«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
109 joylashtirishga, hududlar rivojlanishini jonlantirishga ko‘mak beradi, yangi texnologiyalarni kiritishda nihoyatda ahamiyatli bo‘ladi. O‘tish davrida ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishda chet el sarmoyalarini, firmalarni jalb etish ham muhim. Buning uchun qulay investitsiya muhiti yaratilishi, xorijiy investorlarni qiziqtiruvchi shart-sharoitlar muhayyo bo‘lishi zarur. Ikkala tomon uchun manfaatli bo‘lgan qo‘shma korxonalarni qurish esa mintaqa va milliy iqtisodiyotni mustahkamlashda, jahon bozoriga chiqishda katta ahamiyatga ega. Mavjud jahon tajribasi ko‘rsatadiki, o‘tish davrida yengil, xususan, to‘qimachilik sanoatini ustuvor darajada rivojlantirish yaxshi natija beradi. Sababi ushbu sanoat korxonasini qurishda, asbob-uskunalar uchun katta mablag‘ talab qilinmaydi, mahsuloti esa barchaga va hamma vaqt kerak, pul oboroti (aylanishi) esa tez kechadi. Biroq shunday bo‘lsada to‘qimachilmk sanoatiga urg‘u berish asosida barqaror iqtisodiyotni shakllantirish ancha vaqtni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun, bunday an‘anaviy yo‘lni «evolyutsion yo‘l» deb atash mumkin. Shu bilan birga mashinasozlik sanoatini ham o‘tish davri iqtisodiyotini shakllantirishda ahamiyati katta. Bu garchi «revolutsion» yo‘l bo‘lsada, u biroz tavakkalli va kafolatsizdir. Uning muvaffaqiyati uchun tegishli shart-sharoit, qulay raqobat makoni bo‘lishi zarur. O‘tish davrida ko‘pchilik hollarda «kichik» daraja ma‘qul: kichik korxona, kichik tadbirkor, kichik shahar va h.k. Chindan ham kichik korxonalar harakatchan, ixcham, kasod bo‘lgan tarzda ularning yo‘nalishini (ixtisoslashuvini) osonlikcha o‘zgartirish mumkin. Bunday korxonalarni boshqarish ham oson. Biroq, kichik korxonalar mahsuloti asosan mahalliy bozorni to‘ldiradi, to‘yintiradi, ularni mintaqaviy va xalqaro bozolardagi raqobatbardoshligi pastroq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, keyinchalik, xo‘jalik tarmog‘ining xususiyatidan kelib chiqqan holda, kattaroq korxona va tashkilotlarni qurish ham maqsadga muvofiq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling