Fazoviy tavsifnomasi. Barcha jismoniy mashqlar fazoda bajariladi. Fazoviy tavsif o‘z ichiga dastlabki holat, mashqlarni bajarish paytida gavda va uning qismlarini holatini, trayektoriyasini oladi
Dastlabki holat (DH) – bu gavda qismlarining mashqlarni bajarish arafasida nisbatan harakatsiz holatidir, u harakatga tayyorgarlikni ifodalaydi.
Dastlabki holatni o‘zgartirib, tana holati qismlarini ketma-ketligini o‘zgartirib organizmga ta’sir etuvchi jismoniy yuklanishlarni to‘g‘ri boshqarib olib borishga ham imkoniyat yaratadi.
Harakat trayektoriyasi – ya’ni tana holati harakatlanayotgan gavda qismining yo‘nalishi trayektoriya deyiladi. Trayektoriyada shakl, yo‘nalish va amplituda aniqlanadi.
Tana qismi yoki buyumni o‘tish yo‘lini trayektoriya (yo‘nalish) deb ataladi. Shakli jihatidan hamma harakatlar to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli yo‘nalishda bo‘ladi. Boksda va qilichbozlikda to‘g‘ri chiziqli harakatlarni uchratish mumkin. Qolgan hamma mashg‘ulotlarda, sport turlarida faqat egri chiziqli harakatlarni ko‘rish mumkin.
Harakat yo‘nalishi. Jismoniy mashqlarning ayrim muskullar rivojlanishi va harakat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarilishiga (nishonga tekkizish) harakatlanayotgan gavda, uning qismlari (yoki buyumga) beriladigan yo‘nalishga bog‘liq. Kishi gavdasining asosiy yunalishlarini quyidagicha atash qabul kilingan: yuqoriga-pastga, oldinga-orqaga, o‘ngga-chapga.
Harakatlar amplitudasi – bu gavda qismlari o‘zgarishi yo‘lining kattaligidir. Ular burchak kattaliklari (graduslar) chiziqli o‘lchovlar (qadam uzunligi), shartli belgilar (yarim cho‘qqayishlar) yoki tashqi chamalasi (polga tekkuncha engashishlarda) bilan belgilanishi mumkin.
Harakatlar amplitudasi suyak, bo‘g‘in, pay va mushaklarning elastik tuzilishiga bog‘liq.
Fazoviy – vaqt tasnifi. Tezlik va tezlanishlar kiradi.
Harakat tezligi gavda yoki uning qismlari bilan bosib o‘tilgan yo‘l ko‘lami (uzunligi) ning unga sarflangan vaqtga nisbati bilan belgilanadi. Agar tezlik yo‘lning barcha nuqtalarida bir xil bo‘lsa, bu harakatni tekis harakat deyiladi, agar u o‘zgarib tursa, notekis harakat deyiladi. Tezlikning vaqt birligidagi o‘zgarishi tezlanish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |