Hakamlik sudlari to’g’risidagi qonunga muvofiq nizo hakamlik sudlarida ko’rilishi uchun tomonlar o’rtasida hakamlik bitimi mavjud bo’lishi zarur.
11-modda. Nizoni hakamlik sudining hal qiluviga topshirish
Hakamlik bitimi mavjud bo‘lgan taqdirda, nizo hakamlik sudining hal qiluviga topshirilishi mumkin.
Vakolatli sudning hal qiluvida bo‘lgan nizoga oid hakamlik bitimi vakolatli sud nizo yuzasidan hal qiluv qarori
qabul qilguniga qadar tuzilishi mumkin.
|
|
|
Toshkent shahar Hamza tumani hokimligining binosini kapital ta’mirlash bilan shug‘ullanayotgan pudratchi tashkilot bilan shartnoma shartlari asosida nizo yuzaga keldi. Taraflar mazkur nizoni ko‘rib chiqib hal qilish uchun qisqa muddat va kam xarajat ketishini hisobga olib hakamlik sudiga murojaat qilishdi. Hakamlik sudi da’vo arizasini qabul qilishni rad qildi.
Savol:
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Hakamlik suding harakatlari qonuniymi? Fikringizni asoslantiring?
Taraflar o’rtasida Hakamlik sudlari to’g’risidagi qonunga muvofiq nizo hakamlik sudlarida ko’rilishi uchun tomonlar o’rtasida hakamlik bitimi mavjud bo’lishi zarur.
11-modda. Nizoni hakamlik sudining hal qiluviga topshirish
Hakamlik bitimi mavjud bo‘lgan taqdirda, nizo hakamlik sudining hal qiluviga topshirilishi mumkin.
Vakolatli sudning hal qiluvida bo‘lgan nizoga oid hakamlik bitimi vakolatli sud nizo yuzasidan hal qiluv qarori
qabul qilguniga qadar tuzilishi mumkin.
|
|
|
Toshkent xalqaro arbitraj markazi arbitraj majlisida Litva kompaniyasi vakili (da'vogar) ishlarni ingliz tilida olib borishni taklif qildi, Rossiyalik tadbirkorlik subyekti vakili (javobgar) esa rus tilida o'tkazishni taklif qildi. Ikkala taraf ham o'zlarining iltimosnomalarini nizo bo'yicha arbitrajga hal qilish uchun yuborilgan shartnomaning nusxasi tegishli tilda bo'lganligi bilan tasdiqladi. Ishni yakka ko'rayotgan arbitr ikkala tilni ham yaxshi bilishini aytib, biroq taraflar arbitraj muhokamasi davomida til to'g'risida kelishuvga erishmagani uchun arbitraj ishni Markazning qoidalariga binoan o'zbek tilida o'tkazilishini ma'lum qildi.
Arbitrning harakatlari to'g'rimi?
Odatda til masalasi taraflar tomonidan qachon hal etilgani maqsadga muvofiq?
|
Do'stlaringiz bilan baham: |