Normamatova dildora


Download 113.68 Kb.
bet35/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

    Bu sahifa navigatsiya:
  • "-gi"
"-gin, -qin, -kin"qo'shimchasining omonimligi:



  • sintaktik shakl yasovchi (fe'lning buyruq mayli qo'shimchasi): eshit+gin, olib chiq+qin, ek+kin

  • so'z yasovchi (ot yasaydi): toshqin, bosqin, tizgin

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): jo'shqin, sotqin, g'amgin, ezgin, keskin



"-ch"qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (ot yasaydi): ishonch, quvonch

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): tinch, jirkanch



"-gi"qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (ot yasaydi): supurgi, sevgi

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): bugungi, kunduzgi

"-don"qo'shimchasining omonimligi:





  • so'z yasovchi (ot yasaydi): qalamdon, kuldon

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): qadrdon, bilimdon



"-dor"qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (ot yasaydi): hukmdor

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): aybdor

-ik”qo'shimchasining omonimligi:





  • so'z yasovchi (ot yasaydi): kech + "-ik" = kechik. (Daryoning sayoz qismini bildiruvchi bu so'z fe'ldan yaslagan yasama otdir)

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): egik, bukik. Boshim egik, qaddim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim.

  • so'z yasovchi (fe'l yasaydi): kech +"-ik" = kechik (Biror joyga yoki ishga olgura olmaslik ma'nosini bildiradigan ushbu yasama fe'l ravishdan yasalgan)



"-iq"qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (ot yasaydi): chopiq, chiziq

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): yopiq, siniq

  • so'z yasovchi (fe'l yasaydi): yo'liqmoq, zo'riqmoq



"-kash"qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (ot yasaydi): aravakash, suratkash

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): zahmatkash, jafokash



"-ki"qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (ot yasaydi): tepki, turtki

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): ertalabki, kechki

  • yuklama (kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi): shunday gapirdiki, ......



"-kor"qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (ot yasaydi): g'allakor, paxtakor

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): itoatkor, shiddatkor



"-la"qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (fe'l yasaydi): ong+la=anglamoq, gullamoq, isbotlamoq

  • Ko'makchi ("bilan" ko'makchisining qisqargan(she'riy) shakli): Sen-la baxtliman. (Sen bilan baxtliman)

  • yuklama ("-oq" yuklamasining ma'nodoshi): keliboq ketdi. kelib-la ketdi



"-lik" qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (ot yasaydi): jizzaxlik, yaxshilik

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): astarlik mato, qishlik zaxira

"-oq"qo'shimchasining omonimligi:





  • so'z yasovchi (ot yasaydi): o'roq, quchoq, qo'noq, yotoq

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): qo'rqoq

  • yuklama (kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi): ko'riboq yig'lab yubordi.



"-chi"qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (ot yasaydi): tijoratchi, jangchi

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): a'lochi

  • * yuklama (so'roq-taajjub yuklamasi): Sen-chi, ...... tushunsang-chi........



"-chiq"qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (ot yasaydi): yopinchiq

  • so'z yasovchi (sifat yasovchi): qizg'anchiq



"-q"qo'shimchasining omonimligi:



  • so'z yasovchi (ot yasaydi): tirnoq, og'riq

  • so'z yasovchi (sifat yasaydi): sovuq, achchiq




Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling