Nemis adabiyoti tarixi
Download 5.22 Mb.
|
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Askar o’limi haqida qissa”
- Xonaki muloqotlar
- “Qo’shiqlar, she’rlar, xorlar”
- “Bukov baytlari”
- “Xanna Kash qissasi”
- „Tunda yangragan nog’oralar“
- „Jasurmomo va uning bolalari“ (
- “Berlin ansambli”
Bertold Brext (Bertoldt Brecht, 1898-1956)
B ertold Brext 1898-yil 10-fevralda Bovariyaning Augstburg shaharchasida o’ziga to’q savdogar oilasida dunyoga keldi. Aqlini tanigach, u ijodning halol va mashaqqatli so’qmoqlariga qadam qo’ydi. She’rlari 1914-yildan matbuot sahifalarida muntazam bosila boshladi. Yigirma yoshida yozgan “Askar o’limi haqida qissa” sh’eri uni mamlakatga tanitdi va keyinchalik gitlerchilar Brextni Germaniya fuqarosi huquqidan mahrum qilishlariga sabab bo’ldi. 1918-yilda uning dastlabki pyesalari ham sahna yuzini ko’ra boshlagan. Kleyst mukofoti sohibi Brext o’z asarlari izidan avval Myunhenga, 1924-yili Berlinga ko’chib o’tadi. 1927-yilda shoirning “Xonaki muloqotlar” nomli birinchi kitobi bosilib chiqdi. Undagi she’rlar xuddi hayotning o’zidagiday rango-rang: ochlar va to’qlar, bezori va ruhoniylar, g’irromlar va mirshablar haqidagi dilida tug’yon urgan hislarni Brext goh kulib, goh kuyib, goh qochirib, goh zaharhanda bilan bayon etadi. Shoir 1934-yilda “Qo’shiqlar, she’rlar, xorlar”, 1939 yilda “Svendborg she’rlari” nomi bilan bosilgan yangi kitoblarini yangi jilo va g’oyalar bilan boyitdi. She’rlar havoyi va chuchmal bezaklardan xalos bo’ldi, halol va sodda haqiqat qo’shig’i sifatida qayta tug’ildi, yuksaldi. Uning 50-yillar boshida Berlin yaqinidagi Bukov qishlog’ida yashab yaratgan “Bukov baytlari” turkumini tashkil etuvchi nafis she’rlari qisqa va yorqinligi bilan, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Brext she’riyatining o’ziga xos xislatini eslatib o’tish lozim. U she’rlarining juda ko’pchiligida o’z timsoliy his va fikrlarini to’g’ridan-to’g’ri ifoda etib o’tirmay, hayotda uchratgan va ko’nglining bir chetida joy olib qolgan qahramonlari tilidan, ularning fe’l-atvoridan kelib chiqib so’zlaydi. Bunga misol qilib “Xanna Kash qissasi”dagi ruhoniy hikoyasi yoki “Qaroqchi va qirol”dagi bayonni ko’rsatish mumkin. Xuddi shunday holni “Mening botir uchuvchim”ni va “Gollivud” singari qator nazmlarda ham ko’ramiz. Buning boisi Bertold Brextning tabiatan dramaturg, ulkan sahna ustasi ekanidadir. Uning dramaturglik faoliyati ham yoshligidan boshlangan. O’sha davr teatrshunoslaridan birining yozishicha, „Tunda yangragan nog’oralar“ pyesasi qo’yilgach, „yigirma to’rt yoshli Bertold Brext bir kunning ichida Germaniyaning badiiy qiyofasini o’zgartirib yubordi“. „Uch pullik opera“si (1982 yil) sahnalashtirilganidan keyin uning uning nomi vatanidan tashqarida ham yangray boshladi. Asarlariga esa jahonshumul mavzular kirib keldi. „Jasurmomo va uning bolalari“ (Mutter Courage und ihre Kinder, 1939) asarida urush orqasidan tirikchilik qilib yurgan va urush tufayli farzandlaridan judo bo’lgan Ona siymosini yaratadi. Ijodkorning hayoti ham, xuddi qahramonlariniki kabi, chuqur dramatizm bilan to’la. Uning nomini fashistlar o’zlarining ashaddiy dushmanlari ro’yxatiga kiritgan edilar. U 1933 yil 28 fevralida Germaniyadan qochib, faqat 1948-yil 28-oktabrida vataniga qaytdi. Germaniyaga qaytgach, Brext “Berlin ansambli” nomli teatr tuzadi. San’at akademiyasiga vitse-prezident etib saylanadi. Shveytsariyalik mashhur yozuvchi Maks Frish tirikligadayoq unga “Brext - klassik” deb baho bergan edi. Brext o’tkir rejessyor, teatr islohotchisi edi. 1956-yil boshida, “Galiley hayoti” pyesasini o’z teatrida sahnalashtirishga kirishar ekan, uning salomatligi yomonlasha boshlaydi. O’sha yil 14 avgustida, Bertold Brext hayoti bilan vidolashadi. Download 5.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling