Nemis adabiyoti tarixi
Download 5.22 Mb.
|
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hammaga
- Die Linkskurve
- „Baxt izlovchi va yetti mashaqqat (
- „Vidolashuv“ (
- “Tiklanish” (
- “Ma’no va shakl”
- Sheriyat himoyasi yo’lida”
15. GDR ADABIYOTI
Yohannes Robert Bexer Bertold Brext Krista Volf Yohannes Robert Bexer (Johannes Robert Becher, 1891-1958) Y.R.Bexer 1891-yilning 22-mayida xizmatchi oila-sida Myunxen shaxrida tavallud topgan. Bexerning onasi farmatseft (dorishunos) oilasidan bo’lib otasi xuquqshunos – sud xodimi keyinchalik mamlakat sudyalar kollegiyasining Raisi lavozimida ishlagan. Y.R.Bexer 1897-yildan Myunxendagi xalq maktabida tahsil oladi. 1900-yilda Maksimilian gimnaziyasiga qabul qilinadi. Oilaviy sharoitiga ko’ra u ko’p marta maktabini o’zgartirishga majbur bo’ladi. 1911-1912-yillarda Y.R.Bexer Berlin universitetida filologiya, falsafa va tibbiyot yo’nalishlari (keyinchalik u o’qishini Myunxen va Yena universitetlarida davom ettirgan) bo’yicha saboq olgan. 1911-yilda nemis shoiri Klayst vafotining 100-yilligiga bag’ishlangan ilk she’ri Klayst madhiyasi e’lon qilinadi. 1912-yildan boshlab Frans Premfertning “Aktsion” jurnalida adabiy muharrir bo’lib ishlay boshlaydi. Xuddi shu yili Y.R.Bexerning “Zamin” (Erde) romani va Bahor saxovati (Die Gnade eines Frühlings) she’rlar to’plami bosilib chiqadi. 1913-yildan boshlab Y.R.Bexer ekspressionistik* yo’nalishdagi Inqilob (Revolution) va Yangi san’at (Die neue Kunst) jurnallari faoliyatida qatnashadi. Birinchi jahon urushi oldidan chop etilgan Inqiroz va Tantana (Verfall und Triumph) shoirni ekspressionizmning yetakchi nomoyandalari qatoriga ko’tardi. Yosh shoirlar bu yo’nalishdagi asarlarida o’zlarining urushga qarshi kayfiyatlarini ifodalar edilar. 1916-yilda e’lon qilingan “Yevropaga” (An Europa) lirik majmuasida Bexer insoniyatni yangilanishga chorlaydi”. 1917-yilda u Germaniya mustaqil Sotsial demokratik partiyasi a’zoligiga qabul qilinadi. 1918-yildan Spartak uyushmasi a’zosi, 1919-yildan Germaniya Kommunistlar partiyasiga qabul qilingan Y.Bexer „Hammaga“ (An alle) she’rlar to’plamini e’lon qiladi. 1925-yilda u urushga qarshi romani „Levizate“ yoki birdan-bir adolat urushi“ romanini chop ettirdi. 1928-yilda Y.R.Bexer Lyudvik Renn, Aleksandr Abushlar bilan hamkorlikda proletar-inqilobiy yozuvchilar uyushmasini tashkil etadi va uyushmaning birinchi raisi va „Die Linkskurve“ jurnalining noshiri etib tayinlanadi. 1931-yilda Bexerning „Buyuk plan“ (Der grosse Plan) poemasi e’lon qilinadi. Bu poema G’ofur G’ulom tomonidan o’zbek tiliga o’girilgan va „Yer yuzi“ jurnalida chop etilgan. Gitler hokimyat tepasiga kelgach, Bexerning muhojirlik hayoti boshlanadi. Avval Pragada, keyin Parijda yashayda, 1935-yildan boshlab Moskvada yashaydi va u yerda muhojirlik – nemis adiblari va shoirlari bilan birgalikda „Internationale Literatur, Deutsche Blätter“ (xalqaro adabiyot nemis varaqalari)ni chiqaradilar. Y.Bexer bu jurnalning bosh muharriri edi. Bu paytda u GKP markaziy qo’mitasi a’zosi sifatida aktiv faoliyat olib boradi. 1938-yilda chop etilgan „Baxt izlovchi va yetti mashaqqat (Der Glücksucher und die sieben Lasten) she’rlar to’plamida nemis fashizmini la’natlaydi. Bexerning faylasuf Georg Lukach bilan do’stligi nemis klassik me’rosini o’rganishga da’vat etdi va o’zi uchun sonet janrini kashf etdi. Tomas Man singari Y.R.Bexer ham o’z timsollarida nemis xalqining eng yaxshi an’analarini mujassamlashtirishni xohlar edi. 1940-yilda Bexerning avtobiografik romani „Vidolashuv“ (Abschied) chop etiladi. 1968-yilda bu asar ekranlashtirilgan. 1945-yil iyunida ikkinchi jahon urushi tugagach Y.R.Bexer Berlinga qaytadi va u yerda “Germaniyani demokratik yangilash bo’yicha madaniy uyushma”ni tashkil etish tashabbuskori va birinchi Prezidenti bo’ladi. U ko’plab yozuvchilarning muhojirlikdan Vatanlariga qaytishlari uchun sa’y-harakat ko’rsatadi. Shuningdek, shoir tiklanish nashriyoti, “Tiklanish” (Aufbau) oylik jurnali va xaftalik “Yakshanba” (Sonntag) gazetalariga asos soladi. Muhojirlik kechinmalarini yangitdan boshlash imkoniyatlari bilan bog’lab u o’zining “Vatanga qaytish” (Heimkehr) lirik to’plamini chop ettiradi. Y.R.Becher Germaniya birlashgan sotsialistik partiyasi boshqaruvi a’zosi, keyinchalik (markaziy qo’mita) a’zosi sifatida siyosiy va ijtimoiy ishlarda faol qatnashadi. 1949-yilda adabiy jurnal “Ma’no va shakl”ni ta’sis etishda tashabbuskorlik qildi. U ishchi qo’shiqlari an’analari yo’lida “Yangi nemis xalq qo’shiqlari”ni yaratdi. 1951-yilda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan Humboldt universitetining faxriy doktori sharafiga muyassar bo’ldi. “Sheriyat himoyasi yo’lida” adabiyotdagi yangiliklar haqidagi kuzatishlari maxsuli bo’lib, u 1952-yilda dunyo yuzini ko’rdi. 1954-58-yillari Madaniyat ishlari vaziri lavozimida ishlagan Y.R.Becher G’arbiy German yozuvchilari bilan aloqalar o’rnatishga harakat qildi. “Asr o’rtasi odimlari” (Schrift der Jahrhundertmitte) she’rlar kitobi shoirning so’ngi kitobi bo’lib, u 1958-yilning 11-oktyabrida Berlinda og’ir kasallikdan so’ng vafot etgan. O’z vasiyatiga ko’ra u Berlindagi Darotee shahar qabristoniga dafn etilgan. Download 5.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling