Nemis adabiyoti tarixi to sh k en t m u m to z so
YOHAN KRISTOF FRIYDRIX SHILLER
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- (die R duber
- (K abale und Liebe)
- (P re sid en t von W alter)
- “G retsiya tangrilari"
- (H einrich H eine
- (finch d e r L ieder
- (H a rzreise)
11. YOHAN KRISTOF FRIYDRIX SHILLER (JohannC hristoph F riedrich Schiller, 1759- 1805) 1. Talabalik ilhom lari 2. “Q aroqchilar”, “M akr va m uhabbat” m uallifning ilk dram alari sifatida 3. Fridrix Shiller dram alari O ’zbekistonda Buyuk nemis shoiri va dramaturgi F.Shiller Vyurtem berg gersogligining M arbax shahrida harbiy feldsher oilasida dunyoga keldi. M a’rifatparvarlik davrida G erm aniya G yote nufuziga m unosib sof dram aturgiya iste’dodini ham yetishtirib berdi. Bu Yohann K ristof Friydrix Shiller edi. Shillem ing ota-ona tom ondan bobolari novvoylar b o ’lishgan. Lekin otasi ibodat- xona sartaroshidan jarrohlikni o ’rganib olib, yoshligini harbiy yurishlarda feldsher sifatida xizm at qilish bilan 88 o ’tkazadi. Keyin, Vyurtem berg gersogligida istiqom at qilib, harbiy xizmatni davom ettiradi, kapitan unvoni darajasigacha ko’tariladi, so’ng bog’dorchilik bilan shug’ulladi, ko’chatxona boshqaruvchisi qilib tayinlanadi. B o’lajak shoirning ota-onalari 1773-yili 14 yoshli Shillem i o 'zi xohlam asa ham keyinchalik akadem iyaga aylantirilgan harbiy bilim yurtiga o ’qishga beradilar. Bu dargohda zobitlar, shifokorlar va yuristlar tayyorlanar edi. Talabalari “qullar pitom nigi” deb nom bergan m azkur akadem iyada qo'pol ta ’lim usuli hukm surar, tarbiyalanuvchilar esa kazarm ada ayovsiz tayoq intizomi sharoitida yashar edilar. Karl Yevgeniy o'quvchilardan o ’zlarini uning bolalari deb atashlarini talab etardi. Keyinchalik, Shiller “K eksa gazanda” deb atagan bu kishi G erm aniya uchun buyuk m a’rifatparvar dram aturgni yetishtirish uchun qancha k o ’p ish qilib berganini xayoliga ham keltirm agan edi. "Buzrukvor va ustoz”ning qam chisi ostida o ’tgan yillar Shillerda zulm istibdodga qarshi cheksiz qahr-g’azab o ’tini alangalatib boradi. Shu qahr-gazab va adolat, haqiqatga bo ’lgan e ’tiqod uning ijodi uchun ilhom manbai b o ’lib xizm at qiladi. “Zamon muhiti Friydrix Shiller vujudini qam rab oladi, u bu m uhitga qarshi kurashdi, yengildi, yana shu on jangga tashlandi; u zamon tug’ini olg ’a eltdi; bu o ’sha Reyn ortida, uning ostida turib kurashganlar q o ’lidagi tu g ’ edi; biz har qachongidek bu tug’ uchun eng toza qonim izni to ’kishga shaymiz, - deya ta ’kidlagan edi Haynrix Hayne, - Shiller ulug' inqilobiy g ’oyalar deya ijod qildi, hokim fikr istehkom ini buzib tashladi, erkinlik koshonasini qurishda qatnashadi; bu shunday ulug’vor koshonaki, u ham m a xalqlarni o ’z quchog’iga olajak yagona qardoshlik jam o asid ir.... Dastlab Shiller yuridik, keyinchalik tibbiyot bo’lim larida o ’qigan b o ’lsa ham uni k o ’proq adabiyot, tarix, falsafa ilmi qiziqtirar edi. O ’quv yurti rahbarlarining xavfli g ’oyalar ta’siridan tarbiyalanuvchilarni muhofaza qilish haqidagi urinishlariga qaramay. Shiller fransuz va ingliz m a’rifatparvarlari asarlariga qiziqadi, ayniqsa J.R usso asarlarini berilib o ’qiydi. Jum ladan, Russoga bag’ishlangan she’rida shunday yozadi: Fransiya sha’niga shu voqelikka O g ’ir ta ’na b o ’lib yuksalding tikka Russo sag’anasi, senga egdim bosh! B unda tinch orom ol, tilsiz donishm and. 89 M azkur she’rda lirik qahram on “olam da osoyish izlaganini”, lekin harchand topolm aganini yozadi: Tinm adi olam da o ’chlar, yonishlar Zulm atda mahv o ’ldi necha donishlar Jallodlar qolm adi deym izm i bugun?! Jaholat tang'idi Suqrot qullarin. Russoni o ’ldirdi bid’at qullari - Barin odam etm ak bo'lgani uchun. (O.M atjon tarjim asi) M ana yosh Shillerning o ’zi zam ondosh b o ’lgan davrga bahosi. Lessing va Klopshtok asarlari, G yotenning ilk ijodi uning e ’tiborini jalb qiladi. Shekspir dram aturgiyasi, Plutarxning buyuk antik qahram onlar hayoti bilan oshno qiluvchi asarlari o ’sha davr yoshlari kabi Shillerni ham rom etgan edi. A kadem iya dargohida Shillerning adabiy isde’dodi nam oyon b o ’la boshladi. 1776-yili uning “O qshom ” degan she'ri e'lo n qilinadi, shu yerda u o ’zining qasoskorlik dramasi “Q a ro q ch ilar’ni (die R duber ) pinhona yoza boshlaydi. Bu asar keyinchalik M anhaym teatrida katta m uvaffaqiyat qozondi. 1780 yili Shiller akadem iyani tam om laydi. Keyinchalik talabalik yillarini xotirlab shunday yozgan edi: “Men hayotga g ’amgin, rutubatli yoshlikni, shafqatsiz tarbiyani boshim dan kechirib qadam q o 'yg anm an ” . A kadem iyadan so ’ng polk tabibi qilib (1 IS D t X tayinlangan Shillcrda hali ham erk va mustaqillik ____ _ * y o ’q edi. Har qadam da Karl Yevgcniyning a a v e t i . despotizm ini his qilar edi. Shillerning adabiy ishqibozligi gertsogga yoqm as, uning erkin fikrlashiga y o ’l berm aslikka intilar edi. Hattoki daram aturg o ’z “Q a ro q ch ilaf’ining prem yerasida ham qatnashish uchun gertsogdan ruxsat olishi kerak edi. Shoir M anhaym ga beso’roq borganligi uchun hibsga olingan va jazolangan edi. Gertsog ta’qibidan qutulish niyatida yozuvchi 1782 yili V yurtenberg gertsogligidan qochib ketadi va do'stlari uni o ’z panohlariga oladilar. Shunday qilib uning qiyin darbadarlik va qashshoqlikdagi uzluksiz adabiyot y o ’llari boshlanadi. U shu yili “G enudiyada Fiesko fitnasi” 90 asarini, keyinchalik dastlab “Luiza M iller” deb atalgan “M akr va m uhabbat” (K abale und Liebe) dramasini bitiradi. Yosh Shillem ing estetik qarashalari uning teatrga b o 'lgan qiziqishida o ’z ifodasini topdi. U “Hozirgi zamon nem is teatri haqida”, “Teatr, axloqiy m uassasa sifatida” kabi asarlarida shtyurm erlik kayfiyati va g ’oyalarini aks ettirgan. Shiller bu nazariy ishlarda feodal dunyo illatlariga qaratilgan jangovor dolzarb san’at tarafdori sifatida nam oyon b o ’ladi. Buni am alga oshirish uchun u dram aturglardan oddiylik, tabiiylik va haqiqatni talab qiladi. Shiller xalqni m a’rifatparvarlik ideallari ruhida tarbiyalovchi teatr tarafdori. Uning fikricha teatr sotsial illatlarni fosh etadi. M inglab e ’tiborsiz qoldirilgan illatlarni teatr jazolaydi, sahna odil sud o g ’ziga mum solib aytishni lozim k o ’rm agan voqealam i fosh etadi. Shillerning ilk dram asi bo ’lmish “Q aroqchilar” uning akadem iyaning so ’nggi kursida tahsil olayotgan davrida yaratila boshlagan b o ’lsa, 1781 yilda yozilib tugallangan. Dram a “B o'ron va hujum ” g ’oyalari ruhida yozilgan b o ’lib, unda isyonkorlik va antifeodal xarakter yorqin ifodalangan. Uning “Zolim larga o ’lim ” deb bitilgan epigrafi asar g ’oyaviy y o ’nalishini aks ettiradi. Shiller “Q aroqchilar” asarini A kadem iyada yoza boshlagan edi. T ayyor sahnalarni tunlari d o ’stlariga o ’qib berar edi. D o’stlarining saviyasi b a ’zi obrazlarda o ’z ifodasini topgan. 1781-yili Shiller chegaradan o ’tib q o ’shni Manhaym gertsogligiga borib, u yerdagi teatr jam oasiga asarini sahnalashtirishni taklif etadi. 1782-yilning yanvarida o ’tgan prem yera Shillem ing ajoyib g ’alabasi b o ’ldi. H ayajonga tushgan tom oshabinlar xursandchilikdan yer tepinib qarsak chalishar, bir-birlarini quchib o ’pishar edi. Hech kim tanim aydigan Shiller esa spektaklning oxirigacha bir chetda tom osha qilib, so 'n g Shtutgartga j o ’nashga m ajbur edi. Oradan bir oz vaqt o ’tgach, spektaklning ikkinchi k o ’rigi bo ’ladi, lekin vahim aga tushgan Shiller kelishga ju r ’at etolm aydi. Busiz ham taqdir tasodifi o ’z ishini k o ’rsatadi. O ’zboshim chalik bilan chetga chiqish va ta'qiqlangan sohaga q o ’l urishlikda ayblab. gertsog uni avaxtaga tashlavdi. Unga tibbiy askarlardan tashqari badiiy ijodga q o ’l urish m an etiladi. Shiller “keksa gazanda” dunyodan o ’tm aguncha yurtiga qaytm aslikka ahd qilib, yana yashirin tarzda chegaradan o ’tib ketadi. M anhaym da qochoqni gum onsirab kutib oladilar. A vaxtada yozila boshlagan “Fiyesko fitnasi” ham da “M akr va m uhabbat” (ilk nomi 91 “Luisa M iller”) asarlari Karl Yevgeniy Shillem i ta ’qib etishdan voz kechgani aniq b o ’lgandan keyingina sahna yuzini k o ’radi. Prem yeralar ketm a-ket o ’tkaziladi: 1784 yilning 11 yanvarida “Fiyesko fitnasi” o ’rtacha m uvaffaqiyat bilan, shu yilning 15- aprelida “M akr va m uhabbat” shov-shuvli m uvaffaqiyat bilan ko'rsatiladi. “M akr va m uhabbat”ning dovrug’i teatr direktorini vahim aga solib q o ’yadi. Shiller M anhaym ni tark etishga m ajbur b o ’ladi. Friydrix Shiller dram anavislik faoliyatining ilk davri shu bahonada uzilib qoladi. Ushbu uch asarni nem is dram aturgiyasida unutila boshlagan j o ’shqin yoshlik his-ehtiroslari birlashtirib turadi. 70-yillarning oxirida ham m a “B o 'ro n va xujum ” davri o ’tdi, endi bu ruhdagi asarlar taom ildan qoldi, deb o ’ylagan edi. N em is adabiyotining baxti akadem iyaning chor dcvori ichidan chiqqan qishloq o ’spirinining bundan bexabar qolganida edi. “B o ’ron va xujum ” ruhi Shillem ing ilk pyesalarida turlicha tarzda nam oyon b o ’lgan. “Q aroqchilar”da bu ruh voqea davom ida m avjlanib turadi. “Fiyesko fitnasi”da esa shtyum erlar targ ’ib etgan tarixiylik ruhi ustuvordir. Bu pyesa chuqur tanqidiy tahlil asosiga qurilgan. “M akr va m uhabbat”da esa Shiller yana ehtiroslar m avjiga erk beradi. Lekin ehtiroslar lessingchasiga haqqoniy shart-sharoitlar, yorqin insoniy kechinm alar orqali zohir b o ’ladi. Shiller m a’rifatparvarlik realizm iga aynan shu asar bilan kirib keldi. Aslida, realizm ga intilish ,,Q aroqchilar“ dayoq k o ’ringan edi. Lekin m uallif uni „B o’ron va hujum “ ta ’siri ostida yozgan edi. A niqrog’i ,,Q aroqchilar“ realizm ga o ’tish davrining mahsuli edi. ,,Q aroqchilar“da XVIII asrdagi adabiyot va dram aturgiyada k o ’p tilga olingan voqea haqida so ’z boradi. Fildingning „Tom Jonson“, Farkerning „Egizaklar - raqiblar“, Sheridaning “G ’iybat m aktabi” asarlari ikki aka-uka to’qnashuvi asosiga qurilgan pyesalardir. Shiller asarida ham shunday to ’qnashuvga duch kelam iz. Lekin aka- ukalardan biri - riyokor Frans yaqinlarining ishonchida b o ’lsa, uning akasi j o ’shqin adolatpesha Karl esa ilk rom antizm qahram oni kabi inkor etilib, darbadarlikka m ahkum etilgan kishi. Fransning ig ’volari tufayli Karl otasining qarg’ishiga uchraydi va m erosdan mahrum b o ’lib. qaroqchiga aylanadi. U o ’z to ’dasi bilan birgalikda zolim lar boshiga dahshat soladi. Lekin boylik m azasiga o ’rgangan shovvozlar Karlga orqa qilib, kam bag’allam i ham talashga o ’tadilar. H alq rivoyatida saxiy qalb b o ’lib k o ’ringan hotam toy qaroqchi bu yerda hech qanday qonunni tan olm aydigan shtyum er, erkin shaxs nam unasi sifatida k o ’rinadi. A gar 92 m a’rifatparvarlik dram asida aka-uka orasidagi m ojaro oila doirasida boshlanib, shu yerda yakunini topgan b o ’lsa, Shiller bu mojaroni shekspirona usulda tahlil etadi. Bu yerda aka-uka orasidagi to ’qnashuv misoli „Qirol L ir“dagidek keng m iqyosda ko'zd an kechiriladi. Asar bosh qahram oni jasoratli isyonkor Karl M oor butun jam iyatga ochiq urush e ’lon qilgan qahram on sifatida gavdalanadi. Qaroqchilar to ’dasiga boshchilik qilgan Karl M oor zolim lar uchun dahshat urug’ini sepuvchi qaroqchilar to ’dasi tepasida turib u Bogem o ’rm oniga ketadi. Uning niyatlari olijanob, u qaroqchilikni sotsial nohaqlikka qarshi kurash usuli deb biladi. Shiller o ’z qahram onlari nom idan knyazlar va ularning m inistrlariga qarshi g ’azabli so’zlar aytadi. Shillergacha b o ’lgan nemis adabiyotida ham zolim larga qarshi ohanglar b o ’lsa-da, ular tarqoq va m avhum xarakter kasb etar, odatda nemis o ’tm ish faktlari orqali tahlil etilar edi. D ram aturg bu m uam m oni hozirgi zam on voqeligi m ateriallari asosida zolim likni sotsial illatni t as hu vch il ar-k o nkret shaxslar orqali, masalan, kirn k o ’p pora bersa, o 'shang a faxriy m ansab va m artabalam i pullovchi m aslahatchi inkvizitsiya am akla em asligidan “G ’amgin pop” va boshqalar orqali hal etar edi. L a’natlanganlar orasida m inistr ham tilga olinadi. Bu m inistr obrazi orqali zam ondoshlar G ersog V yurttem berg xizm atidagi graf M onm artenni darrov tanib oldilar. Karl M oor laganbardorlikni, m ansabdorga sajda qilishni k o ’rarga k o ’zi y o ’q. U qullik dunyosini rad etadi, uning xarobalarida u respublika barpo etm oqchi b o ’ladi: “M eni o ’zim ga o ’xshaganlar q o ’shiniga sarkarda qilib q o ’ysangiz bas, Germ aniyaning respublika bo'lishi muqarrar, uning oldida Rim va Sparta ayollar m onastiri b o ’lib k o ’rinsa ajabm as” . Lekin K.M oorning aniq siyosiy program m asi y o ’q, insoniyatning adolatli, ijtimoiy tuzum haqidagi tasavvurlari o ’ta mavhum. Qahram on pozitsiyasidagi bu ojizlik G erm aniyaning o ’sha paytdagi siyosiy qoloqligi bilan izohlanadi. Karl tezda o ’zi tanlagan y o ’lining xatoligiga ishonch hosil qiladi. Uning gruppasidagi ayrim a’zolar qaroqchilikning samarasizligi haqidagi xulosaga kelgan Karl o ’zini o ’zi hokim lar q o ’liga topshiradi. Karlning ukasi Frans akasining ziddi. U feodal dunyoning illat va qabihliklarini o ’zida m ujassam lashtiruvchi obraz. Unda yurak y o ’q, insonlar iztiroblariga nisbatan loqayd. Unga vijdon va axloqiy prinsiplar begona. 93 M eros dardida u akasiga tuhm at qilishdan ham, otasini tiriklay ko'm ishdan ham tortinmaydi. U o ’z q o ’l ostidagilarga shafqatsiz m uom alada b o ’ladi. Insoniylik yuzasidan brans M oor yovuz va jinoyatchi bir kimsa. Lekin feodal jam iyati nuqtai nazaridan u shunchaki, o 'z huquqini am alga oshirayotgan kishi b o ’lib k o ’rinadi. Demak, jinoyatkorona jam iyat tartibotini yo ’q qilmay turib, insoniylikni ro’yobga chiqarish m um kin em as. “Q aroqchilar” asarining tub m ohiyati isyonga d a’vat etish, kuch vositasida adolat qonunini o ’rnatishdan iboratdir. A sam ing ikkinchi nashri titul varag’iga “Zolim larga qarshi!” degan jangovor shiom ing bitilishi bejiz emas. Inqilob m avzui Shiller ijodida keng o ’rin olgan. “Vilhelm T ell” (1804) bevosita shu m avzuga b ag ’ishlangan asar. Uning deyarli butun mazm uni m a’lum darajada inqilob bilan bog ’liq. Lekin ,,Q aroqchilar“ faqat inqilob haqidagi fikr o ’ylam i em as, inqilobiy harakat ruhini ham o ’zida gavdalantirgan. Tarixda k o ’p m arta bu pyesaning nomi inqilobiy teatr afishalarini bezagan. 1789-1793 yillar davri Fransuz tomo- shabinlari Shiller nomini aynan „Q aroqchilar" asari orqali tanidilar. Konventning 1792 yil 21 avgust qarori bilan Shillerga Fransuz respublikasining Faxriy fuqarosi degan unvon beriladi. Bu farm onda uning nomi „o’z ijodi va m ardligi bilan xalqlar ozodligini ta’min etgan kishilar qatorida turadi va shu bois u Fransiya uchun begona em as“ degan so’zlar yozilgan edi. O ’zbek teatri G ’arbiy Y evropa drama- turgiyasiga aynan Shillerning „M akr va m uhabbat“, „Q aroqchilar“ asarlari bilan kirib kelgan. U o ’zining bu razilona ishlarini shu qadar sovuqqonlik va bam aylixotirlik bilan bajaradiki. hatto uning qiyofasida zarracha achinish alom ati sezilm aydi. Dram aturg Fransning ijtim oiy xulq- atvorini shunchalik ochib berganki, uning o ’z otasini oyog’i bilan taxtdan tepib tushirib, ustidan qah-qah urib kulgani na o ’quvchining, na tom oshabinning xotirasidan k o ’tariladi. Shiller “M akr va m uhabbat” fojeasini “Fiyesko fitnasi” tarixiy dram asi sohasidagi tajribadan so’ng yozdi. A sarda zamonaviy voqea, zam onaviy ijtimoiy muhit yaratgan insoniy siym olar chizilgan. Bu tragediyaning siyosiy ahamiyati benihoya kattadir. Unda feodal jab r - zulm i aniq tarzda k o ’rsatilgan. Yuqori m artabalar jinoyat bilan q o ’lga kiritiladi, odam ning qadri pashshacha ham em as, u tutilib sarbozlikka haydalishi, o ’zgalam ing saodati deya jan gg a kiritilishi 94 mumkin. Bu dunyoda kuchlilar uchun qonun y o ’q. Zulm va zo ’rlik odatiy narsa b o ’lib qoladi. Insoniy his-tuyg’ularning qadri qolm agan. M azkur asar 1921 -yilda “N am una” teatr truppasi tom onidan ilk bora Toshkenda sahnalashtirildi. “M akr va m uhabbat” dram aturgning boshqa asarlariga badiiy mukam m alligi bilan yaqin b o ’lsa ham, g ’oyaviy mazmuni jihatdan k o ’p o ’zbek pyesalariga o ’xshab ketadi. U nda adolatsizlik, ijtim oiy tengsizlik qattiq qoralanadi. Shiller tragediyasi sahifalaridan feodal zulm dunyosiga b o ’lgan nafrat yaqqol sezilib turadi. Tanqidchilar bu asar haqida “ilk nem is siyosiy tendensioz dram asi” deb bejiz aytm aganlar. “M akr va m uhabbat” tragediyasining asosiy konflikti ijtim oiy-sinfiy xarakterning yorqin ifodalanganligidandir. Ikki dunyo - boylar va y o ’qsillar dunyosi bu asarda o ’zaro qaram a-qarshi q o ’yilgan. O qsuyaklar lageriga, garchi sahnada k o ’rsatilm asa ham, fitnayu- nayranglarda ishtiroki sezilib turadigan Gertsog ham kiradi. U o ’z nafsini qondirish niyatida qaram og’idagi yetti ming kishini Am erikaga sotib yuboradi, bir necha kishi bu aktga norozilik bildirganda esa, ularni o ’sha zahotiyoq otib tashlashni buyuradu. Prezident Ion V alter (P re sid en t von W alter) ham gertsogdan qolishm aydi. U o ’z o ’tm ishdoshini o ’ldirish evaziga hokim iyatni q o ’lga kiritgan. O ’z xizm at mavqeini m ustahkam lash niyatida u har qanday jinoyat qilishdan ham jirkanm aydi. Saroy ahlining jinoyat va tuban m akkorliklari kom ik figura, vaysaqi va g ’iybatchi, o ’ta q o ’rqoq H of M arshal fon Kalb, shuningdek, prezident kotibi ayyor va nayrangboz Vurm tim solida yorqin aks ettirilgan. Bu obrazlam ing qiyofalari m uallifning ularga bergan nom laridan ham ravshan (Vurm - chuvalchang, Kalb - buzoq degan m a’noda). Shiller qahram onlari orasida Luizaning otasi musiqachi M iller o ’z ijtim oiy haqqoniyligi va kechinm alarining ishonarliligi bilan ajralib turadi. M iller o ’z m ehnati bilan kun k o ’ruvchi o ’rta hoi tabaqaning vakili. U o ’z oilasi bilan kim dandir ortiq, kim dandir kam yashab yursa bas. Qizi Luizaga o ’ta mehribon, uning quvonchiga ham, tashvishiga ham sherik bo’lib yashaydi. Lekin M illem ing qarashlari istibdodga qarshi kurashish darajasida takomil topgan emas. Am m o Shiller qariyaning bu jihatini qoralam aydi. B unnga qariya aybdor emas, hayot taqozosi shudir. Shunday to ’pori odam ham jabr- zulmdan faryod chekib, norozilik bildirarkan, demak, bu hayotning 95 qanchalik qabohatli ekanini yana ham ishonarliroq k o ’rsatishga olib keladi. M iller obrazi Shillem ing yirik yutug’i b o ’ldi. M a’rifatparvarlik odatda jabr-zulm ning tashqi tom oni haqida so’z yuritar edilar. Shiller jam iyat iskanjasida halovatini y o'qotib kalovlanib qolgan jonsarak kishi obrazini yaratgan edi. Luizaning ham fojeasi shundadir. Luiza tabiatan erksevar va jud a ziyrak qiz. A gar Lessingning qahram oni. G yote aytm oqchi, o ’z nomusi, iffati evaziga zulm va zo ’rlikka qarshilik k o ’rsatgan b o ’lsa, Luiza bu nuqtadan ancha olg ’a siljishga shay qiz tarzida ko’rinadi. Lekin Luiza ham siquv ostida qolgan, siyosiy ongi takom il topm agan tabaqaning vakilasi. M iller qaysidir o 'rin d a bebosh prezident fon V altem i uyidan haydab chiqarishga chog’lanadi, lekin oxirigacha ju r ’at etolm aydi, sababi, fon V alterlarsiz yashash m um kinligini tasavvur etolm aydi. Luiza shu otaning qizi-da. U Ferdinand bilan qochib ketishga ko ’nm aydi, buni u “otani va udum lam i oyoq osti qilish” deb o ’ylaydi. O qsuyaklar dunyosiga muzikachi M iller oilasi qaram a-qarshi qo ’yilgan. Oila boshlig’i M iller diyonatli, sof vijdonli kishi, insoniy qadrni baland tutuvchi shaxs. Q iziga prezidentning o 'g ’li k o ’ngil q o ’ygani unga m a’qul emas. U bu “m uhabbat izhori” yaxshilikka olib borishiga ko ’zi yetm aydi. M iller m oslashuvchanlik va laganbardorlikka um um an qarshi. Prezident V alter m uzikachining xonadonida o ’zini o ’z uyidagidek bemalol tutib, andishasizlik qilganda uni uydan chiqarib yuborishdan ham ch o ’chim aydi. “Davlat, m ahkam a ishlarida nim a xohlasangiz ixtiyoringiz.-u, bu yerda men x o ’jayinm an, q o ’rs va beadab m ehmonni uyim dan quvib solsam g ’azablanm ang” , - deydi u. Ferdinand garchi oqsuyaklar m uhitidan chiqqan, aslzodalar ta ’limini olgan bo ’lsa ham , u adolatparvar. U bu m uhitning iehidan chiriganiga ishonch hosil qilishga ulgurgan. U o ’zi m ansub tabaqadan butunlay aloqasini uzishga qaror qilgan. “M ening olijanoblik va hayot haqidagi tushunchalarim sizlarnikidan farq qiladi, - deydi u otasiga, - siz farovonlikka doim o birovni qurbon qilish evaziga erishasiz ”. U odam lam ing zotiga, oqsuyakligiga qarab emas, balki axloqiy va aqliy fazilatlariga qarab baholaydi. Fredinand oddiy nemis muzikachisi M illem ing g o ’zal va dono qizi Luizani sevib qoladi. U garchi o ’z niyatiga erisha olmagan b o ’lsa ham, servgisi uchun astoydil kurashadi. Shiller Ferdinand obrazi orqali m uallif qarashlarini, G erm aniyaning ilg’or kishilari dunyoqarashini ifodalagan. 96 Luiza ham yangi davr kishisi. U turli bid ’at va aqidalardan yuqori tura oladigan, insoniy qadr-qim m atni baland tutadigan qiz. Lekin u sotsial passivlik to ’sig’ini xatlab o'tishdan ojiz. Sevishgan ikki qalb tengsizlik, jabr-zulm ga duch kelib, oxiri adolatsizlik, boylik, zo’ravonlik va m akkorlik hukm surgan jam iyatda halok b o ’Iadilar. Ammo ikki yosh saroyning m artaba va nayrang ishqibozlari ustidan m a’naviy ustun keladilar. F.Shillerning “Q aroqchilar” va “M akr va m uhabbat” asarlari o ’zbekchaga tarjim a qilinishi va sahnalashtirilishi bilan adabiy jam oatchilik va m atbuot tom onidan qizg’in kutib olingan. “Qizil bayroq” gazetasi 1921 yil 18 dekabr sonida M annon U yg’ur haqida: “M akr va m uhabbat”dagi m uzikachi M iller rolini shunday talant va tem peram ent bilan ijro etdiki, o ’zbek artistlaridan birortasida ham shu vaqtgacha bu hoi sezilm agan edi, deb yozgan b o ’lsa, Abror H idoyatovning ijrochiligi haqida fikr yuritib “ ... endilikda buyuk talantga ega bo’lgan, shunday artist bilan faxrlanish va baxtiyor b o ’lish m um kin” deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, Shiller asari tom oshabinga m a’naviy va estetik zavq bag'ishlash bilan birga san’atkorlam ing iste’dodi va m ahoratining ochilishi uchun omil bo ’lganligi chin. 1787-yiIda yozilgan “Don Karlos” dramasi XVI asr ispan tarixi materiallari asosida yaratilgandir. Tragediyada Filip II hukmronlik qilgan davr voqealari ifodalangan b o ’lib, bu vaqtda Ispaniyada feodal katolik reaksiyasi kuchayganligi, inkivizitsiya muhim aham iyat kasb etganligi bilan xarakterlidir. Shillerning yangi tipdagi qahram oni M arkiz Poza b o ’lib, erk uchun, adolat uchun kurashchi. U Ispaniyaga erksevar niderland xalqiga Filip II zulm idan qutulishiga k o ’mak bcrish istagida keladi. U bir vaqtlar qalbiga insonparvarlik va ja- surlik urug’ini sepgan ispan taxtining vorisi D on Karlosni niderlandlarga k o ’m ak berish uchun j o ’nashga k o ’ndiradi. Karlos d o ’stining taklifini qabul qiladi va otasiga uni 97 N iderlandiyaga j o ’natishini o ’tinadi. Lekin Filip bu iltimosni o 'z ic h a tushunib, o ’g ’liga ishonm ay, bu vazifani yovuz gertsog A lbaga yuklaydi. U q o 'z g ’olonni ayovsiz bostirishi lozim. Poza - tipik m a’rifatparvar. U o ’z um idlarini q o ’zg’olonga emas, m a’rifat va islohotga qaratadi. Shu y o ’sin u Filipga ham o ’z ta ’sirini o ’tkazm oqehi b o ’ladi. Lekin Pozaning intilishlari m avjud ijtim oiy tuzum sharoitida am alga oshishi mushkul. Filipga qarshi q o ’zg ’olonga tayyorlanish jarayonida Poza halok bo'ladi, Karlos N iderlandiyaga pinhona qochm oqchi bo’lganida qirol qo ’liga tushadi. Shillerning shtyurm erlik g ’oyalaridan chekinishi estetik prinsiplarni qayta k o ’rib chiqishi bilan izohlanadi. Endi uni Don Karlos singari yuksak g ’oyali yorqin shaxslar qiziqtira boshlaydi. U lar tim solida m uallif xalq va m am lakat xaloskorlarini ko’radi. D ram a uslubi ham o ’zgaradi. Endi Shiller proza bilan emas, balki she’riy yo ’lda o ’z qahram onlarini so’zlatadi. Shillerning 1789-1794 yillardagi fransus burjua revolyutsiyasi voqealariga m unosabati m urakkab va ziddiyatli edi. Dastlab u inqilobni qutladi. 1792 yili Fransiya ta ’sis m ajlisining unga erk kurashchisi sifatida Fransiyaning faxriy fuqarosi deb e ’lon qilinganligidan faxrlangan b o ’lsa, keyinchalik Shiller revolyutsion terrom ing zaruratini anglam ay, revolyutsiyaga qarshi chiqdi. Lekin buyuk voqealar shoirni dunyoqarash va ijoddagi bir qator m asalalarga yangicha baho berishga m ajbur etdi. Xuddi shunday muhim m asalalardan biri - xalqning roli, uning tarixga, vatan taqdiriga ta ’siri m asalasi edi. Shiller dram aturgiyasidan yakka isyonkor obrazi sekin-asta tushib, xalq mavzusi barqarorlik kasb eta boshlaydi. Shiller erksevar ijodkor sifatida ozodlikka erishishning yo ’li- inqilobiy y o ’l, deb tushunm aydi. U jam iyat illatlariga zo’ravonlik metodlarini q o ’llamay erishish yo ’llarini qidiradi. Shiller 90-yillar boshlarida asosan falsafiy va estetik m uam m olar bilan band bo ’ldi. A yniqsa u Kant falsafasiga katta qiziqish bilan qaradi, uning g ’oyalari shoir ijodiga sezilarli ta ’sir k o ’rsatdi. Shillerning muhim nazariy ishi “Insonni estetik tarbiyalash haqidagi m aktublar” b o ’lib, bu dasturiy asarda m uallif estetik m asalalar bilan shug’ullanibgina qolm ay, m uhim ijrimoiy m uam m olarga javob berishga ham intiladi. Jam iyatni qayta qurish va o ’zgartirish y o ’llarini qidirdi. U ningcha insoniyatni qayta tarbiyalash zarur. Jam iyatni qayta qurishning ha! qiluvchi vositasi estetik tarbiyadir, deb hisoblaydi muallif. O dam lam i g o ’zallik vositasi bilan tarbiyalash m um kin. 48 “O zodlik sari y o ’l go ’/.allik orqali o ’tadi” - deydi u o ’z asarida. Shillem ing “G ’alati va sentim ental she’riyat haqida” nom li asari uning estetik kam olot yo ’lidagi m uhim qadamdir. Bu asarda Shiller ilk bora estetik m uam m oni jam iyat rivoji bilan aloqadorlikda tushunturishga harakat qildi. LI insoniyat tarixining turli davrlarida paydo b o ’lgan ikki xil poeziyani “g ’alati” va “sentim ental” she’riyatni farqlaydi. Biriga antik davr xarakterli b o ’lsa, ikkinchisiga zam onaviylik xos. Shiller ko’proq antik davr she’riyatiga moyil edi. A ntik adabiyotga qiziqish Shillem ing ko'plab asarlarida jum ladan “G retsiya tangrilari" she’rida o 'z ifodasini topgan. Shoir ideallashtirilgan antik dunyoning halokati q ayg’uli satrlariga joylangan. O ’zi zam ondosh b o ’lgan voqelik shoirga badbashara, xunuk, g o ’zallikdan m ahrum bo ’lib k o ’rinadi. 90- yillam ing ikkinchi yarm ida ruhiy inqiroz (tanazzul)lar tufayli, yangi idcallar izlash ilinjida uzoq tanaffusdan so ’ng Shiller yana ijodga qaytadi. Gertsog xizm atida b o ’lish o ’zi qatori oilasining ham erkini boy berish degan gap edi. Shiller o ’n to ’rt yoshga kirganda, o ’sha paytda endigina tashkil topgan “Karl akadem iyasi”ning huquqshunoslik b o ’lim iga m ajburan o ’qishga kiritiladi. Bu o ’quv yurtini gertsog Karl Yevgeniy q o ’shni Tyubingen shahar dorilfununiga qiyosan tashkil etgan edi. Gertsog dorilfununning ko ’ngilsizlik m akoni ekanini yaxshi bilardi. Shu bois u dorilfununni harbiy akadem iya (tabiiyki, o ’sha davr tushunchasidagi akadem iya) m aqom ida tuzadi. A kadem iyada o ’m atilgan tartib o ’quv yurtini emas, qamoqxonani eslatardi. Talabalar hatto ota-onalari bilan ham nazoratchining kuzatuvida uchrashishlari mumkin edi. Shiller huquqshunoslik b o ’limida k o ’ngildagidek o ’qiy olmaydi. Tibbiy b o ’lim ochilgach, shu b o ’lim ga o ’tib ketadi va uni tugatgandan keyin, polk shifokori etib tayinlanadi. Shiller “Q aroqchilar”da o ’tm ishga b o ’lgan nafratni ifodalashdan boshladi. Bu yerda u m aktabdan qochib b o ’za ichib. jazavada Yupiter qoshida oynalam i sindirgan kichik bahodirga o ’x sh ard i....” Shiller oxirigacha Karl M oor tom onida turm aydi. Balki uni qoralaydi, o ’zini qonun hukm iga topshirishga m ajbur etadi. Karl o ’z davri qonunlariga b o ’ysunishga m ajbur b o ’ladi. Q aroqchilar to ’dasi Karl oldidagina burchdor bo'lm ay, Karl ham to ’da oldida burchdor edi. Bu bosqinchi, kazzoblar to'dasig a Karlga xos b o ’lgan olijanoblik 99 tuyg’ulari m utlaqo y o td ir... Karl adolatni qaror toptirishni qanchalik istam asin, kishilar oldida jinoyatga tortilgan b o ’lib chiqadi. “M akr va m uhabbat” Lessingning “Em ilya G alotti”si singari m ustabid hokim iyatning insonning shaxsiy qism atiga aralashuvi, shaxs huquqining oyoq osti qilinishi haqidagi asardir. Bosh qahram on Luiza M iller Lessingning Em ilya Galottisi ta ’sirida yaratilgan obraz. Lekin G erm aniyada bir o ’n yillikning o ’zida m a ’rifatparvarlik realizm i hayratlanarli va shiddatli darajada taraqqiy etadi. “M akr va m uhabbat” Shillerning “M ariya Styuart”iga qadar yozilgan pyesalari orasida eng haqqoniy va ijtim oiy yutug ’idir. Luiza Em ilyaga qaraganda m a’naviy jihatdan ancha boy va o ’ziga m ustaqil qiz. Em ilyadan farqli ravishda u pokiza his tu y g ’ularini ro ’yobga chiqarish uchun kurashadi, azob chekadi. Ayni paytda Luiza ham, boshqa qahram onlar ham m a’lum m uhitning m ahsuli va taqdirlari shu m uhitga b o g ’liq kishilardir. Luizaning sevgilisi Ferdinand esa erkin tabaqaning vakili, fon V altem ing o 'g ’li. Gap yangi m a’no kasb etgan erkinlik haqida borm oqda. Ferdinand kishilam ing shunday yangi b o ’g ’iniga m ansubki, u R ussoning ta ’biri bilan aytganda, o ’zaro tenglik , sevgi-sadoat g ’oyalarini tasdiq etishga qodir sh ax sd ir.... Ferdinand m a’rifatparvarlik dram asining boshqa qahram onlariga qaraganda ijtim oiy qabohat nim a ekanini chuqurroq his etadi va yovuzlikka qarshi m ardonovor kurash boshlaydi. U chekinish, ikkilanish nim aligini bilm aydigan qahram on. Lekin shu bilan birga, Shiller m avjud hayotiy borliqdan chekinm aydi, sevgi m ojarosini g ’oyibdan “keluvchi baxt” tarzida chizm aydi. Ikki oshiq-m a’shuqning hayotga qarashlari turlichadir. Luizaning xatti-harakati vaqti kelib, Ferdinand uchun um um an tushunarsiz b o ’lib qoladi. Luiza nega qochishdan bosh tortdi? Ferdinand buning sababini tushunishga qodir emas. Ana shu o ’zaro m ojaro va tushunm ovchilik har ikkala oshiq-m a’shuqni o ’lim ga olib keladi. Ferdinand o ’zining hayot-m am oti deb bilgan Luizasiga ishonm ay q o ’yadi va natijada unga o ’limdan boshqa chora qolmaydi. Shekspim ing “O tello” tragediyasida fikm ing k o ’lam dorligi natijasida rashk fojeasi axloq fojeasiga, aldangan ishonch fojeasiga aylanib ketadi. Shillerning asarida esa “oilaviy fojea” ijtim oiy m a’no k o ’lam dorligi sam arasi o ’laroq, ijtim oiy fojea darajasiga k o ’tariladi. Shu bilan birga, Ferdinand ijtim oiy m anfaat y o ’lida em as, balki, o ’z baxt-saodati deya kurashadi. Uning noroziligi yovuz kim salarga qaratilgan norozilikdir. too Q ahram onlar pokiza axloq deya o ’zlarini jabr-zulm tig ’iga uradilar; ularning vijdon va axloq pokligi y o ’lidagi kurashlari kishilam i erkparvarlik ruhida tarbiya etib boradi. Lekin 80-yillarga kelib, bu usul o 'rn in i yovuzlikka qarshi ochiqdan-ochiq kurashish shakli egallaydi. “M akr va m uhabbaf'dan so’ng yozilgan “Don Karlos” asarida shunday ruh o ’z ifodasini topgandir. Pyesada taxt m erosxo’ri don Karlosning o ’z o ’gay onasi, ispan qiroli Filipp II ning yosh xotiniga b o ’lgan baxtsiz m uhabbati haqida hikoya qilingan. Pyesa Bastiliyani q o ’zg ’olonchilar egallashidan ikki yil avval, 1787 yili tam om lanadi. Shundan keyin pyesaga ancha o ’zgartirishlar kiritiladi: undan m asalan, N iderlandiyaning ispan bosqiniga qarshi kurashi m avzusi o ’rin olgan. Don Karlos va Yelizaveta butun kuch va e ’tiborlarini N iderlandiyaga yordam berishga qaratadilar va shu bahonada o ’zaro sevgilarini ham unutadilar. “Don Karlos” yuksak darajada haqqoniy asar sifatida qabul qilinadi. “Q aroqchilar”ning jasurona g ’oyasidan qoyil qoldim , “Fiyesko” hayratlanarli, lekin shunday salohiyat sohibining oddiylik va tabiiylikka yaqinlashuviga doirao shubha qilib kelardim. Lekin bizning “Karlos” shubham ning asossiz ekanini k o ’rsatdi” , - deb yozdi Shillerga G erm aniyaning ulkan aktyori Shreder. M azkur pyesada m arkiz Poza rom antik qahram on sifatida paydo b o ’ladi. Shiller qahram onlari k o ’pineha “g ’oya jare h i”lari b o ’lib kelganlar. Ana shu jih at m arkiz Pozada boshqa qahram onlarga qaraganda yana ham quyuqroq aks etgan. U Shillerning X VIII asrdan XVI asrga, Filipp II saroyiga jo'riatilgan shaxsiy vakili yanglig’ zohir b o ’ladi. M arkiz Poza - ilk m a’rifatparvarlik g ’oyalarining ifodaehisidir. Lekin b a ’zan bu g ’oyalar yangichasiga, ulug’ Fransuz inqilobiga ham ohang tarzda karom atli g ’oyalar tarzida jaranglaydi. M a’lumki, inqilobning birinchi davrida m onarxiyani ag ’darib tashlash m asalasi q o ’vilgan emas. M a’rifatparvarlar xalq tashvishini chekadigan m ehr-shafqatli qirol g ’oyasini olg ’a surganlar. M arkiz Poza (inqilobning dastlabki notiqlari ehaqiriqlariga m onand tarzda) yakka taxt sohibi m a’qul, negaki, u o ’z taxtida o ’tirib, olam rivojini o ’z qonuni b o ’yicha boshqarib turadi, deb hisoblaydi. “O dam larga erk bering, ey olam panoh, ular so ’zlarini erkin ayta olsinlar”, deydi u qirolga qarata. Lekin shu bilan birga Poza ag’dar-to’ntar o ’zgarishlar qilish tarafdori emas. U zo ’ravonlik bilan ozodlikka erishib b o ’lmaydi, ozodlik hadya etilishi lozim ham da "inson o ’zini o ’zi topishi kerak” degan fikrga boradi. 101 Shunday ikkiyoqlam ahk fojianing tizim ida ham sezilib turadi. A sarning birinchi nusxasiga asao qilib olingan “oilaviy fojea” keyin kiritilgan siyosiy m usohaba yo'nalishi bilan uncha b o ’glanm ay qolgan. Shiller “Don K arlos” asarini 1787 yili V aym arga kelgandan keyin yozib tugatadi. Shiller qolgan umri kechgan shu shaharda Gyote bilan yonm a-yon yashab, to ’rt yil davom ida nazm va nasr sohasida ijod qiladi, tarixni qunt bilan o ’rganadi, so 'n g yana dram aturgiyaga qaytadi. Shiller Buyuk Fransuz inqilobi haqidagi xabarni shu yerda eshitadi. Shillerga berilgan Fransuz respublikasining Faxriy fuqarosi degan unvon yorlig’i 1798-yili shu shaharga keltirilib, unga topshiriladi. Lekin Shiller bu davrda Fransuz inqilobining raqibiga aylangan edi. Inqilobning q atag’onga aylanib ketishi Gyote singari Shillem ing ham hafsalasini pir qilgan edi. Shiller m utafakkir va san’atkor sifatida o ’z iste’dodini yana ham keng nam oyon eta boshlaydi. Uning asarlaridan rom antik qahram onlar chiqib ketm aydi. Bu asarlarda xalq obrazi paydo bo ’ladi, lekin bu “Fiesko”, "Don Karlos” asarlaridagiga o ’xshash olom on em as; bu turli davrda turlicha fazilatli insoniy siym olar birligidan iborat xalq edi. 12. HAYNRIX HAYNE (H einrich H eine, 1797-1856) 1. Hayne: Rad etilgan sevgi iztiroblari - Q o ’shiqlar kitobi. Hayne lirikasi 2. “G erm aniya qish ertagi” poem asi Kristiyan Yohann Hayne XIX asr nemis adabiyotining yirik nam oyan- dasi, rom antizm ining g ’ayratli vakili va faol targ ’ibotchisi hisoblanadi. Haynrix Hayne 1797-yilning 13- dekabrida o ’rtahol savdogar oilasida, shimoliy Reyndagi V estfaliya yer- larining bosh shahri Dyusseldorfda dunyoga keldi. “D yusseldorf shahri shu darajada go’zalki, u haqda undan ayro tushganingda o ’ylasang, uning ustiga o ’sha shaharga kindik qoning 102 to ’kilgan bo'Isa, o ’zingda g ’urur va iftixor hissini tuyasan. M en shu shaharda tu g ’ilganman va u yerga doim o uyga borgim kelaveradi. Uyga deganim da B olkernschtrasse va m en tu g ’ilgan uy yodim ga kelaveradi” deb yozgan edi, H .H ayne “Le G rand” kitobida. U kundalik nemis tilini lirika tiliga aylantirgan feleton va y o ’l ocherklarini san’at janri darajasiga ko’targan ijodkordir. Birorta boshqa nemis shoiri boshqa lillarga Hayneehalik k o ’p o ’girilgan emas. Tanqidehi, siyosiy yetuk jum alist, essenavis, satirik va shuningdek, bahsga moyil san’atkor sifatida undan ham m a hayratga tushar. ham ch o ’ehir edilar. Haynrix Hayne oiladagi to ’rt farzandning to ’n g ’ichi b o ’lib, singlisi Sharlotta ukalari Gustav, M aksim illianlar bilan savdogar Samson va uning rafiqasi Betti xonadonida voyaga yetganlar. Ukalaridan Gustav V enada noshirlik qilgan b o ’lsa, M aksim ilian Sankt-Peterburgda shifokorlik bilan shug’illangan. 1803-yildan boshlab Harri (uni bolalikda shunday atashgan) X. Rintelzon xususiy m aktabiga qatnaydi. 1807-yildan D yusseldorf litseyining tayyorlov sinfida, 1810-1814- yillarda o ’qishini litseyda davom ettiradi. U oila an'analarini davom ettirish niyatida savdogarlik kasbini egallash uchun savdo m aktabiga o ’qishga kiradi. 1811-yilda Napoleonning Dyusseldorfni ishg’ol qilishi, bu zam inda qator taraqqiyparvar qonunlam ing joriy etilishi, yahudiylarning huquqlarini yahudiy b o ’lm aganlar bilan tenglashtirishi 13 yoshli Hayne va u voyaga yetgan oila a’zolarida ayricha taassurot qoldirdi. 1816-yilda uni badavlat bankir amakisi Solomon Hayne huzuriga ish o ’rganish uchun yuboradiiar. Shuni ta’kidlash joizki, Haynening am akisi sh e’riyatdan ancha yiroq b o ’lishiga qaram asdan shoir jiyanini to um rining oxirigacha, ya’ni 1844-yilgacha m oddiy jihatdan q o ’llab- quvatlab turgan. Haynrix Hayne 1815-yildan boshlab m untazam tarzda litseyda o ’qib yurgan kezlaridayoq eng sevimli m ashg’ulotiga aylangan sh e’r m ashqi bilan shug’ullana boshlaydi. Haynrix H ayneda pul m uom alasi bilan band bo’lishga na mayl, na iqtidor borligini bilm agan amaki uni nihoyat ro ’mol d o ’koniga ishga tayinlaydi. T ezda Harri Hayne & Co. tanazzulga (bankrotga) yuz tutadi, uning h o ’jay ini butun borlig’i bilan she’r m ashqiga sho ’n g ’ib ketadi. Bu sh e’riar asosan uning am akisi Solom on Haynening qizi A m aliyaga bo’lgan javobsiz sevgisining mahsuli edi. Shoim ing rad etilgan sevgi istiroblari ilk she’riy m ajmuasi “Q o ’shiqlar kitobi” 103 (finch d e r L ieder, I927)da o ’z ifodasini Йf сI>с v topgan. Solom on Hayne xonadonidagi sovuq m unosabal shoirga bu dargohni tark etish va biror o ’qishning etagidan tutis'n zarurligini belgilab bcrdi. Garchi Haynrix Hayne huquqshunoslikka unchalik mayli b o ’lm asa ham ota-ona o ’gitiga ko’ra. 1819-yili Bonn universitetining huquq-shunoslik fakultetiga o ’qishga kiradi. M azkur oliy o ’quv yurtida huquqshunoslik bo ’yicha birgina m a'ruza ..... .....—............ ;■ .«■■ ■ ». tinglagan Hayne boshqa ta'lim y o ’nalishini ixtiyor qiladi. 1819-1820- o ’quv yilining qishki sem estrida Avgust Vilhelm Shlegel tom onidan o ’qilgan nem is tili va she’riyati tarixi haqidagi m a’ruzalarni berilib tingladi. Rom antizm y o ’nalishi asoschilaridan biri bo ’lgan Shlegel m a’ruzalari yosh H ayneda katta taassurot qoldirdi. U 1820-yilda Gyottingen universitetida, 1821-yildan esa Berlin universitetida o ’qishni davom ettirdi. Tahsil chog’ida shoir m ashhur faylasuf va adabiyotshunoslam ing m a’ruzalarini tinglash, shahardagi adabiy to ’garak va davralarda m untazam b o ’lish im koniga ega bo ’ldi. H ayne hayotining Berlin davrida qator kitoblar muallif! sifatida tanildi. 1822-yilda uning she’rlar to ’plam i, 1823-yilda D yum ler nashriyotida uning tragediyalari - ,,A lm anzor“, „V ilyam R adklif" va „Lirik Tntermetso“ she’rlar kitobi chop etiladi. Bu asarlar adabiyot ixlosm andlari tom onidan yuksak baholandi. 1824-yilda H ayne huquqshunoslik doktori ilmiy darajasini olish uchun G yottingenga qaytadi va o 'z dissertatsiyasini yoqlaydi. Haynrix H ayne 1826-yilda o ’ziga dastlabki shuhrat keltirgan “Harts sayohati” (H a rzreise) asarini e ’lon qiladi. Xuddi shu yili H am burgdagi Hoffm ann va Kampe nashriyoti o ’z asariarini doim iy nashr etish huquqini berishga rozilik beradi. Shu yildan boshlab Yu. Kampe va H.H aynening ko ’p yillik ham korligi boshlanadi. 1827-yil oktyabrida chop etilgan “Q o ’shiqlar kitobi” lirik to ’plam i unga katta obro’ keltirdi va to ’plam hozirgi kunda ham she’rxonlarning sevim li kitobi hisoblanadi. M cning to ’kkan k o 'z yoshlarim dan U nar rangin anvoyi gullar. 104 “O h”lar urib, yig ’lashlarim ga Quloq solar tunda bulbullar. Erkam, meni sevsang joningdan, Gullarim ni hadya etardim. Bulbul kuyin darchang yonida - K uylab-kuylab tongni kutardim . Otashini sevar tongni va nilufarni, Ha, q izg ’in sevar edim gulni, oq kabutam i. N etayki, kabutarim q o ’lim dan uchdi-ketdi, Y o’q, ortiq sevolm aym an, u ayru tushdi ketdi. Am m o dilda saqlayman, hanuz o ’shal dilbam i, Tongni-yu qizil gulni, suvdagi nilufarni. (Xayriddin Saloh tarjim asi) Ushbu to ’plam va keyinroq yaratilgan sh e’rlarning rom antik, ko’p hollarda m ahzun ohangi kom pozitorlarni ham loqayd qoldirm agan. Robert Shumann H aynening ko’plab she’rlariga kuy bastalaganligi fikrim iz dalilidir. 1827-28-yillarda shoir ilk bora A ngliya va Italiyaga safar qildi va ijodkor taassurotlari 1827-31 -yillarda e ’lon qilingan asarlarida tasvirlandi. ‘'Shim oliy dengiz” nomli turkum she’rlari o ’sha safarlar natijasidir. “Le G rand” kitobi Fransuz im peratori N apoleon va Fransuz inqilobiga shoir munosabatini m ujassam lashtirgan “Q o ’shiqlar kitobi” mashaqqatli va m uvaffaqiyatsiz sevgi, o g ’ir ham da fojeali davr haqidagi she’riy hikoyadir. Yevropa o ’sha davrda qaror topgan tund reaktsiya, yuksak insoniy hissiyotlarga dushm anlik nazari bilan qarar edi. Kitobning dastlabki turkumi “Yoshlik iztiroblari” Haynening shoir sifatida shakllanishini, uning o ’z mavzu va shakllarini, shuningdek, badiiy ifoda y o ’llarini topish urinishlari desak, o ’rinli b o ’lar. O ’z poetik im koniyatlarini sinab ko’rmoqchi b o ’lgan shoir turli janrlarga - romans, q o ’shiq va ballada va boshqa she’r san’atlariga m urojaat etadi. Turkum javobsiz sevgining iztiroblarini ifodalovchi sh e’r bilan boshlanadi. U yg’onaman har kun tongi choq V a kutam an uni intizor O qshom esa ,,oh“ chekam an, oh. 105 K o’z tutganim kelmadi takror. U xlayolm as qalb ortiq h o rg ’in, Va o ’tkazar tunni shu k o ’yi, Hayol ichra g ’arq bo’lib so’lg ’in Tentiraym an butun kun bo'yi. (Xayriddin Saloh tarjim asi.) 1831-yil may oyining nihoyasida H ayne Fransiya poytaxti Parijga keladi. Hali shoir Parij uning hayoti bilan cham barchas bog’lanishini, Fransiya uning ikkinchi Vatani bo'lishidan bexabar edi. Hayne H aynening Fransiyada m uqim yashab qolishining obyektiv va subyektiv sabablari bor. H ayne zam onida buyuk m adaniyat m am lakati iqtidorli va m ehnatkash G erm aniya bilan bir qatorda, reaktsion Pruss Germ aniyasi ham bor ediki, unga qarshi shoir m urosasiz kurash olib borgan. Shoir Parijga kelishga, yangi joyda qaror topishga ulgurm asdanoq, o ’z noshiri K am pedan yaqinda chop etilgan “Y o ’l xotiralariga q o ’shim chalar” jildi Prussiyada ntusodara qilingani, pruss politsiyasi K valdorf “D voryanlik haqida" nomli risolasini chop etishni taqiqlanganligi haqidagi noxush xabarni eshitadi. O 'sh a yillarda nemis m uhojirligining yirik markazi bo’lgan Parijga ham pruss harbiy m ashinasining zahri shu tariqa kirib borgan edi. Garchi Hayne Fransiyada yashasa-da, G erm aniya haqida, uning adabiyoti haqida yozishdan bir zum to ’xtam adi. Hayne 1833-yil m artida vataniga yuborgan xatlaridan birida “Fransuzlam i G erm aniyaning m a'naviy dunyosi bilan oshno qilish uchun q o ’limdan kelgan barcha ishlarni qilam an”, - deb yozgan edi. Ana shu g ’oya bilan nafas olgan Hayne 1833-yiIda G erm aniyaning eng yangi adabiyotini “Adabiy Y evropa” alm anaxi sahifalarida, shuningdek, alohida kitob tarzida Parijda chop ettiradi. U 1836-yil boshida avval fransuz, keyin nem is tilida “R om antik m aktab” kitobini e ’lon qiladi. U o 'z kitobini G yote vafotidan so’ng nemis jam iyati oldida berilgan hisobot va ayni zam onda “yangi adabiyot dasturi" deb qaradi. “Rom antik m aktab” H aynega zam ondosh b o ’lgan nemis adabiy harakati haqida b o 'lish ig a qaram asdan uning badiiy ildizlari uzoq o 'rta asrlarga borib taqalishi - “N ibelunglar q o ’shig’i"dan, Valter fon der Fogelvaydening xalqona q o ’shiqlariyu, G .E.Lessingning nemis ada biyotini, klassisizm dogm alaridan xalos etishdagi roli, buyuk nemis m illiy shoiri, adibi, olimi Y .V .G yotening nemis adabiyotini yuqori 106 pog'onalarga k o ’tarishdagi m avqei haqida m ulohazalar bilan nurlantirilgan. H.H aynening qayd etilgan asarida “G erm aniyada din va falsafa cham barchas b og’liqligini M .Lyuter, G.E.Lessing, I.Kant kabi o ’tkir xarakterli ijodkorlar portretlari orqali ifodalangan. Uning navbatdagi yirik kitobi nem is publitsisti va adabiyotshunosi Lyudvig B em iyoga b ag ’ishlangan b o ’lib 1840-yilda dunyo yuzini k o ’rgan G ’ariblikda o ’tgan o ’n yil H.Hayneni peshqadam publitsist, tarixchi, ijtim oiy fikrni shakllantiruvchi adabiy tanqidchi va adabiyotshunos sifatida jam oatchilik e ’tiroliga sazovor qilgan. 1840-yillarda H .H ayne asosan, siyosiy satirik sifatida ijod qilayotgan paytlarda G erm aniya dem okratik harakatida m uayyan jonlanishlar yuzaga kelgan edi. H.Hayne o ’z satirasining o ’tkir tig ’i bilan nem is m illatchilari- tevtom anlam i nishonga oladi. Xuddi o ’sha yillari anchadan buyon o ’ylab yurgan poem asi “Germ aniya, qish ertagi” yozilgan b o ’lib, u H.Hayne siyosiy poeziyasining ch o ’qqisi hisoblanadi. Sarlavhaning ikkinchi qism i. "Qish ertagi” deb nom lanishi Germ aniyani reaktsiyaning qishqi qahratoniga duchor b o ’lganligiga ishora edi. Shoir o ’z asariga yo ’l kundaligi shaklini berib, vatanida k o ’rgan va qalbidan o ’tkazgan tuyg’ulam i 12-yillik vatandan ayrilish taassurotlari bilan om uxta qiladi. Yangi q o ’shiq, g o ’zal q o ’shiqni D o’stlar sizga etay arm ug’on. Yarataylik aziz zam inda Jannat havas qilguvchi b o ’ston. (Abdulla Sher tarjim asi) Poem a boshidan oxirigacha b o ’lajak katta o ’zgarishlar ruhi bilan sug’orilgan. H .H ayne istiqbol m anzarasini chizar ekan “O zodlik doyasi, bokira Yevropa bilan nikohdan o ’tajak onlar” uzoq em asligini, y a’ni Yevropadagi barcha elat va m illatlar ozodlik va d o ’stlik sari talpinadilar, deb ishonch bildirgan edi. Qirqinchi yillar boshlaridan boshlab Fransiyadan yozgan m aktublarida Hayne fuqarolar kayfiyati, m am lakatdagi o ’zgarishlar, inqilobiy to ’lqinlar haqida k o ’p fikirlar bayon etgan. Bu nom alar “Lyutetsiya” 107 nom i bilan (L y u tetsiy a P arijn in g q ad im g i nom i) alo h id a kitob shak lid a n ash r etilgan. H .H ayne u m rin in g eng so 'n g g i k u n larig aeh a y o zish d an to ’xtagan em as. S akkiz y illik b e d a v o falaj kasalligi uni to ’sh ak k a m ixlab q o ’ygan b o ’lsa ham , o 'z asosiy quroli -q a la m n i tark etm adi. 1856-yilning 17- fev ralid a uning y uragi uru sh d an to ’xtadi. Uni P arijdagi M o n m artr q a b risto n ig a dafn etdilar. U jism a n d u n y o d an o ’tgan b o ’lsa ham , u q o ld irg an m eros a s r la r o s h a y an g i-y an g i a v lo d lam i tarb iy alash g a, u larg a e stetik zav q b e rish g a xiz m a t q ilib k elm oqda. O ’z b ek isto n d a H .H ayne s h e ’rlari X X a sm in g b o sh larid a C h o ’lpon, 4 0 -y illard a O ybek, M irte m ir to m o n id an 7 0 -y illa rd a X .S alo h , k ey in ch alik A .S h er to m o n id an tarjim a q ilin g an va q a y ta -q a y ta ch o p etish dav o m etm oqda. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling