga b o ’lgan im oningiz va xudoga ibodatingiz bilan shaytonga qarshi kurashing”, deydi. Kitobxonlarni Faust o ’z tavbasi bilan em as, ham m a narsani bilishga b o ’lgan intilishi fan va sh e’r vositasida barcha narsani egallashga b o ’lgan ishtiyoqi bilan band etadi. Va shu taxlit u jahon adabiyotiga, aynisqsa G yotening o ’lmas tragediyasiga olib kirildi. (M ario, Lessing, Klinger, va boshqalar.) U yg’onish davridagi xalq ijodi, hikoya, epik asarlar bilangina em as, lirik janrlarning yaratilishi bilan ham xarakterlidir. Bunday asarlarda xursandchilik va qay g ’u kunlaridagi xalq qalbi xalq ongining k o ’zgusi sifatida nam oyon b o ’ladi. Bular og ’izdan o g ’izga k o 'c h ib o ’tib yuradigan qo ’shiqlardir. Bu q o ’shiqlarda kelajak haqidagi orzular, baxtli kunlam ing kelishi nivatlari m ujassam lashtirilgan. 40 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling