Normamatova dildora


Download 113.68 Kb.
bet33/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

"-larcha"qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (ravish yasovchi): mard+larcha, aybdor+larcha

  • lug'aviy shakl yasovchi (chama son qo'shimchasi): ming+larcha askarlar bedarak yo'qldi.

"-ir"qo'shimchasining omonimligi:

  • so'z yasovchi (fe'l yasaydi): gap+ir+moq=gapirmoq

  • lug'aviy shakl yasovchi (orttirma nisbat): bitmoq+ir=bitirmoq. Oshmoq+ir=oshirmoq



"-sh"qo'shimchasining omonimligi:



  • lug'aviy shakl yasovchi (birgalik nisbat): Atrofni bir zumda tozal+sh+di=tozalashdi. Ishchilarni qiyna+sh+masin=qiynashmasin.

  • lug'aviy shakl yasovchi (harakat nomi qo'shimchasi): Atrofni tozala+sh+ingiz uchun nimalar kerak? Ishchilarni qiyna+sh+ning oqibati yaxshilikka olib kelmaydi.

  • (Tanish chehra, o'xshash ovoz kabilardagi "-sh" qo'shimchasi haqida boshingizni qotirib o'tirmang, bilamaaan, ayrimlar hozirdan bu masalani online guruhlarda bahs qilishadi, lekin vaqt yutqazgani qoladi, xolos)



"-ish"qo'shimchasining omonimligi:

  • lug'aviy shakl yasovchi (sifat darajasi qo'shimchasi): qizg'ish, ko'kish

  • lug'aviy shakl yasovchi (birgalik nisbat qo'shimchasi): Yuklarni bugun olib kel+ish+moqchi.

  • lug'aviy shakl yasovchi (harakat nomi qo'shimchasi): Yuklarni olib kel+ish+ga yordamlashing.



ESLATMA:Birgalik nisbat "-sh, -ish" qo'shimchasi va harakat nomi "-sh, -ish" qo'shimchalari bir-biridan juda oddiy farqlanadi: birgalik nisbat qo'shimchasidan keyin zamon, shaxs-son, mayl va bo'lishsizlik qo'shimchalari kela oladi. Harakat nomi qo'shimchasidan keyin esa egalik va kelishiklar hamda ko'makchi (bilan, uchun, haqida...) lar qo'llanila oladi. (Misollar 👆👆👆 yuqorida)


"-chak"qo'shimchasining omonimligi:

  • lug'aviy shakl yasovchi: kelin+chak

  • so'z yasovchi (ot yasaydi): belan+chak

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): kuyun+chak



"-choq"qo'shimchasining omonimligi:



  • lug'aviy shakl yasovchi: toy+choq, qo'zi+choq

  • so'z yasovchi (ot yasaydi): o'yinchoq

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): maqtan+choq




Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling