New uzbekistan: innovation, science and education
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
Апрель 2023 10-қисм
Тошкент ‘‘ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИННОВАЦИЯ, ФАН ВА ТАЪЛИМ’’ yaratadi bu esa o‘quvchilarni dars davomida erkin faoliyat olib borishlariga imkoniyat yaratadi. O‘yindan samarali va olib borilayotgan darsning mazmuniga mos holda foydalanish o‘quvchiga dars davomida berilayotgan manbaalarni mustaqil o‘zlashtirishini, ijodiy tafakkurini o‘stiradi. O‘yin o‘quvchilarni yashirin imkoniyatlari va fanga bo‘lgan qiziqishini ochib beradi. Didaktik o‘yinlar bolalar faoliyatini rivojlantiribgina qolmay, ularning fikrlarini bir joyda to‘plab, tez va aniq bayon etishga, mashg‘ulotlar jarayonida o‘zaro hamjihatlikda faol harakat qilishga undaydi. O‘quvchilarda bilm olishga, tengqurlaridan ortda qolmaslikdan ortta qolmaslik hissi kuchayadi. Dars jarayonida jo‘shqin vaziyat yuzaga keladi. Eng muhumi bolalardagi iqtidor, salohiyat, maqsadga intiluvchanlik yuzaga chiqadi va mukammallashib boradi. Yosh avlodga ta’lim tarbiya asoslarini puxta o‘rganish ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy axloqiy sifatlarini shakllantirish borasidagi ta’limiy – tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini mavzu harakteriga qarab xilma – xil, qiziqarli va fikrlashga da’vat etish o‘quvchilardan mustaqil ijodiy mushohada yuritish o‘z fikrini aniq, ravon, ixcham holda o‘zgalarga yetkaza bilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda yordam beradi. Boshlang‘ich sinflarda Grammatik mavzu va o‘quv faoliyati bilan bog‘liq turli ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilarning bilish faoliyatini oshiradi, aqliy charchoqlikni oldini oladi. Shuningdek olingan bilimlarni mustahkamlash va nazorat qilishda samarali vositalardan sanaladi. Ayniqsa ona tili darslarida olib boriladigan ta’limiy o‘yinlarning ahamiyati nihoyatda katta bo‘lib, ular mazmuniga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. Grammatik topshiriqlar o‘quvchilarning darsda faolligini oshirish bialn birga bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yengillashtirish va mustahkamlash, nutq o‘stirishga yo‘naltirilgan har bir mashg‘ulotni qiziqarli tashkil etishga xizmat qiladi. Didaktik o‘yinlar bolalar faoliyatini rivojlantiribgina qolmay, ularning fikrlarini bir joyda to‘plab, tez va aniq bayon etishga, mashg‘ulotlar jarayonida o‘zaro hamjihatlikda faol harakat qilishga undaydi. O‘quvchilarda biilm olishga, tengqurlaridan ortta qolmaslik hissi kuchayadi. Dars jarayonida jo‘shqin vaziyat yuzaga keladi. Eng muhumi bolalardagi iqtidor, salohiyat, maqsadga intiluvchanlik yuzaga chiqadi va mukammallashib boradi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bugungi dunyo miqyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi ehtiyojidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi texnika va texnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishi juda muhim. Dars jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanishni bilishi lozim. Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida barcha o‘quvchilarga tushunarli, oson, qiziq bo‘lgan usullarnitanlashi va qo‘llay olishi, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tadbiq qilishi, ta’lim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, pedagogik texnologoyalardan to‘g‘ri va unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir. O‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an’anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta’lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Dars jarayonida yangicha muhitni shakllantirish, zamonaviy ko‘rgazmalardan, interfaol metodlardan foydalanib mazmunli olib borish zarur. Pedagogik texnologiyalardan foydalanishda ta’limning mazmunini belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o‘quvchilarning bilimlarni keng egallashi va ma’naviy fazilatlarni o‘zlashtirishga yunaltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta’limning natijasi va o‘zlashtirish darajasini aniqlash ularni ob’ektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘qish darslari jarayonida erkin va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi natijasida, o‘quvchilar atrof olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, shuningdek, asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar orqali ular insoniy fazilatlarni anglash, bilimlarni chuqur o‘rganish, keng fikrlash, tegishli qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling