Nemis adabiyoti tarixi to sh k en t m u m to z so

bet5/20
Sana31.01.2018
Hajmi
#25729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

 
730)  asarida 
aks  etgan.  O ’z  asarida  Gottshed  klassisizm   estetikasining  e ’tiqodli 
tarafdori  va  targ ’ibotchisi  sifatida  yozuvchilar  uchun  zaruriy  shart, 
qoida  va asosiy tam oyillarini belgilab beradi.
Gottshed  poetikasi  q at’iy  norm ativ  xarakter  kasb  etgan  b o ’lib,  u 
bayon  etgan  qoidalar  uning  nazarida  m e’yoriy  m e’zonlar  hisoblanib 
klassisizm   n a’m unali  m ualliflari  asarlarida  tekshirilgan.  Gottshed  ana 
shu  norm alarga qat’iy am al qilishni talab qiladi.
53

Gottshed  islohotlarining  progressiv  xarakteri,  ayniqsa,  til  sohasida 
sezilarli  b o ’ldi.  Gottshed  yagona  adabiy  tilni  yaratishga,  Germ aniya 
yerlaridagi  til  rang-barangligi  g ’oviga  chek  q o ’yishga  chaqirdi.  Adabiy 
norm a  sifatida  yuqori  Saksoniyaning  o'qim ishli  kishilar  o g ’zaki  nutqini 
taklif  etdi.  Gottshedning  til  sofligi.  uni  dialektizm lar,  varvarizm lar 
idora-byurotik  leksikadan  tozalash  haqidagi  takliflari  teatr  va adabiyotni 
isloh  etish ishlarining  asosiy  qismi  hisoblanadi.
U  adabiyot  va  san’atning  tarbiyaviy  ta ’sirini  kuchaytirish  niyatida 
fuqorolik  nafasini  o ’zida m ujassam lashtirgan poeziya  va dram aturgiyani 
targ ’ib  etdi.  Am m o  G ottshed  tarixiy,  milliy,  dem okratik  an ’analam ing 
ahamiyatini  tan  olm aydi.  U  xalq teatrini  ham  m a’qullam aydi,  uni  q o ’pol 
va  qovushm agan,  deb  hisoblaydi.  Unga  X.Saks,  hatto  V .Shekspir  ham 
yoqmaydi.  Bundan  bir  tom anlam a  Fransuz  klassisizim ining  “nam unali” 
asarlarga  y o ’naltirilgan  G ottshedga  nemis  adabiyotining  rivojlantirishda 
to ’g ’ri  y o ’l  topishga  xalaqit  berdi.  Shu  sababli  60-70  yillarda  nemis 
m a’rifatparvarligiga 
rahnam olik 
qilgan 
G .E.Lessing 
Gottshedga 
nisbatan  salbiy  m unosabatda  b o ’lgan.  “O ’layotgan  Koton  ” 
(D e r  
sterben de 
Koton,
 
1744) 
“Parijdagi 
qonli 
to ’y” 
(D ie 
P a rise r 
B luthochzeit,
  1744)  va  “A gis”(1745)ning  muallifidir.  Bu  asarlar  garchi 
klassisizm   qonun  qoidalari  asosida  yaratilgan  b o ’lsa-da,  ulardagi  badiiy 
m ahorat  uncha  baland  emas.  Shunga  qaram ay  “O ’layotgan  Koton” 
grajdanlik  nafasi  yuqori  b o ’lganligi  bois  tom oshabin  e ’tirofiga  sazovor 
b o ’lgan.
Rim   hukm dori  b o ’lishga  intilayotgan  Yuliy  Sezar  bilan  kurashda 
Koton  m ag’lubiyatga  uchraydi.  Sezam ing  g ’olibligiga  b o ’yin  egm agan 
Koton  o ’limni  afzal  k o ’radi.  M a’rifatli  m onarxiya  tam oyillariga  moyil 
Gottshed  o ’z  tragediyasida  Katonning  siyosiy  ideallari  m azm uniga  o ’z 
e ’tiborini  qaratm aydi,  balki  uning jasoratidan  zavq oladi.
9. XVIII  ASR  NEMIS  ADABIYOTI
XVIII 
asrda  nem is  adabiyoti  erishgan  ulkan  m uvaffaqiyatlar  jahon 
m adaniyatiga  bebaho  hissa  b o ’lib  qo ’shildi.  Aynan  nemis  dram aturglari
-   G.  Lessing,  Y.Gyote,  F.  Shiller  m a’rifatparvarlik  davrida  adabiyot  va 
teatr  sohasida  erishilgan  yutuqlarga  yakun  yasab,  m a’rifatparvarlik 
realizm idan XIX  asr tanqidiy  realizm iga o ’tish  y o ’lini  belgilab berdilar.
54

1625-yiIgi  dehqonlar  urushi  zarbalari,  asosan  G erm aniyada  sodir 
b o ’lgan  o ’ttiz  yillik  (1618-1648)  um uinevropa  urushi,  savdo  yo ’l- 
larining  O ’rta  yer  dengizidan  Atlantika  okeaniga  ko’chishi  — bularning 
ham m asi  Germaniyani  siyosiy,  xo ’jalik  va  m adaniy  sohalarda  orqaga 
itqitib tashlagan edi.  M am lakat  360 ta m ayda feodal  davlatlarga b o ’linib 
ketgan  b o ’lib,  ular  bir-birlari  bilan  uzluksiz  raqobatda  b o ’lib  keldilar. 
Ustiga ustak,  bu davlatlarda to ’rachilik va beboshlik  avj  olib bordi.
“Germ aniyaning  X VIII  asrdagi  qismati  o ’kinchli  va  qabohatli  edi,  -  
deb  yozgan  edi  Gertsen.  -   Aslzodalari  ishyoqm as  va  tam b al... 
G erm aniyada  odob-axloq  shu  darajada  tubanlashib  ketganki,  insoniy 
nafsoniyat  haqida  o g ’iz  ochm asa  ham  b o ’ladi.  Q al’alar  m ahbuslarga 
to’lib  ketgan,  din  uchun  qu vg’in,  she’r   uchun  quvg ’in,  vazir  haqida 
nojo’ya  so ’z  uchun  quvg’in  -   bular  shovqin-  suronsiz  pinhona  am alga 
oshirilaveradi”.
Tabiiyki, 
G erm aniya  hukm dorlari  ham   M a’rifatparvarlik  asri 
ta ’siridan  chetda  qolm adilar.  Lekin  bundan  m am lakat  o ’zini  m a’naviy 
va  m adaniyjihatdan  rostlay  olmadi;  aksincha,  om m a  yana  ham   kuchli 
tazyiq  ostiga  olindi,  talandi.  Nemis  saroylarida  m illiy  m adaniyat  nish 
urmadi.  N em is  aslzodalari  milliy  m adaniyatga  bepisandlik  bilan  qarab, 
o ’z  saroylari  eshiklarini  fransuz  madaniyati  m ahsuliga  ochib  q o ’ygan 
edilar.
Oyoqqa  turib  borayotgan  nem is  ziyolilari  esa  boshqa  xalqlam ing 
yutuqlariga  suyanib,  nemis  m adaniyatini  yaratishga  intiladilar.  Shu 
bilan  ular ulkan  milliy  vazifani  am alga oshirdilar.
Shuni  ta ’kidiash  lozimki,  G erm aniya  bir  qator  tarixiy  sabablarga 
k o ’ra, 
faqat  m adaniyat  sohasidagina  ilg’or  davlatlar  darajasiga 
k o ’tarilishi  mum kin,  lekin boshqa sohalarga d a’vo qilishga im koni  y o ’q 
m am lakat edi.
X V III 
asrdagi  nemis  adabiyoti  Evropaning  boshqa  mam lakatlari 
adabiyoti  kabi  turlicha  rivojlanish  bosqichlarini  o ’taydi.  Bu  m adaniyat 
ham  
m a’rifatparvarlik 
klassisizm i, 
m a’rifatparvarlik 
realizmi, 
sentim entalizm ,  ilk  rom antizm   davrlarini  boshdan  kechiradi.  Lekin  bu 
oqim lar  G erm aniya  adabiy  hayotida  boshqa  m am lakatlarga  qaraganda 
o ’zgacha aham iyatga ega bo ’ldi.
Fransiyada  ancha  taraqqiy  topgan  m a’rifatparvarlik  klassisizm i 
G erm aniya shart-  sharoitiga uncha mos  tushm adi.  Aql-idrok  ustuvorligi, 
fuqarolik  haqidagi  chaqiriqlar  bu  yerda  baralla,  to ’la  m a’nosi  bilan
55

jaranglam adi.  Volter  dram aturgiyasining  tub  vazifalari  VIII  asr 
Germ aniyasi  uchun barvaqt q o ’yilgan  vazifalar b o 'lib  chiqdi.
Karolina  N oyber  (1692-1760)  ilk  m a’rifatparvarlik  klassisizm ining 
eng  yirik  nam oyandasidir.  B adavlat  advokatning  qizi  o ’zini  adabiyotga 
bag ’ishlash  niyatida  yigirm a old  yoshida  uyidan  qochib  ketib.  tez  fursat 
ichida,  Fransuz  m aktabining  shuhratli  vakili  sifatida  obro’  topdi.  U 
aleksandrona 
sh e 'r 
o ’qish 
san'atini 
egallagan 
birinchi 
memis 
adabiyotshunosi edi.
Klassisizm ning  badiiy  asarning  ibtidosidan  intihosigacha,  barcha 
tom onlarini  m uayyan  qoidalarga  b o ’yin  egdirishdek  talabi  o ’sha  davr 
nem is  dram aturgiyasi  uchun ju d a  zarur qoida  edi.  N em is  dram aturglari 
klassisizm   uslubi  yordam ida  voqeilikni  aniq  va  teran  tadqiq  etish  va 
ifodalash  im koniga  erishadilar  va  dovruqli  fransuz  dram aturglari  va 
nazariyachilarining  yuksak  obro’lariga  orqa  qilib,  o ’z  ishlarining 
istiqbolli  ekanini jam oatchilikka uqdra oladilar.
G O TH O LD  EFRA IM   LESSING 
( G otth old E phraim   Lessing,
  1729-1781)
XVIII 
asrning  60-yillarida nem is  adabiy 
hayotida  yetakchi  o ’rinni  egallagan  ijodkor 
Lessingdir.  Uning  adabiy  faoliyati  k o 'p  
qirrali  va  samarali  b o ’lgan.  U  iqddorli 
tanqidchi,  san’at  nazariyotchisi  va  yo- 
zuvchidir.  Lessing  adabiyotni  hayot  bilan 
yaqinlashtirgan,  unga  ijtim oiy  y o ’nalish 
bcrgan,  uning  ijtim oiy-siyosiy  va  xalqning 
ruhiy  feodal  krepostnoylikdan  ozodligining 
vositasiga  aylantirdi.  N.G .C hem ishevski 
Lessing  haqida  yozib,  unga  quyidagicha 
baho 
beradi: 
“Lessing 
o ’z 
vatanini 
jonlantirishni  tarixiy  zarurat  deb  bilgan 
arboblarning  birinchi  va  asosiy  vakilidir.  U  yangi  nemis  adabiyotining 
otasi  edi.  Undan  keyingi  eng  asosiy,  aham iyatli  nemis  yozuvchilaridan 
k o ’pchiligi,  hatto  Shiller  va  hattoki  Gyote  ham  o ’z  faoliyatlarining  eng 
yaxshi  davrida ham Lessingning  shogirdlaridir” .
56

Lessing  jangovar,  inqilobiy  m a’rifatparvar  edi.  Uning  ijodi  ruhiy, 
milliy,  xalqehil  b o ’lgan,  bu  ijod  nemis  millati  uchun m uhim   masalalarni 
q o ’ygan.
Lessing  Saksoniyada  tug’ilgan.  Y elkasida  katta  oila  tashvishi 
b o ’lgan.  Otasi  rohib  b o ’lib,  kamtarin  turmush  keehirgan.  U  m aktabda 
lotin  va  yunon  tillaririi  yaxshi  o ’rgangan,  keyinchalik  antik  davrni 
atroflicha  bilgan,  antik  va  ho/.irgi  zamon  filologiyasi  bo ’yicha  keng 
qam rovli  bilim lari  bilan  zam ondoshlarining  izzat-ikrom iga  sazovor 
bo’lgan olim  bo ’lib yetishgan.
1746-yili  Lessing  otasi  m aslahatiga  ko’ra  Laypsig  universitetining 
teologiya  fakultetiga  o ’qishga  kiradi.  A m m o  kelajakda  pastor  b o ’lish 
im koniyati  uni  uncha  qiziqtirm as,  o ’sm irning  qiziqisblari-yu  iqtidorini 
boshqa  narsalar band  etgan  edi.  Xuddi  o ’sha  paytda Laypsigda  K arolina 
N oyber  rahbarligidagi  sayyor  aktyorlar  guruhi  gastrolga  keladi. 
Lessingni  teatr  hayoti  qiziqtirib  q o ’yadi.  Keyinchalik  u  artistlik 
muhitining  o ’z  odam iga  aylanadi.  Teatrda  o ’z  im koniyatini  turli  rollar 
ijrochisi  va dram aturg  sifatida sinab k o ’radi.
Lessing  1748-yiIda  B erlinga-Prussiya  poytaxtiga  ko’chib  o ’tadi. 
Berlin  hayoti  (1748-1760)  uni  peshqadam   estetik  g ’oyalam i  targ ’ib  va 
him oya  qiluvchi  kishi  sifatida  shakllantiradi.  Bu  davrda  u  “Nemis
im tiyozli 
gazetasi” 
(Deutsche 
priviligierte 
Zeitung)da 
adabiy 
taqrizchi 
b o ’lib 
ishlaydi 
va 
G erm aniyaning  birinchi  profes­
sional  tanqidchisi  sifatida taniladi.
Lessingning  tanqidchilik  faoli- 
yati  50-yillarda  berlinlik  kitob- 
furush  Nikolay,  faylasuf-m a’rifat- 
parvar  M endelson  bilan  ham kor- 
likda  chop  etgan  ju m al  “Eng 
yangi  adabiyot  haqidagi  xatlar”da 
(Briefe, 
die 
neueste 
L iteratur 
betreffen
,  1759-1765) 
shakllandi.  Bu  davrda  u  k o ’plab  she’rlar, 
masallar,  shuningdek,  ilk  tragediyasi  “O yim qiz  Sam pson”ni  (1755) 
yozdi. 
1760-65-yillarda 
Lessing 
Berlindan 
Breslauga 
Sileziya 
gubernatorining  kotibi  bo’lib  ishlash  uchun  k o ’chib  o ’tadi.  Bu  davr 
favqulodda  serm ahsul  b o ’lib,  u  bu-yerda  m a’rifatparvarlik  realizm ining 
asosiy  tam oyillarini  nazariy  jihatdan  asoslagan  “Laokoon” 
(Laokoon
57

o d er  die  G renzen  d e r  M a lerei  und  Poe,sie,
 
1766)  asarini  nihoyasiga 
yetkazdi.  “M inna  fon  B arnhelm ”  (1767)  realistik  kom ediyasi  ham 
m uallifning  nem is  jam iyati  hayotini  kuzalishining  natijasi  o ’laroq 
dunyoga  keldi.
1765-yilda  Lessing  yana  B erlinga  qaytib  keladi  va  ikki  yileha  shu 
yerda  erkin  ijod  bilan  shug’ullanadi.  1765  yilda  Hamburg  (G erm aniya) 
da  birinchi  muqim  teatrga  asos  solinadi  va  Lessing  teatrga  teatr 
tanqidchisi  sifatida  takJif  etiladi.  Uning  vazifasiga  teatr  repertuariga 
baho  berish,  aktyorlar ijrosini  baholash  kirar edi.  Lessingning  k o ’p  sonli 
teatr 
taqrizlari 
“Hamburg 
dram aturgiyasi” 
deb 
nom langan 
(H am burgische  Dram aturgie,  1767-1768),  “L aokoon”  dan  keyingi 
nazariy  risolasi  edi.
1770-yili  Hamburg  teatri  yopilgach,  Braun  Shvayg  gersogligidagi 
V olfenbuttel  shahriga  kelib  gersogning  boy  kutubxonasiga  m udirlik 
qiladi.  Bu  yerda  u  1772-yili  birinchi  nemis  ijtim oiy  dramasi  “ Em iliya 
G olotti”ni  nihoyasiga  yetkazadi.  Gum anizm   g'oyalarining  him oyasiga 
b ag ’ishlangan  falsafiy  risolasi  “Inson  zotini  tarbiyalash”  (
Erz.ieh.ung  d es 
M en schengeschlechts
,  1780)  asari  ham  o ’quvchilar  hurm at  va e ’tiboriga 
sazovor b o ’ldi.
Lessingning  fan  va  adabiyot  oldidagi  xizm atlaridan  biri  shuki,  u 
nemis  adabiyotiga sotsial  isyon  ruhini  olib  kirdi.
Lessing  adabiyotga  dem okratcha  fikrlovchi  yozuvchi  sifatida  kirgan. 
Uning  dem okratiyaga  moyilligi  50-yil  o 'rtalarig a  kelib  kuchaydi  va  u 
o ’z  oldiga  xalqqa  tushunarli  va  yaqin  b o ’lgan  kom ediya  va  tragediyalar 
yozishni  m aqsad  qilib  qo ’ydi.  Lessing  tragediya  janrini  isloh  qilishga 
intiladi.  Uning  fikricha chinakam   san’at  insonni  hayratlantirish,  sahnaga 
xalq  muhitidan  chiqqan  ijobiy  xislatlarga  ega  qahram onni  olib  chiqish 
va  xalqqa  yaqin  situatsiyalarda  harakat  qilm og’i  lozim.  O 'sh an d a tragik 
personaj  tom oshabinda achinish,  iztirob hislarini  u yg ’otishi  mum kin.
L essingning  dram aturgik  o ’ylari  “Oyim qiz  Sam pson”da o ’z  ifodasini 
topgan.
Didroning  “Asrandi  o ’g ’il”  asaridan  ikki  yil  avval  yozilgan  bu  pyesa 
Y evropa  m intaqasida  yaratilgan  m eshchanlik  dramasi  edi.  Lessing 
“Oyim qiz  Sara  Sam pson”  asari  bilan  G erm aniyada  keng  shuhrat 
qozonadi  va  uning  nomi  xorijga ham  tarqaladi.
60-yillarda  Lessing  san’at  nazariyotchisi  sifatida  katta  o bro’  topadi. 
1759  -   1765  yillar  davom ida  G erm aniya  m a’rifatparvarligining  k o ’zga 
ko'ringan  arbobi,  kitobfurush  d o ’sti  N ikolay  bilan  ham korlikda  "Eng
58

yangi  adabiyot  haqida  m aktublar”  degan jum al  nashr  etadi.  Ham fikr 
ikki  do ’st  G otshed  asarlarining  “astar-avrasini  ag ’darib”  tashlaydilar  va 
fransuz  klassisizm ini  G ennaniya  uchun  zararli  deb  e ’lon  qiladilar. 
D ram aturglar  uchun  Kornel  va  Rasin  asarlari  em as,  balki  Shekspir 
pyesalari  nam una b o ’lib xizm at qilishi  kerak,  deydi  Lessing.
1765-yili  Lessing  tasviriy  san’at  bilan  poeziya  orasidagi  chegara 
m asalasiga bag'ishlangan  “Laokoon”  degan  risolasini  chop etadi.  1767- 
1768  yillari  u  m a’rifatparvarlik  davridagi  eng  yirik  nazariy  ish 
-  
“Hamburg  dram aturgiyasi”  asarini  yaratadi.
“Hamburg  dram aturgiyasi”  Lessing  endigina tuzilgan  birinchi  milliy 
teatrga  adabiy  em akdosh  b o ’lib  kelgach,  yil  davom ida  shu  teatr 
spektakllariga  yozilgan  ju m al  m aqolalari  majmui  tarzida  paydo  b o ’ldi. 
“Hamburg  dram aturgiyasi”  -   bu  avvaldan  o ’ylangan,  rejali  risola 
b o ’lmay,  balki  jonli  taassurot  asosida  tu g ’ilib,  yaxlit  holida  nazariy 
qim m ati  yuqori  asardir.
Lessing  asarni  teatr  repurtuari  va  aktyor  o ’yinini  tahlil  etishdan 
boshlagan.  Biroq  uning  aktyor  o ’yini  haqidagi  m ulohazalari  ko’plab 
noroziliklarga  sabab  b o ’ladi.  Keyin  Lessing 
aktyorlar  haqida  so’z 
ochm aslikka v a’da beradi,  lekin  u  qilar ishini qilib b o ’lgan edi.
Lessing  ham   Didro  duch  kelgan  m uam m oga  duch  keladi:  Qaysi 
toifadagi  aktyor afzal  -  hissiyotli  aktyorm i yoki  “sovuqqon”  aktyor?  Bu 
m asalada  Lessingning  mulohazasi  Didroning  javobiga  qaraganda 
m a’rifatparvarlik  realiz.mi  ruhiga  yaqinroqdir.  U  hissiyot  bilan  aql- 
zakovat  tarafdori.  Uning  fikricha.  bu  ikki jihatning  qaysi  birinidir  ustun 
q o ’yish  o ’rinsizdir.  U  klassisizm ga  xos  sovuqqonlikka  ham,  maishiy 
izohchilikka ham  ch o ’chib qaraydi.  Aqli  raso aktyor asarning  u  yoki  bu 
lavhasining nim aligini  anglaboq,  o ’z-o ’zidan  hissiyot ta ’siriga beriladi.
Ayni  zam onda  Lessing  ham   Didro  singari  “hissiyotli” 
aktyorga 
ishonchsizlik  bilan  qaraydi.  Hissiyot  “qandaydir botiniy,  ichki  narsa,  bu 
haqda  uning tashqi ko ’rinishi  orqaligina fikr yuritish  m um kin”  deydi  u; 
demak,  his-tuyg’uni  zohiran,  sirtdan  nam oyon  etuvchi  aktyor  “beshavq, 
sovuqqon  b o ’lishidan  qat’iy  nazar,  sahna uchun  birinchi  toifa  aktyordan 
foydaliroqdir”.  Bundan  tashqari,  aktyorlik  texnikasining  o ’zi  ham 
aktyorda  sahna  san ’ati  uchun  zarur  his-tuyg’u  hosil  qilish  omili  hamdir, 
deb  hisoblaydi  Lessing. 
Kitobning  talay 
qismi  dram aturgiyaga 
bag’ishlangan  bo ’lib,  Lessing bu  o ’rinda  1759 yili  “Eng  yangi adabiyot 
haqida  m aktu b lar'id a  boshlangan  klassisizm   haqidagi  m usohabani 
davom  ettiradi.
59

Lessing  klassisizm ning  hech  qanday  tur  va  shaklini  qabul  qilm aydi. 
U  Kom el  va  Rasinnigina  emas,  o ’z  g ’oyaviy  tam oyiliga  k o ’ra  ularga 
yaqin  turuvchi  m a’rifatparvar  V oltem ing  ham   ijodiy  nufuzini  tan 
olm aydi.  Uning  nazarida  klassisizm   shunchaki  o ’mini  zam onaviyroq 
san ’atga  b o ’shatib  berishi  lozim  b o ’lgan,  o ’rni  o ’tgan  uslubgina  emas. 
K lassisizm ,  um uman,  san’at tabiatiga ziddir,  deb hisoblaydi  Lessing.
Haqiqiy  san’at  insondan  boshlanishi  kerak,  -   deya  xitob  qiladi 
Lessing  -   klassisizm   estetikasi  esa  saroy  taom illariga  asoslangan. 
“Saroy  m utlaqo  shoir  tabiatini  o ’rganishi  m um kin  b o ’lgan joy  em as,  -  
deya  davom   etadi  u,  -   saroyning  udumi,  dabdabasi  odam larni 
m ashinaga  aylantirib  q o ’ysa,  shoir  bu  m ashinalarni  yana  odam ga 
aylantirishi kerak.”
Shu  zaylda  dram a  nazariyasi  Lessing  faoliyatida  insonni  him oya 
qilish,  shaxs erkinligi uchun  kurash m aydoniga aylanadi.  Shaxs erkinligi 
toptalgan  G erm aniya  sharoitida  jiddiy  siyosiy  vazifa  edi.  Erkinlik 
y o ’lida  kurashm oq  uchun  nemis  xalqining  keng  tabaqalari  doirasida 
avvalo erkinlikka ehtiyoj  uyg ’otish  talab  etilardi.
Lessing  na/ariya  sohasidagi  kabi  dram aturgiya  sohasida  ham 
erkin 
va  barkam ol  shaxs  uchun
  kurash  olib  bordi.  Uning  san’ati  shu jihatning 
o ’zi  bilanoq  istibdodning  har  qanday  k o ’rinishiga  qarshi  qaratilgan 
san’at  edi.  Qism an  shundan  ham   uning  pyesalari  janrig a  k o ’ra  turlicha 
b o ’lishi  mumkin.
Lessing  barcha  janrlarda  namunaviy  pyesalar  yaratdiki,  keyinroq 
uning  davom chilari  bu janrlam i  rivojlantirdilar.  Uning  har bir  asarining 
sahnaviy  ohangi  bor,  har  biri  tom oshabinda  m a’lum  his  tuy g’u 
q o ’zg ’aydi:  “Oyim qiz  Sara  Sam pson”  ko ’z  yoshi  uyg’otsa,  “M inna  fon 
B am ixelm ”  kuldiradi,  ruhiy  orom   baxsh  etadi;  “Em iliya  G alotti” 
k o ’ngilni  m usibat  olam iga  g ’arq  qilsa,  “D onishm and  N atan”  chuqur 
o 'y g a  to ’ldiradi.
Tabiiyki,  Lessing  klassisizm dan  butunlay  qutula  olmadi.  Umuman, 
nem is  m a’rifatparvarlik  san’atida  klassisizm ,  qandaydir  y o ’sinda  o ’z 
izini  qoldirdi.  Lekin  zamondoshlari  orasida  eski  san’at  aqidalaridan 
uzoqlashgan  kishi  Lessing b o ’ldi.
Lessing boshqa aqidalar yaratish  niyatida  klassisizm   aqidasiga  qarshi 
kurashgani  yo ’q:  u  dram aturg  sifatida  o ’z  didi  va  badiiy  im koniyatlari 
naqadar  kengligini  nam oyish  etdi.  Uning  pyesalarini  tom oshabinlar 
ham isha ham  m uvaffaqiyat bilan qabul  qilm agan b o ’lsalar-da,  bu  asarlar 
nem is  adabiyoti  tarixida m uhim  o ’rin  egalladi.
60

Dram aturg  “Oyim qiz  Sara  Sam pson”  asarini  ingliz  nam unalariga, 
xususan  Lilloning 
“London  savdogari”  pyesasiga  taqlidan  yozgan. 
Lessingni  erkin 
his  ehtiroslar  qiziqtirgan 
edi.  Lessing  XVIII  asr 
nem islari  uchun erkin fuqarolik yurti  nam unasi bo’lgani  uchun  ham  shu 
zamin  badiiy  manbai  va  qahram onlariga  qayta  jo n   ato  etgan  edi. 
Pyesada  ikki  m a’shuqa  orasida  gangib  qolgan  aslzoda  M elefontning 
taqdiri  haqida  hikoya  qilinadi:  uning  birinchi  m a’shuqasi  M arvud 
xonim dan  qizi  b o ’lsa,  ikkinchisi  Sara  Sam pson  esa  endigina  uning 
tuzo g 'ig a  ilingan jabrdiyda  qiz.  Pyesa  oxirida  M arvud  Sara  Sampsonni 
zaharlab  o ’ldiradi.  M elefont  esa  qizning  jasadi  tepasida  o ’zini-o’zi 
nobud qiladi.
Qahram onlar  shu  qadar  qaynoq  his  ehtiroslar  bilan  yo ’g ’rilgan 
edilarki,  bu  tom oshabinlar  qalbini  larzaga  soladi.  Lessing  his-tuyg’u 
mavjini  ko ’rsatibgina  qolm ay,  bu  holatning  avjlanish  nuqtasini  ham 
ochib  bergan  edi.  M elefont  va M arvud  b eg ’araz  sevgi  shaydolari  edilar, 
ular  ezgulik  ramzi  yanglig’  nam oyon  b o ’ladilar;  qachonki,  ehtirosga 
hudbinlik  g ’ubori  q o ’narkan,  u  fojiaga  olib  keladi.  Shu  zaylda  oshiq- 
m a’shuqlarning  ezgu  niyatlari  sarobga  aylanadi.  Lessingning  haqiqiy 
qahram oni  Sara  Sampsondir.  U  hudbinlikdan  holi,  chin  insoniy  sevgi 
egasidir.  Um um insoniy  axloq  tam oyili  bilan  yashovchi  bu  qizning 
fojiasi  xudbin,  beburd  kishiga  k o ’ngil  q o ’yishida  edi.  D ram aturgning 
davrni  qoralashi ham  shunda ko’rinadi.
Lessing  “M inna  fon  Barnhelm   yoki  Sarbozning  baxti”  (1767) 
kom ediyasiga  qahram onlam i  G erm aniyadagi  harbiy  m uhitdan  izlab 
topadi.
Lessing  Breslavl  shahrida  d o ’sti  general  Tauyensin  qo ’lida  1760- 
1765  yillari  guberna  kotibi  bo ’lib  ishlaydi.  Yetti  yillik  um um evropa 
urushidan  keyin  shu  yerda,  1763  yili  kom ediya  ustida  ish  boshlaydi. 
Asarga aynan  shu  davrda yuz bergan voqealar asos  qilib olingan.
Pruss  zobiti  m ayor  Telhaym   taslim  bo ’lgan  Sileziya  shahriga 
solingan  urush  tovonini  o 'z   puli  hisobidan  to ’laydi.  Raqib  tom onga 
bunday  xayr-ehson  k o ’rsatishdan  shubhaga  tushgan  Prussiya boshliqlari 
Telhaym   ustidan  jinoiy  ish  q o ’zg ’aydilar.  Aybsiz  aybdor  hotamtoy 
m ayor o g ’ir ahvolga tushib qolgan  bir paytda,  sevgilisi M inna kelib,  uni 
tergovdan  qutqarib  oladi. 
Pyesa  ikki  oshiq-m a’shuqning  baxtli 
uchrashuvi bilan tugaydi.
Kom ediyaning  dastlabki  ikki  pardasini  Gyote  ekspozitsiya  nuqtai 
nazaridan  nam unali  deb  hisoblagan.  Lekin  yaxlit  holida  ham   uni
61

nam unali 
kom ediya 
deyish 
m um kin. 
Lessing 
pyesa 
g'oyasini 
qahram onlam ing  xulq-atvori  orqali  ifoda  etgan.  Personajlam ing  har 
safar  yangilik  bilan  paydo  bo ’lishi  voqeaning  tig ’iz  o ’sib  borishiga 
sabab 
b o ’ladi. 
Bosh 
qahram onlar 
ideal 
qahram onlar 
sifatida 
ko ’rinadilar.  X udbinlikdan  xoli  chin  sevgi  egalari  b o ’lmish  bu  kishilar 
or-nomus,  yurt  oldidagi  burch  tuyg’usini  chuqur  his  etishlari  bilan 
ajralib  turadilar.  M ayor  harakatining  o ’zi  Friydrix  II  ning  siyosatiga 
qarshi  chiqish  edi.  Kom ediyaning  uzoq  vaqt  sahnada  q o ’yilmay,  faqat 
m a’rifatli  tor  doirada  kishilari  orasidagina  m a’lum  b o ’lib  qolishi  bejiz 
emas.
1772-yili  Lessing  15  yil  oldin  rejalashtirgan  "Lm iliya  G alotti” 
fojeasini  yozib  tugatadi.  A sar  voqeasi  Italiyada  o ’tadi.  M aqsadga 
m uvofiq  usul  topilgan  edi:  Italiya  siyosiy  jihatdan  Germ aniyani 
eslatardi;  bu  m am lakat  ham   k o ’pdan-ko’p  m ayda  knyazliklarga  b o ’linib 
ketgan  m am lakat  edi.  Kuchli  ehtiroslarning 
j o ’sh  urishi  ham 
bu 
mam lakat m isolida tabiiyroq tuyulardi.
G yote  “Em iliya  G alotti”ni  “adolatning  m ustabid  beboshlikka  qarshi 
keskin  huruji’’  deb  ta ’riflagan  edi.  Bu  M a’rifatparvarlik  davrida 
G erm aniyada jabr-zulm ga  qarshi  qaratilgan  birinchi  dramadir.  Shunisi 
diqqatga  loyiq-ki,  pyesa  qahram oni.  voqea  yuz  bergan  knyazlikning 
hukm dori,  shahzoda  X ettore  G onzaga  yovuz  kishi  sifatida  ko ’rsatilgan 
emas.  U  “o ’ziga  xos  m a’rifatli  hukm dor”  tarzida  k o ’rinadi.  Lessing 
uning  tilida  hatto  o ’zining  san’at  haqidagi  ba’zi  fikrlarini ham  jo   qilgan. 
U  kuchli ehtiroslardan  mahrum   em as,  polkovnik  Odoardoning  qizi,  graf 
Appianining  sevgilisi  Em iliyani  chindan  ham   sevadi.  U  zo’rlik 
vositasini  ishga  solmay,  o ’zini  munosib  jazm an  sifatida  tutishga  han 
tayyor.
Lekin bu  bilan  Lessing  pyesaga  yorqinroq  siyosiy  tus  beradi,  xolos. 
M uallif  u  yoki  bu  m ustabidning  zulm korligini  em as,  balki  har  qanday 
yakka 
hokim lik, 
hatto 
Volter 
xayrxohlik 
bildirgan 
“m a’rifatli 
m onarxiya”  boshqaruvining  ham   noinsoniyligini  k o ’rsatib  beradi. 
Shahzodaning  niyati  qanchayin  beg’araz  b o ’lmasin,  uni  hokim iyat 
y o ’ldan  ozdiradi,  u  o ’zgalam ing  qo ’li  bilan  yovuzlikka  q o ’l  uradi.  U 
A ppianini  o ’ldiradi,  Em iliyani  o ’zini-o’zi  nobud  qilishga  olib  keladi. 
Jabrdiyda  qiz  yovuzlikka  qarshi  noroziligi  va  insoniylik  sha’nini  shu 
o ’lim  bilan  tasdiq  etadi.  U  o ’zini  o ’ldirishga  ju r'a t  etolm aydi.  uning 
iltijosiga k o ’ra bu  ishni  uning otasi ado etadi.
62

Shunday  qilib  M elefontda  b o ’lgani  kabi  Xettore  Gonzaganing  ham 
sevgi  muhabbati  o ’zgalam ing jabr-jafosiga aylanadi.  Lekin Lessing endi 
bu  yerda  shunehaki  xudbinlikni  emas.  balki  siyosiy  zulm korlikni 
qoralaydi.
Lessing 
1770-yildan 
gersog 
Braun- 
shveyg  xizm atida  b o ’lib,  V olfenbyuttelda 
yashagan  davrida  “E m iliya  Galotti”  asari 
sahnaga  qo ’yiladi.  Lessing  o ’z  asarini 
sahnabopligiga  uncha  ishongan  emas  edi. 
Spektaklning  unchalik  m uvaffaqiyatli  chiq- 
magani  buni  isbotladi.  U  bundan  keyin 
sahna  uchun  yozm aslikka  ahd  qiladi.  Lekin 
bir  necha  yildan  keyin  sharoit  uni  bu 
ahdidan  voz kechishga undaydi.
Lessing  o ’sha  paytda  Gyotse  degan  bir 
m utaassib  ruhoniy  bilan  ilohiyot  xususida 
m unozara  qilib  qoladi.  G raf  Braunshveyg 
vositachiligida  ruhoniy  bilan  Lesssing  orasidagi  m unozara  to ’xtatiladi. 
Lessingdan  uning  haqiqat  uchun  kurash  huquqini  tortib  olmoqchi 
bo ’lishadi.  Shunda  u  yana  o ’zining  sinashta  minbari  -   teatrga  qaytadi. 
Uning  “Donishm and  N atan”  (1779)  degan  so’nggi  pyesasi  shu  zaylda 
dunyoga keldi.
Bu  hajviy  kom ediya  emas,  aksincha  „mening  yozgan  asarlarim  
orasida  eng  ta’sirchan  pyesa  b o ’lg ’usidir“,  -  deb  yozgan  edi  dram aturg 
asar  ustida  ish  boshlarkan.  Bu  chindan-da  Lessing  asarlari  orasida ju da 
dilga  yaqin  pyesa  bo ’lib  chiqdi.  Lessing  pyesada  diniy  m usohabaga 
urg’u  bermaydi,  balki  adovatchi  ruhoniy  G yotsega 
ajib  bir  olam 
m a'naviyatini  qarshi  q o ’yadi.  U y jo y i  vayron  bo’lib,  oilasidan  judo 
bo’lgach,  nasroniy  qizni  o ’z  tarbiyasiga  olgan  qudduslik  yaxudiy  Natan 
qiyofasida  o ’sha  davr  o ’quvchilari  Lessingning  o ’zini  k o ’rgandek 
bo ’ladilar.  Bu  m ehr-saxovatli  tiyran  aql-zakovat  sohibi  qabohat  va 
nodonlikka qaram a-qarshi  q o ’yilgan  bir shaxs edi.
Lessing  “Donishm and N atan”  pycsasida o ’zi  avval  o lg 'a   surgan  b a’zi 
qoidalardan  chekinadi.  Bu  pyesa  o ’z  shakliga  k o'ra,  m uallifning 
m a’rifiy  falsafiy  dram aga  qaytganini  ko'rsatadi.  Pyesa  sharofatli  va 
leran  insoniy  obrazlarga  boyligi  bilan  sahnadan  m ustahkam   o ’rin  oldi. 
“Donishm and  N atan”  asari  1801 -yili  V eym ar  sahnasida  q o ’yilganda,
63

Gyote  unda  “aks  etgan  sabr-toqat,  armon,  afsus  va  nadom at  tuyg’ulari 
xalqlar qalbida m uqaddas  tu yg’ular b o ’lib qolgusidir”,  deb yozgan edi.
Lessing  o ’z  pyesasining  1779-yili  nashr  etilgan  nusxasini  k o ’rishga 
ulgurdi  xolos.  Oradan  bir  yil  o ’tm asdanoq  dunyodan  ko ’z  yum adi.  A sar 
m uallif vafotidan  uch  yil  o ’tgandan  keyin  sahna yuzini k o ’radi.
“Lessing  bizning  g ’ururim iz  va  m ehr-m uhabbatim izdir”  deb  yozgan 
edi  Hayne.  Lessingning  ijodi  bilan  nem is  dram aturgiyasi  kuch-qudratga 
ega  bo ’ldi;  o ’ziga  xoslik  kasb  etdi,  ulug’  erkinlik  g ’oyalari  bilan 
y o ’g ’rildi.  Uning  butun  umri  bekam u-ko’st  adolat  tantanasi  y o ’lida 
sarflandi.  Lessing  hayotining  so ’nggi  o ’n  yilligida  undagi  turg’unlik 
harakat  bilan,  avvalgi  qonunga  quloq  solish  isyonkorlik  bilan  alm ashdi. 
G erm aniyada “B o ’ron va hujum ”  adabiy y o ’nalishi  vujudga keldi.
Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling