Nemis adabiyoti tarixi to sh k en t m u m to z so
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- (D e r sterben de Koton, 1744) “Parijdagi qonli to ’y” (D ie P a rise r
- 9. XVIII ASR NEMIS ADABIYOTI
- ( G otth old E phraim Lessing
- (Briefe, die neueste L iteratur betreffen
- (Laokoon 57 o d er die G renzen d e r M a lerei und Poe,sie
- Erz.ieh.ung d es M en schengeschlechts
730) asarida aks etgan. O ’z asarida Gottshed klassisizm estetikasining e ’tiqodli tarafdori va targ ’ibotchisi sifatida yozuvchilar uchun zaruriy shart, qoida va asosiy tam oyillarini belgilab beradi. Gottshed poetikasi q at’iy norm ativ xarakter kasb etgan b o ’lib, u bayon etgan qoidalar uning nazarida m e’yoriy m e’zonlar hisoblanib klassisizm n a’m unali m ualliflari asarlarida tekshirilgan. Gottshed ana shu norm alarga qat’iy am al qilishni talab qiladi. 53 Gottshed islohotlarining progressiv xarakteri, ayniqsa, til sohasida sezilarli b o ’ldi. Gottshed yagona adabiy tilni yaratishga, Germ aniya yerlaridagi til rang-barangligi g ’oviga chek q o ’yishga chaqirdi. Adabiy norm a sifatida yuqori Saksoniyaning o'qim ishli kishilar o g ’zaki nutqini taklif etdi. Gottshedning til sofligi. uni dialektizm lar, varvarizm lar idora-byurotik leksikadan tozalash haqidagi takliflari teatr va adabiyotni isloh etish ishlarining asosiy qismi hisoblanadi. U adabiyot va san’atning tarbiyaviy ta ’sirini kuchaytirish niyatida fuqorolik nafasini o ’zida m ujassam lashtirgan poeziya va dram aturgiyani targ ’ib etdi. Am m o G ottshed tarixiy, milliy, dem okratik an ’analam ing ahamiyatini tan olm aydi. U xalq teatrini ham m a’qullam aydi, uni q o ’pol va qovushm agan, deb hisoblaydi. Unga X.Saks, hatto V .Shekspir ham yoqmaydi. Bundan bir tom anlam a Fransuz klassisizim ining “nam unali” asarlarga y o ’naltirilgan G ottshedga nemis adabiyotining rivojlantirishda to ’g ’ri y o ’l topishga xalaqit berdi. Shu sababli 60-70 yillarda nemis m a’rifatparvarligiga rahnam olik qilgan G .E.Lessing Gottshedga nisbatan salbiy m unosabatda b o ’lgan. “O ’layotgan Koton ” (D e r sterben de Koton, 1744) “Parijdagi qonli to ’y” (D ie P a rise r B luthochzeit, 1744) va “A gis”(1745)ning muallifidir. Bu asarlar garchi klassisizm qonun qoidalari asosida yaratilgan b o ’lsa-da, ulardagi badiiy m ahorat uncha baland emas. Shunga qaram ay “O ’layotgan Koton” grajdanlik nafasi yuqori b o ’lganligi bois tom oshabin e ’tirofiga sazovor b o ’lgan. Rim hukm dori b o ’lishga intilayotgan Yuliy Sezar bilan kurashda Koton m ag’lubiyatga uchraydi. Sezam ing g ’olibligiga b o ’yin egm agan Koton o ’limni afzal k o ’radi. M a’rifatli m onarxiya tam oyillariga moyil Gottshed o ’z tragediyasida Katonning siyosiy ideallari m azm uniga o ’z e ’tiborini qaratm aydi, balki uning jasoratidan zavq oladi. 9. XVIII ASR NEMIS ADABIYOTI XVIII asrda nem is adabiyoti erishgan ulkan m uvaffaqiyatlar jahon m adaniyatiga bebaho hissa b o ’lib qo ’shildi. Aynan nemis dram aturglari - G. Lessing, Y.Gyote, F. Shiller m a’rifatparvarlik davrida adabiyot va teatr sohasida erishilgan yutuqlarga yakun yasab, m a’rifatparvarlik realizm idan XIX asr tanqidiy realizm iga o ’tish y o ’lini belgilab berdilar. 54 1625-yiIgi dehqonlar urushi zarbalari, asosan G erm aniyada sodir b o ’lgan o ’ttiz yillik (1618-1648) um uinevropa urushi, savdo yo ’l- larining O ’rta yer dengizidan Atlantika okeaniga ko’chishi — bularning ham m asi Germaniyani siyosiy, xo ’jalik va m adaniy sohalarda orqaga itqitib tashlagan edi. M am lakat 360 ta m ayda feodal davlatlarga b o ’linib ketgan b o ’lib, ular bir-birlari bilan uzluksiz raqobatda b o ’lib keldilar. Ustiga ustak, bu davlatlarda to ’rachilik va beboshlik avj olib bordi. “Germ aniyaning X VIII asrdagi qismati o ’kinchli va qabohatli edi, - deb yozgan edi Gertsen. - Aslzodalari ishyoqm as va tam b al... G erm aniyada odob-axloq shu darajada tubanlashib ketganki, insoniy nafsoniyat haqida o g ’iz ochm asa ham b o ’ladi. Q al’alar m ahbuslarga to’lib ketgan, din uchun qu vg’in, she’r uchun quvg ’in, vazir haqida nojo’ya so ’z uchun quvg’in - bular shovqin- suronsiz pinhona am alga oshirilaveradi”. Tabiiyki, G erm aniya hukm dorlari ham M a’rifatparvarlik asri ta ’siridan chetda qolm adilar. Lekin bundan m am lakat o ’zini m a’naviy va m adaniyjihatdan rostlay olmadi; aksincha, om m a yana ham kuchli tazyiq ostiga olindi, talandi. Nemis saroylarida m illiy m adaniyat nish urmadi. N em is aslzodalari milliy m adaniyatga bepisandlik bilan qarab, o ’z saroylari eshiklarini fransuz madaniyati m ahsuliga ochib q o ’ygan edilar. Oyoqqa turib borayotgan nem is ziyolilari esa boshqa xalqlam ing yutuqlariga suyanib, nemis m adaniyatini yaratishga intiladilar. Shu bilan ular ulkan milliy vazifani am alga oshirdilar. Shuni ta ’kidiash lozimki, G erm aniya bir qator tarixiy sabablarga k o ’ra, faqat m adaniyat sohasidagina ilg’or davlatlar darajasiga k o ’tarilishi mum kin, lekin boshqa sohalarga d a’vo qilishga im koni y o ’q m am lakat edi. X V III asrdagi nemis adabiyoti Evropaning boshqa mam lakatlari adabiyoti kabi turlicha rivojlanish bosqichlarini o ’taydi. Bu m adaniyat ham m a’rifatparvarlik klassisizm i, m a’rifatparvarlik realizmi, sentim entalizm , ilk rom antizm davrlarini boshdan kechiradi. Lekin bu oqim lar G erm aniya adabiy hayotida boshqa m am lakatlarga qaraganda o ’zgacha aham iyatga ega bo ’ldi. Fransiyada ancha taraqqiy topgan m a’rifatparvarlik klassisizm i G erm aniya shart- sharoitiga uncha mos tushm adi. Aql-idrok ustuvorligi, fuqarolik haqidagi chaqiriqlar bu yerda baralla, to ’la m a’nosi bilan 55 jaranglam adi. Volter dram aturgiyasining tub vazifalari VIII asr Germ aniyasi uchun barvaqt q o ’yilgan vazifalar b o 'lib chiqdi. Karolina N oyber (1692-1760) ilk m a’rifatparvarlik klassisizm ining eng yirik nam oyandasidir. B adavlat advokatning qizi o ’zini adabiyotga bag ’ishlash niyatida yigirm a old yoshida uyidan qochib ketib. tez fursat ichida, Fransuz m aktabining shuhratli vakili sifatida obro’ topdi. U aleksandrona sh e 'r o ’qish san'atini egallagan birinchi memis adabiyotshunosi edi. Klassisizm ning badiiy asarning ibtidosidan intihosigacha, barcha tom onlarini m uayyan qoidalarga b o ’yin egdirishdek talabi o ’sha davr nem is dram aturgiyasi uchun ju d a zarur qoida edi. N em is dram aturglari klassisizm uslubi yordam ida voqeilikni aniq va teran tadqiq etish va ifodalash im koniga erishadilar va dovruqli fransuz dram aturglari va nazariyachilarining yuksak obro’lariga orqa qilib, o ’z ishlarining istiqbolli ekanini jam oatchilikka uqdra oladilar. G O TH O LD EFRA IM LESSING ( G otth old E phraim Lessing, 1729-1781) XVIII asrning 60-yillarida nem is adabiy hayotida yetakchi o ’rinni egallagan ijodkor Lessingdir. Uning adabiy faoliyati k o 'p qirrali va samarali b o ’lgan. U iqddorli tanqidchi, san’at nazariyotchisi va yo- zuvchidir. Lessing adabiyotni hayot bilan yaqinlashtirgan, unga ijtim oiy y o ’nalish bcrgan, uning ijtim oiy-siyosiy va xalqning ruhiy feodal krepostnoylikdan ozodligining vositasiga aylantirdi. N.G .C hem ishevski Lessing haqida yozib, unga quyidagicha baho beradi: “Lessing o ’z vatanini jonlantirishni tarixiy zarurat deb bilgan arboblarning birinchi va asosiy vakilidir. U yangi nemis adabiyotining otasi edi. Undan keyingi eng asosiy, aham iyatli nemis yozuvchilaridan k o ’pchiligi, hatto Shiller va hattoki Gyote ham o ’z faoliyatlarining eng yaxshi davrida ham Lessingning shogirdlaridir” . 56 Lessing jangovar, inqilobiy m a’rifatparvar edi. Uning ijodi ruhiy, milliy, xalqehil b o ’lgan, bu ijod nemis millati uchun m uhim masalalarni q o ’ygan. Lessing Saksoniyada tug’ilgan. Y elkasida katta oila tashvishi b o ’lgan. Otasi rohib b o ’lib, kamtarin turmush keehirgan. U m aktabda lotin va yunon tillaririi yaxshi o ’rgangan, keyinchalik antik davrni atroflicha bilgan, antik va ho/.irgi zamon filologiyasi bo ’yicha keng qam rovli bilim lari bilan zam ondoshlarining izzat-ikrom iga sazovor bo’lgan olim bo ’lib yetishgan. 1746-yili Lessing otasi m aslahatiga ko’ra Laypsig universitetining teologiya fakultetiga o ’qishga kiradi. A m m o kelajakda pastor b o ’lish im koniyati uni uncha qiziqtirm as, o ’sm irning qiziqisblari-yu iqtidorini boshqa narsalar band etgan edi. Xuddi o ’sha paytda Laypsigda K arolina N oyber rahbarligidagi sayyor aktyorlar guruhi gastrolga keladi. Lessingni teatr hayoti qiziqtirib q o ’yadi. Keyinchalik u artistlik muhitining o ’z odam iga aylanadi. Teatrda o ’z im koniyatini turli rollar ijrochisi va dram aturg sifatida sinab k o ’radi. Lessing 1748-yiIda B erlinga-Prussiya poytaxtiga ko’chib o ’tadi. Berlin hayoti (1748-1760) uni peshqadam estetik g ’oyalam i targ ’ib va him oya qiluvchi kishi sifatida shakllantiradi. Bu davrda u “Nemis im tiyozli gazetasi” (Deutsche priviligierte Zeitung)da adabiy taqrizchi b o ’lib ishlaydi va G erm aniyaning birinchi profes sional tanqidchisi sifatida taniladi. Lessingning tanqidchilik faoli- yati 50-yillarda berlinlik kitob- furush Nikolay, faylasuf-m a’rifat- parvar M endelson bilan ham kor- likda chop etgan ju m al “Eng yangi adabiyot haqidagi xatlar”da (Briefe, die neueste L iteratur betreffen , 1759-1765) shakllandi. Bu davrda u k o ’plab she’rlar, masallar, shuningdek, ilk tragediyasi “O yim qiz Sam pson”ni (1755) yozdi. 1760-65-yillarda Lessing Berlindan Breslauga Sileziya gubernatorining kotibi bo’lib ishlash uchun k o ’chib o ’tadi. Bu davr favqulodda serm ahsul b o ’lib, u bu-yerda m a’rifatparvarlik realizm ining asosiy tam oyillarini nazariy jihatdan asoslagan “Laokoon” (Laokoon 57 o d er die G renzen d e r M a lerei und Poe,sie, 1766) asarini nihoyasiga yetkazdi. “M inna fon B arnhelm ” (1767) realistik kom ediyasi ham m uallifning nem is jam iyati hayotini kuzalishining natijasi o ’laroq dunyoga keldi. 1765-yilda Lessing yana B erlinga qaytib keladi va ikki yileha shu yerda erkin ijod bilan shug’ullanadi. 1765 yilda Hamburg (G erm aniya) da birinchi muqim teatrga asos solinadi va Lessing teatrga teatr tanqidchisi sifatida takJif etiladi. Uning vazifasiga teatr repertuariga baho berish, aktyorlar ijrosini baholash kirar edi. Lessingning k o ’p sonli teatr taqrizlari “Hamburg dram aturgiyasi” deb nom langan (H am burgische Dram aturgie, 1767-1768), “L aokoon” dan keyingi nazariy risolasi edi. 1770-yili Hamburg teatri yopilgach, Braun Shvayg gersogligidagi V olfenbuttel shahriga kelib gersogning boy kutubxonasiga m udirlik qiladi. Bu yerda u 1772-yili birinchi nemis ijtim oiy dramasi “ Em iliya G olotti”ni nihoyasiga yetkazadi. Gum anizm g'oyalarining him oyasiga b ag ’ishlangan falsafiy risolasi “Inson zotini tarbiyalash” ( Erz.ieh.ung d es M en schengeschlechts , 1780) asari ham o ’quvchilar hurm at va e ’tiboriga sazovor b o ’ldi. Lessingning fan va adabiyot oldidagi xizm atlaridan biri shuki, u nemis adabiyotiga sotsial isyon ruhini olib kirdi. Lessing adabiyotga dem okratcha fikrlovchi yozuvchi sifatida kirgan. Uning dem okratiyaga moyilligi 50-yil o 'rtalarig a kelib kuchaydi va u o ’z oldiga xalqqa tushunarli va yaqin b o ’lgan kom ediya va tragediyalar yozishni m aqsad qilib qo ’ydi. Lessing tragediya janrini isloh qilishga intiladi. Uning fikricha chinakam san’at insonni hayratlantirish, sahnaga xalq muhitidan chiqqan ijobiy xislatlarga ega qahram onni olib chiqish va xalqqa yaqin situatsiyalarda harakat qilm og’i lozim. O 'sh an d a tragik personaj tom oshabinda achinish, iztirob hislarini u yg ’otishi mum kin. L essingning dram aturgik o ’ylari “Oyim qiz Sam pson”da o ’z ifodasini topgan. Didroning “Asrandi o ’g ’il” asaridan ikki yil avval yozilgan bu pyesa Y evropa m intaqasida yaratilgan m eshchanlik dramasi edi. Lessing “Oyim qiz Sara Sam pson” asari bilan G erm aniyada keng shuhrat qozonadi va uning nomi xorijga ham tarqaladi. 60-yillarda Lessing san’at nazariyotchisi sifatida katta o bro’ topadi. 1759 - 1765 yillar davom ida G erm aniya m a’rifatparvarligining k o ’zga ko'ringan arbobi, kitobfurush d o ’sti N ikolay bilan ham korlikda "Eng 58 yangi adabiyot haqida m aktublar” degan jum al nashr etadi. Ham fikr ikki do ’st G otshed asarlarining “astar-avrasini ag ’darib” tashlaydilar va fransuz klassisizm ini G ennaniya uchun zararli deb e ’lon qiladilar. D ram aturglar uchun Kornel va Rasin asarlari em as, balki Shekspir pyesalari nam una b o ’lib xizm at qilishi kerak, deydi Lessing. 1765-yili Lessing tasviriy san’at bilan poeziya orasidagi chegara m asalasiga bag'ishlangan “Laokoon” degan risolasini chop etadi. 1767- 1768 yillari u m a’rifatparvarlik davridagi eng yirik nazariy ish - “Hamburg dram aturgiyasi” asarini yaratadi. “Hamburg dram aturgiyasi” Lessing endigina tuzilgan birinchi milliy teatrga adabiy em akdosh b o ’lib kelgach, yil davom ida shu teatr spektakllariga yozilgan ju m al m aqolalari majmui tarzida paydo b o ’ldi. “Hamburg dram aturgiyasi” - bu avvaldan o ’ylangan, rejali risola b o ’lmay, balki jonli taassurot asosida tu g ’ilib, yaxlit holida nazariy qim m ati yuqori asardir. Lessing asarni teatr repurtuari va aktyor o ’yinini tahlil etishdan boshlagan. Biroq uning aktyor o ’yini haqidagi m ulohazalari ko’plab noroziliklarga sabab b o ’ladi. Keyin Lessing aktyorlar haqida so’z ochm aslikka v a’da beradi, lekin u qilar ishini qilib b o ’lgan edi. Lessing ham Didro duch kelgan m uam m oga duch keladi: Qaysi toifadagi aktyor afzal - hissiyotli aktyorm i yoki “sovuqqon” aktyor? Bu m asalada Lessingning mulohazasi Didroning javobiga qaraganda m a’rifatparvarlik realiz.mi ruhiga yaqinroqdir. U hissiyot bilan aql- zakovat tarafdori. Uning fikricha. bu ikki jihatning qaysi birinidir ustun q o ’yish o ’rinsizdir. U klassisizm ga xos sovuqqonlikka ham, maishiy izohchilikka ham ch o ’chib qaraydi. Aqli raso aktyor asarning u yoki bu lavhasining nim aligini anglaboq, o ’z-o ’zidan hissiyot ta ’siriga beriladi. Ayni zam onda Lessing ham Didro singari “hissiyotli” aktyorga ishonchsizlik bilan qaraydi. Hissiyot “qandaydir botiniy, ichki narsa, bu haqda uning tashqi ko ’rinishi orqaligina fikr yuritish m um kin” deydi u; demak, his-tuyg’uni zohiran, sirtdan nam oyon etuvchi aktyor “beshavq, sovuqqon b o ’lishidan qat’iy nazar, sahna uchun birinchi toifa aktyordan foydaliroqdir”. Bundan tashqari, aktyorlik texnikasining o ’zi ham aktyorda sahna san ’ati uchun zarur his-tuyg’u hosil qilish omili hamdir, deb hisoblaydi Lessing. Kitobning talay qismi dram aturgiyaga bag’ishlangan bo ’lib, Lessing bu o ’rinda 1759 yili “Eng yangi adabiyot haqida m aktu b lar'id a boshlangan klassisizm haqidagi m usohabani davom ettiradi. 59 Lessing klassisizm ning hech qanday tur va shaklini qabul qilm aydi. U Kom el va Rasinnigina emas, o ’z g ’oyaviy tam oyiliga k o ’ra ularga yaqin turuvchi m a’rifatparvar V oltem ing ham ijodiy nufuzini tan olm aydi. Uning nazarida klassisizm shunchaki o ’mini zam onaviyroq san ’atga b o ’shatib berishi lozim b o ’lgan, o ’rni o ’tgan uslubgina emas. K lassisizm , um uman, san’at tabiatiga ziddir, deb hisoblaydi Lessing. Haqiqiy san’at insondan boshlanishi kerak, - deya xitob qiladi Lessing - klassisizm estetikasi esa saroy taom illariga asoslangan. “Saroy m utlaqo shoir tabiatini o ’rganishi m um kin b o ’lgan joy em as, - deya davom etadi u, - saroyning udumi, dabdabasi odam larni m ashinaga aylantirib q o ’ysa, shoir bu m ashinalarni yana odam ga aylantirishi kerak.” Shu zaylda dram a nazariyasi Lessing faoliyatida insonni him oya qilish, shaxs erkinligi uchun kurash m aydoniga aylanadi. Shaxs erkinligi toptalgan G erm aniya sharoitida jiddiy siyosiy vazifa edi. Erkinlik y o ’lida kurashm oq uchun nemis xalqining keng tabaqalari doirasida avvalo erkinlikka ehtiyoj uyg ’otish talab etilardi. Lessing na/ariya sohasidagi kabi dram aturgiya sohasida ham erkin va barkam ol shaxs uchun kurash olib bordi. Uning san’ati shu jihatning o ’zi bilanoq istibdodning har qanday k o ’rinishiga qarshi qaratilgan san’at edi. Qism an shundan ham uning pyesalari janrig a k o ’ra turlicha b o ’lishi mumkin. Lessing barcha janrlarda namunaviy pyesalar yaratdiki, keyinroq uning davom chilari bu janrlam i rivojlantirdilar. Uning har bir asarining sahnaviy ohangi bor, har biri tom oshabinda m a’lum his tuy g’u q o ’zg ’aydi: “Oyim qiz Sara Sam pson” ko ’z yoshi uyg’otsa, “M inna fon B am ixelm ” kuldiradi, ruhiy orom baxsh etadi; “Em iliya G alotti” k o ’ngilni m usibat olam iga g ’arq qilsa, “D onishm and N atan” chuqur o 'y g a to ’ldiradi. Tabiiyki, Lessing klassisizm dan butunlay qutula olmadi. Umuman, nem is m a’rifatparvarlik san’atida klassisizm , qandaydir y o ’sinda o ’z izini qoldirdi. Lekin zamondoshlari orasida eski san’at aqidalaridan uzoqlashgan kishi Lessing b o ’ldi. Lessing boshqa aqidalar yaratish niyatida klassisizm aqidasiga qarshi kurashgani yo ’q: u dram aturg sifatida o ’z didi va badiiy im koniyatlari naqadar kengligini nam oyish etdi. Uning pyesalarini tom oshabinlar ham isha ham m uvaffaqiyat bilan qabul qilm agan b o ’lsalar-da, bu asarlar nem is adabiyoti tarixida m uhim o ’rin egalladi. 60 Dram aturg “Oyim qiz Sara Sam pson” asarini ingliz nam unalariga, xususan Lilloning “London savdogari” pyesasiga taqlidan yozgan. Lessingni erkin his ehtiroslar qiziqtirgan edi. Lessing XVIII asr nem islari uchun erkin fuqarolik yurti nam unasi bo’lgani uchun ham shu zamin badiiy manbai va qahram onlariga qayta jo n ato etgan edi. Pyesada ikki m a’shuqa orasida gangib qolgan aslzoda M elefontning taqdiri haqida hikoya qilinadi: uning birinchi m a’shuqasi M arvud xonim dan qizi b o ’lsa, ikkinchisi Sara Sam pson esa endigina uning tuzo g 'ig a ilingan jabrdiyda qiz. Pyesa oxirida M arvud Sara Sampsonni zaharlab o ’ldiradi. M elefont esa qizning jasadi tepasida o ’zini-o’zi nobud qiladi. Qahram onlar shu qadar qaynoq his ehtiroslar bilan yo ’g ’rilgan edilarki, bu tom oshabinlar qalbini larzaga soladi. Lessing his-tuyg’u mavjini ko ’rsatibgina qolm ay, bu holatning avjlanish nuqtasini ham ochib bergan edi. M elefont va M arvud b eg ’araz sevgi shaydolari edilar, ular ezgulik ramzi yanglig’ nam oyon b o ’ladilar; qachonki, ehtirosga hudbinlik g ’ubori q o ’narkan, u fojiaga olib keladi. Shu zaylda oshiq- m a’shuqlarning ezgu niyatlari sarobga aylanadi. Lessingning haqiqiy qahram oni Sara Sampsondir. U hudbinlikdan holi, chin insoniy sevgi egasidir. Um um insoniy axloq tam oyili bilan yashovchi bu qizning fojiasi xudbin, beburd kishiga k o ’ngil q o ’yishida edi. D ram aturgning davrni qoralashi ham shunda ko’rinadi. Lessing “M inna fon Barnhelm yoki Sarbozning baxti” (1767) kom ediyasiga qahram onlam i G erm aniyadagi harbiy m uhitdan izlab topadi. Lessing Breslavl shahrida d o ’sti general Tauyensin qo ’lida 1760- 1765 yillari guberna kotibi bo ’lib ishlaydi. Yetti yillik um um evropa urushidan keyin shu yerda, 1763 yili kom ediya ustida ish boshlaydi. Asarga aynan shu davrda yuz bergan voqealar asos qilib olingan. Pruss zobiti m ayor Telhaym taslim bo ’lgan Sileziya shahriga solingan urush tovonini o 'z puli hisobidan to ’laydi. Raqib tom onga bunday xayr-ehson k o ’rsatishdan shubhaga tushgan Prussiya boshliqlari Telhaym ustidan jinoiy ish q o ’zg ’aydilar. Aybsiz aybdor hotamtoy m ayor o g ’ir ahvolga tushib qolgan bir paytda, sevgilisi M inna kelib, uni tergovdan qutqarib oladi. Pyesa ikki oshiq-m a’shuqning baxtli uchrashuvi bilan tugaydi. Kom ediyaning dastlabki ikki pardasini Gyote ekspozitsiya nuqtai nazaridan nam unali deb hisoblagan. Lekin yaxlit holida ham uni 61 nam unali kom ediya deyish m um kin. Lessing pyesa g'oyasini qahram onlam ing xulq-atvori orqali ifoda etgan. Personajlam ing har safar yangilik bilan paydo bo ’lishi voqeaning tig ’iz o ’sib borishiga sabab b o ’ladi. Bosh qahram onlar ideal qahram onlar sifatida ko ’rinadilar. X udbinlikdan xoli chin sevgi egalari b o ’lmish bu kishilar or-nomus, yurt oldidagi burch tuyg’usini chuqur his etishlari bilan ajralib turadilar. M ayor harakatining o ’zi Friydrix II ning siyosatiga qarshi chiqish edi. Kom ediyaning uzoq vaqt sahnada q o ’yilmay, faqat m a’rifatli tor doirada kishilari orasidagina m a’lum b o ’lib qolishi bejiz emas. 1772-yili Lessing 15 yil oldin rejalashtirgan "Lm iliya G alotti” fojeasini yozib tugatadi. A sar voqeasi Italiyada o ’tadi. M aqsadga m uvofiq usul topilgan edi: Italiya siyosiy jihatdan Germ aniyani eslatardi; bu m am lakat ham k o ’pdan-ko’p m ayda knyazliklarga b o ’linib ketgan m am lakat edi. Kuchli ehtiroslarning j o ’sh urishi ham bu mam lakat m isolida tabiiyroq tuyulardi. G yote “Em iliya G alotti”ni “adolatning m ustabid beboshlikka qarshi keskin huruji’’ deb ta ’riflagan edi. Bu M a’rifatparvarlik davrida G erm aniyada jabr-zulm ga qarshi qaratilgan birinchi dramadir. Shunisi diqqatga loyiq-ki, pyesa qahram oni. voqea yuz bergan knyazlikning hukm dori, shahzoda X ettore G onzaga yovuz kishi sifatida ko ’rsatilgan emas. U “o ’ziga xos m a’rifatli hukm dor” tarzida k o ’rinadi. Lessing uning tilida hatto o ’zining san’at haqidagi ba’zi fikrlarini ham jo qilgan. U kuchli ehtiroslardan mahrum em as, polkovnik Odoardoning qizi, graf Appianining sevgilisi Em iliyani chindan ham sevadi. U zo’rlik vositasini ishga solmay, o ’zini munosib jazm an sifatida tutishga han tayyor. Lekin bu bilan Lessing pyesaga yorqinroq siyosiy tus beradi, xolos. M uallif u yoki bu m ustabidning zulm korligini em as, balki har qanday yakka hokim lik, hatto Volter xayrxohlik bildirgan “m a’rifatli m onarxiya” boshqaruvining ham noinsoniyligini k o ’rsatib beradi. Shahzodaning niyati qanchayin beg’araz b o ’lmasin, uni hokim iyat y o ’ldan ozdiradi, u o ’zgalam ing qo ’li bilan yovuzlikka q o ’l uradi. U A ppianini o ’ldiradi, Em iliyani o ’zini-o’zi nobud qilishga olib keladi. Jabrdiyda qiz yovuzlikka qarshi noroziligi va insoniylik sha’nini shu o ’lim bilan tasdiq etadi. U o ’zini o ’ldirishga ju r'a t etolm aydi. uning iltijosiga k o ’ra bu ishni uning otasi ado etadi. 62 Shunday qilib M elefontda b o ’lgani kabi Xettore Gonzaganing ham sevgi muhabbati o ’zgalam ing jabr-jafosiga aylanadi. Lekin Lessing endi bu yerda shunehaki xudbinlikni emas. balki siyosiy zulm korlikni qoralaydi. Lessing 1770-yildan gersog Braun- shveyg xizm atida b o ’lib, V olfenbyuttelda yashagan davrida “E m iliya Galotti” asari sahnaga qo ’yiladi. Lessing o ’z asarini sahnabopligiga uncha ishongan emas edi. Spektaklning unchalik m uvaffaqiyatli chiq- magani buni isbotladi. U bundan keyin sahna uchun yozm aslikka ahd qiladi. Lekin bir necha yildan keyin sharoit uni bu ahdidan voz kechishga undaydi. Lessing o ’sha paytda Gyotse degan bir m utaassib ruhoniy bilan ilohiyot xususida m unozara qilib qoladi. G raf Braunshveyg vositachiligida ruhoniy bilan Lesssing orasidagi m unozara to ’xtatiladi. Lessingdan uning haqiqat uchun kurash huquqini tortib olmoqchi bo ’lishadi. Shunda u yana o ’zining sinashta minbari - teatrga qaytadi. Uning “Donishm and N atan” (1779) degan so’nggi pyesasi shu zaylda dunyoga keldi. Bu hajviy kom ediya emas, aksincha „mening yozgan asarlarim orasida eng ta’sirchan pyesa b o ’lg ’usidir“, - deb yozgan edi dram aturg asar ustida ish boshlarkan. Bu chindan-da Lessing asarlari orasida ju da dilga yaqin pyesa bo ’lib chiqdi. Lessing pyesada diniy m usohabaga urg’u bermaydi, balki adovatchi ruhoniy G yotsega ajib bir olam m a'naviyatini qarshi q o ’yadi. U y jo y i vayron bo’lib, oilasidan judo bo’lgach, nasroniy qizni o ’z tarbiyasiga olgan qudduslik yaxudiy Natan qiyofasida o ’sha davr o ’quvchilari Lessingning o ’zini k o ’rgandek bo ’ladilar. Bu m ehr-saxovatli tiyran aql-zakovat sohibi qabohat va nodonlikka qaram a-qarshi q o ’yilgan bir shaxs edi. Lessing “Donishm and N atan” pycsasida o ’zi avval o lg 'a surgan b a’zi qoidalardan chekinadi. Bu pyesa o ’z shakliga k o'ra, m uallifning m a’rifiy falsafiy dram aga qaytganini ko'rsatadi. Pyesa sharofatli va leran insoniy obrazlarga boyligi bilan sahnadan m ustahkam o ’rin oldi. “Donishm and N atan” asari 1801 -yili V eym ar sahnasida q o ’yilganda, 63 Gyote unda “aks etgan sabr-toqat, armon, afsus va nadom at tuyg’ulari xalqlar qalbida m uqaddas tu yg’ular b o ’lib qolgusidir”, deb yozgan edi. Lessing o ’z pyesasining 1779-yili nashr etilgan nusxasini k o ’rishga ulgurdi xolos. Oradan bir yil o ’tm asdanoq dunyodan ko ’z yum adi. A sar m uallif vafotidan uch yil o ’tgandan keyin sahna yuzini k o ’radi. “Lessing bizning g ’ururim iz va m ehr-m uhabbatim izdir” deb yozgan edi Hayne. Lessingning ijodi bilan nem is dram aturgiyasi kuch-qudratga ega bo ’ldi; o ’ziga xoslik kasb etdi, ulug’ erkinlik g ’oyalari bilan y o ’g ’rildi. Uning butun umri bekam u-ko’st adolat tantanasi y o ’lida sarflandi. Lessing hayotining so ’nggi o ’n yilligida undagi turg’unlik harakat bilan, avvalgi qonunga quloq solish isyonkorlik bilan alm ashdi. G erm aniyada “B o ’ron va hujum ” adabiy y o ’nalishi vujudga keldi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling