Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet36/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Sovrindor bilan musohaba.

Fokus: Janob Gras, 20 yildirki siz Nobel mukofoti laureatligiga doimiy nomzodsiz. Nihoyat, mukofot sizniki.


Gras: Men bu mukofotni kutganim va chamalaganim ham yo’q. Doimo o’z kitob-u qo’lyozmalarim bilan bandman. Mukofotni 40 yoshimda emas, 70dan o’tganimda loyiq ko’rishgani meni g’oyat shodlantiradi va quvonch bag’ishlaydi. Chunki 40 yoshli muallifni ushbu mukofot zalvori ezib qo’yishi hech gap emas edi.
Fokus: Xushxabarga ilk munosabatingiz qanday bo’ldi?

Gras: Birdaniga onam yodimga tushdi. Xursandligimga sherik bo’lsalar edi – deb o’yladim. Chunki ular mening ilk mashqlarimni bilar va kelajagim uchun doimo g’amxo’rlik qilar edilar. Mendagi bor fazilatlar onamdan meros.


So’ngra Haynrich Byol haqida, undan 27 yil muqaddam shunday nufuzli mukofotga sazovor bo’lgan so’z sehrgari haqida o’yladim. Rahmatli maslakdoshim Haynrix Byolga, “Haynrix bunga nima deysan?” – degim keldi. Aminman-ki, u bundan xursand bo’lgan bo’lar edi, – deb yozgan edi.

Jahonning eng yuksak adabiy mukofotiga loyiq ko’rilgan “Tunuka nog’ora” o’ta jonli va ta’sirchan tilda yozilgan bo’lib, keyinchalik Folker Shlyondorf tomonidan ekranlashtirilgan. Bu asarda g’aroyib bola Oskar Motserat o’z bolalik istiqbolidan kattalar dunyosiga nazar tashlaydi va o’zining tunuka nog’orasi tufayli bevosita o’zi ishtirok etmagan hodisalarni ham bayon etadi.


“Tunuka nog’ora” orqali ilk bora G.Grasning tarixiy haqiqatni syurreal-grotesk tasvirlariga qarama-qarshi qo’ydi va o’z uslubini mazkur romanida belgilab oldi. Nemis tilli yozuvchilar orasida birinchilardan bo’lib ikkinchi jahon urushi taassurotlarini o’z asarlarida ifodaladi.
Danstigda kechgan ikkinchi jahon urushi hodisalari G.Grassning “Mushuk va Sichqon” nomli asarida o’smir Yoaxim Malke taqdiri bayon etilgan bo’lsa, Dantsig trilogiyasining uchinchi kitobi “Itlik yilllari” urush mavzusini yakunlaydi.
1977-yilda G. Grassning “Der Butt” (Qalqon baliq) romani unga epik muallif sifatida xalqaro shuhrat keltirgan asardir.
1986-yilda adib “Qutqaruvchi” (Die Rättin) asarini e’lon qiladi, unda G.Gras insoniyatni o’ziga-o’zi su’i-qasd qiluvchi jonzot deb baho beradi. 1989-yilda G.Gras san’at akademiyasidan siyosiy e’tiqodiga ko’ra chiqishga ahd qiladi (Akademiya Salmon Rushdi bilan birdamligini ifodalovchi tadbir o’tkazgan Gyunter Grasning 1995-yilda yozgan “Oq dala” romanidagi voqealar Berlin devori qurilishidan to Germaniyaning qayta birlashuvi kunlarigacha bo’lgan voqealarni, shuningdek, nemis tarixining 1848-yilgi nemis inqilobidan hozirgi kunlargacha bo’lgan hodisalarning bayoniga bagishlangan. Jamoatchilik tomonidan bu kitob shu qadar qizgin muhokama qilindiki, kitob chiqarilganiga 8 hafta bo’lar-bo’lmas, uning beshinchi nashri dunyo yuzini ko’rdi.
Gyunter Gras 1989-yilda o’zi tark etgan Berlin san’at Akademiyasiga qayta saylandi. Shu yilning avgustidan boshlab SDP (Sotsial demokratlar partiyasi) uchun saylovoldi tadbirlarida ishtirok etadi.
Gyunter Gras 1999-yil iyulida “Mening asrim” (Mein Jahrhundert) asaridan parchalar e’lon qila boshlaydi. Bu asarda u asrning har yili uchun bir tarix keltirib, uning o’ziga xos hikoyanavis ekanligini ko’rsatadi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling