Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet28/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Frans Kafka
(Franz Kafka, 1883-1924)
XX asr adabiyoti taraqqiyotini yangi yo’nalishga solib yuborgan inson va uning umriga o’zgacha munosabatni qaror toptirgan Frans Kafkani dunyodagi eng g’aroyib va tushinarsiz taqdir egasi bo’lgan ijodkor – yozuvchi deyish mumkin.
U 1883-yilning 3-iyulida Praga shahrida savdogar oilasida tavallud topgan. Otasi shahardagi kichikroq fabrika egasi bo’lgan. U uch qizi va o’gli Fransning kelajagini ta’min etmoqchi bo’ldi, lekin o’gli bilan bir umr kelisholmay, bir-birini tushunmay yashadi. Fransning onasi esa ruhoniylar oilasidan bo’ib, u dinga e’tiqodli, pokiza va lobar ayol edi. Ko’p vaqtini bolalari tarbiyasiga bag’ishlar edi. U qizlariga uy ishlari sir-asrorlarini va o’gliga hayot haqida ta’lim berardi. Frans Kafka va otasi o’rtasidagi kelishmovchiliklar uni doimo tashvishga solardi.
Frans Kafka Pragadagi nemis gimnaziyasini a’lo baholarga tugatadi. U 1901-1905(1906) yillarda otasining hohishiga binoan Pragada Nemis Davlat Universitetining Yuridik fakultetida tahsil oladi. Uning talabalik yillari juda mazmunli kechdi. Kafka huquqshunoslikdan tashqari, san’at tarixi va germanistika fanlaridan ma’ruzalar tingladi. Umuman olganda, Frans Kafka universitetning ilg’or talabalari safida edi. Mashhur yozuvchilarning asarlarini o’qish uning sevimli mashg’ulotlaridan bo’lgandi. U Universitetni tamomlab, 1906-1907 yillarda Praga shahar sudining advokatlar idorasida amaliyot o’tadi. 1907 yildan boshlab esa (oktyabrdan) xususiy sug’urta idorasiga xizmatga kiradi. 1908-yilda Pragada tijorat akademiyasida o’z malakasini oshirdi va shundan so’ng u turli kam haq to’lanadigan muassasalarda ishladi. 1917-yilda F.Kafka sil kasaliga mubtalo bo’ladi. 1922-yilda salomatligi tufayli nafaqaga chiqadi. 1923-yili Berlinga boradi, lekin sog’ligining yomonlashgani bois Pragaga qaytishga majbur bo’ladi. F.Kafka 1924- yilning 3-iyunida Vena shahri atrofidagi Kirling sanatoriyasida vafot etadi.
F rans Kafka o’zining 40 yillik qisqa umri davomida jahon adabiyotiga ulkan hissa qo’shishga ulgurdi, u „Niemand wird lesen, was ich hier schreibe“, ya’ni “Mening yozganlarimni hech kim o’qimasa kerak”, deb yozgan edi. Adib hayoti va ijodini o’rgangan adibshunoslar “F.Kafka ko’proq o’zi uchun yozgan”, deyishadi. Nima sababdandir u o’z asarlaridan qoniqmas, ularni chop etishga shoshilmas, xatto o’limi oldidan Marks Brodga o’zining chop etilmagan barcha qo’lyozmalarini yoqib tashlashni astoydil vasiyat qilgan edi. “Menda adabiy qiziqishlar yo’q, men o’zim adabiyotdan iboratman”, - degandi Frans Kafka do’stlaridan biriga u o’z asarlari haqida: “Men ularni yaratgan onlarimnigina hurmat qilaman xolos”, – derdi. Kafkaning yozganlari tamomila kutilmagan va o’ziga xosdir. Uning asarlaridagi mavzu esa kundalik turmush va fantastik mavzular edi. Yozuvchi bu ikki tushinchani bir-biriga chambarchas bog’lagan holda asarlar yaratgan. Sevgi va muhabbat uning asarlarida boshqa yozuvchilar ijodiga o’xshab ustivor mavzu emas edi.
F.Kafkaning otasi bilan munosabati ancha yomon edi. Bunga sabab esa ikki shaxsning ikki xil qarashlari va orzu-maqsadlarining to’gri klemasligi edi. U o’z otasidan doimo norozi yurardi. U asarini hayotidagi shu voqealar asosida yozgan. Otasining hohishi tufayli u yurist - xuquqshunos bo’ldi, lekin uning keyingi hayotiga otasi aralashmasligini hohlardi. U tabiatan o’jar va qo’rs edi. Otasiga esa uning bu tabiati ma’qul emas edi. Har safar o’gli bilan bo’ladigan suhbatlar ko’ngil ranjishi va yechimsiz masalalar bilan tugardi. Bu esa ota va og’il o’rtasidagi qondoshlik rishtalarining yemirilishiga olib kelardi. F.Kafkaga hayotda ko’p narsalar yoqmasdi va u bu narsalardan qutilishning birgina yo’li biror-bir hashoratga aylanib qolish deb o’ylardi. “Verwandlung(evrilish)” asarida xuddi shu muammo, hayot tashvishlarini yengishga qaratilgan edi. Asarda yozilishicha, bir kuni behalovat tushdan uygongan Georg Samsa hashoratga aylanib qolganligini sezadi. Avval oila a’zolari, so’ngra ishidagi hodimlar bu voqeadan hayratga tushadilar va uni o’z holiga qaytarish choralarini ko’ra boshlaydilar. Asar voqealari shunga o’xshash fantastik tarzda davom etadi. F.Kafka bu asarida ko’proq o’z hayotini tasvirlamoqchi bo’lgan. Hayot tashvishlaridan zerikkan, biroz loqayd bu shaxsning kayfiyati bevosita o’z asarlariga ko’chgan.
F. Kafka haqida yana bir ma’lumot: “Kafka” so’zi texnik so’z bo’lib, “Dohl”, yani bir qush turidir. Kafkaning otasi, savdogar, o’z firmasidagi maxsulotlariga shu nom bilan emblema qo’yib sotar edi. Bu esa Fransga tabiiyki yoqmas edi.
Yozuvchi hayoti davomida juda ko’p asarlar yozadi. Ularning orasida eng mashxurlari quyidagilardir:
Bir kurash tarixi” (ilk asari 1902-1903 yillar), “Qurilish” (oxirgi asari 1923), “Amerika” (birinchi romani 1911-1916), “Jarayon” (1915-1918, ikkinchi romani), “Qo’rg’on” (1921-1922 yillar oxirgi romani), “Evrilish”, “Xukm”, “Jazo koloniyasida”, “Otamga xat”, “Ochlik ustasi” va boshqalar Frans Kafkaning ijodiy merosidir.

Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling