Normamatova dildora


) Shaxs-son qo'shimchalarining xarakterli xususiyatlari


Download 113.68 Kb.
bet28/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

4) Shaxs-son qo'shimchalarining xarakterli xususiyatlari:
Shaxs-son qo'shimchalari har doim KESIM tarkibida, ya'ni fe'l kesim tarkibida qo'llaniladi va ular ham "MEN, BIZ, SEN, SIZ, U, ULAR; O'ZIM, O'ZIMIZ, O'ZING, O'ZINGIZ, O'ZI, O'ZLARI" kabi egalarni talab qiladi(ular matnda qatnashmasligi mumkin, lekin o'rniga tiklanadi). -m, -k, -ng, -ngiz kabi shaxs-son qo'shimchalari o'tgan zamon "-di" va shart mayli "-sa" qo'shimchalaridan keyin keladigan shaxs-son qo'shimchalari hisoblanadi, -man, -miz, -san, -siz kabi shaxsshaxs-son qo'shimchalari esa -gan, -b, -ib, -yap, -yotir, -ayotir, -moqda, -r, -ar, -gay, -moqchi kabi zamon qo'shimchalaridan keyin qo'llaniladigan shaxs-son qo'shimchalari hisoblanadi:
Birinchi shaxs birlik: Men o'qidim. Men o'qisam,....
Birinchi shaxs ko'plik: Biz eshitdik. Biz eshitsak,....
Ikkinchi shaxs birlik: Sen boshlading. Sen boshlasang,......
Ikkinchi shaxs ko'plik: Siz olib keldingiz. Siz olib kelsangiz,.....
Uchinchi shaxsda shaxs shaxs-son qo'shimchalari mavjud emas: U eshitdi. U eshitsa,.......


Birinchi shaxs birlik: Men adashibman.
Birinchi shaxs ko'plik: Biz isbotlaymiz.
Ikkinchi shaxs birlik: Sen yaxshi bajaryapsan.
Ikkinchi shaxs ko'plik: Siz yolg'on va'dalarga ishonasiz.
Uchinchi shaxsda shaxs-son qo'shimchalari mavjud emas: U ham eshitgay. U tafilotlarini eshitgan.
5) Zamon qo'shimchalarining xarakterli xususiyatlari: bu haqida ham tushunchalar, aytarli, shart emas, xuddi kelishiklar kabi oddiy.
6) Fe'lning mayl shakllari va ularning xarakterli xususiyatlari:


Xabar maylining qo'shimchasi mavjud emas.
Shart maylining qo'shimchasi bitta: "-sa". Bu qo'shimcha o'zidan keyin -m, -k, -ng, -ngiz kabi shaxs-son qo'shimchalarini qabul qiladi (uchinchi shaxsda hech narsa yo'q):
Men borsam, ... Biz o'qisak, ....
Sen aytsang, ... Siz tinglasangiz, ...
U eshitsa, ... Ular qaytarsa(lar), ...
Buyruq mayli qo'shimchalari uch shaxsda, birlik va ko'plikda bo'ladi. Eng muhim jihati shundaki, ulardan oldin hech qachon ZAMON qo'shimchalari qo'llanilmaydi. (Shaxs-sondan oldin zamon qo'llanilar edi-ku, buyruq maylida unaqa emas demoqchiman.)
1-shaxs birlik: -y, -ay, ko'plik: -ylik, -aylik
2-shaxs birlik: -gin, -kin, -qin, ko'plik: -ng, -ing, -ngiz, -ingiz
3-shaxs birlik: -sin, ko'plik: -sin(lar)
Misollar:
Men ham eshita+ay. O'zim o'qi+y
O'zimiz sotib ol+aylik. Biz yasha+ylik.
Sen ham olib kel+gin.
Siz buni top+ing. O'zingiz o'qi+ng.
U biznikida yasha+sin.

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling