Normamatova dildora


Download 113.68 Kb.
bet31/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

"-ingiz"qo'shimchasining omonimligi:



  • ismning munosabat shakli(egalik): sizning bilim+ingiz=bilimingiz

  • * fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli): Yorimning qoshiga siz ham bor+ingiz=boringiz,

  • Men uchun ul yorga siz yolvor+ingiz=yolvoringiz.

ESLATMA:-ng va -ngiz qo'shimchalari ikki marta fe'lning munosabat shakli bo'lishini (shaxs-son va buyruq mayli) bilib oldik, ularning farqi juda oddiy: shaxs-son -ng, -ngiz qo'shimchalari "-di" va "-sa" qo'shimchalaridan keyin keladi, buyruq mayli -ng va -ngiz qo'shimchalari esa hech qachon "-di" va "-sa" qo'shimchalaridan keyin kelmaydi. Yuqoridagi misollarga bir qarang:👆👆👆
"-man", "-san"qo'shimchalarining omonimligi:

  • ismning munosabat shakli (bog'lama): Men ham injiner+man=injinerman.

  • Sen endi yetakchimiz+san=yetakchimizsan.




  • fe'lning munosabat shakli (shaxs-son): Men ko'p afsuslan+a+man=afsuslanaman.

  • Sen ham eshit+gan+san=eshitgansan.



"-siz" qo'shimchasining omonimligi:



  • ismning munosabat shakli (bog'lama): Siz buyuk ijodkor+siz=ijodkorsiz.

  • fe'lning munosabat shakli(shaxs-son): Siz noto'g'ri tushin+yap+siz=tushunyapsiz.

  • sifat yasovchi: tarbiya+siz=tarbiyasiz, vijdon+siz=vijdonsiz

  • ravish yasovchi: tinim+siz=tinimsiz.



"-dir"qo'shimchasining omonimligi:



  • ismning munosabat shakli (bog'lama): Inson ekanligimiz buyuk ne'mat+dir=ne'matdir.

  • * fe'lning lug'aviy shakli(orttirma nisbat): kul+dir+moq=kuldirmoq, ye+dir+moq=yedirmoq

  • yuklama(gumon yuklamasi): Ehhimol, bizni tanigan+dir=tanigandir.

  • gumon olmoshini hosil qiluvchi qo'shimcha: kim+dir=kimdir. nima+dir=nimadir. (Aslida-chi, oxirgisini yozishim shart emas edi, lekin ba'zi abituriyentlar hali o'rganishi kerak bo'lgan ko'o'o'p narsalarni chetga surib, umuman imtihonga aloqasi bo'lmagan joylardan kir axtaradi-ku, shular uchun yozdim).

"-da"qo'shimchasining omonimligi:

  • o'rin-payt kelishigi: qishloq+da=qishloqda

  • yuklama (kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi): hatto do'stini-da tanimadi. (do'stini ham)


Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling