Nomuayyan muddatga ishga qabul qilish toʻgʻrisida F. I. Sh


Quyidagilar nazarda tutilsin


Download 0.89 Mb.
bet49/58
Sana16.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1518854
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58
Bog'liq
buyruqlar

5. Quyidagilar nazarda tutilsin:
TASHKILOT xodimlari 3 kunlik muddat ichida majburiy profilaktik emlashdan o‘tish haqida 1-ilovadagi namunaga muvofiq ogohlantiriladi;
– ogohlantirishni olgan xodimlar mazkur buyruqning 3-bandida ko‘rsatilgan muddatlarga rioya qilgan holda profilaktik emlashdan o‘tadilar yoki emlashga mone’lik (to‘siq) qiluvchi holatlar mavjudligi haqidagi hujjatlarni 20__-yilning __-______ga qadar ish beruvchiga taqdim etadilar;
– emlashdan o‘tgan xodimlar vaksina olgan kunning o‘zida ish beruvchiga vaksina olganligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa ma’lumotlar (tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi yuborgan
SMS-xabarlar va boshqalar)ni taqdim etadi;
– ish beruvchining talablarini rad qilib, mazkur buyruqning 3-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda emlashdan o‘tmagan xodimlar Mehnat kodeksining
113-moddasi 3-qismiga muvofiq ishga qo‘yilmaydi va ish beruvchining alohida buyrug‘i bilan toki emlashdan o‘tib, asoslovchi hujjatlar (ma’lumotlar)ni taqdim etguniga qadar ishdan chetlashtiriladilar.
6. Direktor o‘rinbosari F.I.Sh va Kadrlar bo‘limi boshlig‘i F.I.Sh xodimlarni profilaktik emlashdan o‘tkazish va targ‘ibot tadbirlarini tashkillashtirishga mas’ul etib belgilansin.
Ular zimmasiga:
– 3 kunlik muddat ichida barcha xodimlarga aniq muddatlari ko‘rsatish asosida profilaktik emlashdan o‘tish to‘g‘risidagi ogohlantirish xatlarini imzo chektirgan holda topshirish;
– 20__-yilning ___-______ga qadar xodimlarga majburiy vaksinalash muddatlari haqida eslatmalar berib borish, bunda xodimlar o‘rtasida koronavirusga qarshi kurashish uchun vaksinasiyaning ahamiyati haqida doimiy targ‘ibotlar o‘tkazish;
– vaksina olgan va vaksina olmagan xodimlarning hisobini alohida tarzda olib borish, vaksinalangan xodimlardan va emlashga to‘sqinlik holatlari bor xodimlardan asoslovchi hujjatlar (ma’lumotlar)ni yig‘ib alohida yig‘majild shakllantirish hamda direktorga har kunlik hisobot berib borish;
– 20__-yilning ___-______dan keyingi muddatlardan boshlab, qonuniy talablarni rad etib emlashdan o‘tmagan yoki boshqacha tarzda bundan bosh tortib kelayotgan (emlashga to‘siq bo‘ladigan holatlar haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan, turli bahonalar bilan emlashni ortga surib kelayotgan) xodimlarni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq loyihalarini ish beruvchiga kiritish vazifalari yuklatilsin.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling