Nemis adabiyoti tarixi
Download 5.22 Mb.
|
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- Georg Byuxner
- “Gaygtdagi uchrashuv” (1779), “Qurillash ovozi” (1922), “Keng dala” (1995), “Mening asrim”
- “Tunuka nog’ora”
Gyunter Gras (Günter Grass, 1927)
Gyunter Gras 1927-yilda Dantsigda tavallud topgan, ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi. U 1948-56-yillarda Dyusseldorf va Berlinda haykaltarosh va grafika bo’yicha tahsil olgan. U 1955 yildan boshlab “47-lar adabiy guruhi” a’zosi, 1961 – yildan boshlab Villi Brant boshliq sotsial demokratlar partiyasi a’zosi. G.Gras 1983-1986-yilda Berlin San’at Akademiyasi Prezidenti etib saylanadi. 1986-1987-yillarda yozuvchi Kalkutta safarida bo’ladi. G.Gras uzoq vaqt Berlinda (hozirgi paytda Lyubek yaqinida)gi Belendorfda istiqomat qiladi. Gyunter Gras Georg Byuxner (1965), Teodor Xoys (1969) mukofoti sovrindoridir. Bavariya badiiy akademiyasi mukofoti sohibi, ko’plab universitet va shaharlarning faxriy doktori va fuqarosidir. “Shamoldagi tovuqlar imtiyozi” (1956), “Tunuka nog’ora” (1959), “Sichqon va mushuk” (1961), “Itlik yillari” (1963), “Mahalliy kabutarlar” (1969), “Gaygtdagi uchrashuv” (1779), “Qurillash ovozi” (1922), “Keng dala” (1995), “Mening asrim” (1999) kabi asarlari Gyunter Grasning nafaqat Germaniyada, balki butun Yevropa mintaqasida mashhurligini belgilagan asarlardir. Bir necha o’n yillarki, omad Gyunter Grasni chetlab o’tayotgan edi. U Stokgolmdan keladigan xabarlarning oddiy kutuvchisi bo’lib qolishdan boshqa iloji yo’q edi. 27 yillik tanaffusdan so’ng 71 yoshli nemis muallifi Gyunter Gras adabiyot sohasida beriladigan 93-Nobel mukofotining sohibi bo’ldi. G.Gras nemis tilli mamlakatlardan ushbu oliy mukofotga sazovor bo’lgan 11-Nobel mukofoti sohibidir. Shved akademiyasidan kotiba qiz Gyunter Grasga qo’ng’iroq qilib uning yuksak mukofotga loyiq ko’rilganini xabar qilganida, u o’zining Belendorfdagi hovlisida rasm chizib o’tirgan, ushbu kun Hamburgga borib tish davolatishni doktor bilan kelishib qo’ygan edi. 1 million dollar deb belgilangan Nobel mukofoti bilan G.Grasni taqdirlagan Shved akademiyasi nemis ijodkorlarining bir umrlik ijodini e’tirof etgan bo’lsa ham, mukofotning “sababchisi” muallifning “Tunuka nog’ora” (Blechtrommel, 1959) romani ekanligini qayd etib, “To’q qora bo’yoqlardagi hikoyalar (tasvirlar)da tarixning unutilgan qiyofasi” portretini ifodalaganligini alohida uqtiradi. Bundan 40 yil muqaddam chop etilgan “Tunuka nog’ora” romanida G.Gras nemislarining o’zlari yaratgan eng yaqin tarixini urushdan keyingi yillardagi iqtisodiy mo’jiza nemis xarakteridagi nima bilandir band bo’lish hislatlarini ro’yi-rost ta’sirli til bilan ifodalagan. Uning keyingi kitoblari ham beststellarga aylanib, qo’lma-qo’l bo’lganining boisi birinchidan nemis jamiyati hayotining muayyan bo’lagi haqqoniy badiiy ifodasini topganligi bo’lsa, ikkinchidan muallifning o’zi asarlari qahramonlari singari so’l intellektual, noqulay suhbatdosh, o’z nuqtai-nazariga sodiq baxs-munozaraga moyil ma’rifatparvar bo’lganligidir. Nobel mukofotiga sazovor bo’lishi munosabati bilan G.Gras bir necha davriy nashrlarga musohaba berdi. Shulardan biri “Fokus” G.Gras bilan qilgan suhbatdan kichik parchani e’tiboringizga havola qilamiz. Download 5.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling