«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
108 chog‘da agrosanoat majmui rivojlangan hududlarda (Sirdaryo, Xorazm, Namangan va h.k.) bu jarayon tezlik bilan amalga oshmoqda. Mulkchilikning turli shakllariga keng yo‘l ochish, iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish maqsadida davlat antimonopol, ya‘ni monopoliyaga qarshi siyosat olib boradi. Shu bilan birga, u ilgarigidek ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni qat‘iy rejalashtirmaydi (chunki, endi barcha mulk uniki emas), balki tartibga solib boradi. Ammo bu tizimga bosqichma-bosqich o‘tib boriladi. Zero, buning uchun moddiy, ma‘naviy, huquqiy shart-haroitlar muhayyo bo‘lishi shart. O‘tish davri prinsiplaridan birida davlatning asosiy islohotchi, tashkilotchi kuch sifatida saqlanib qolishi qayd etilgan. Darhaqiqat, davlatning bunday vazifasi qolaveradi, faqat uning amalga oshirilish yo‘llari biroz o‘zgaradi. Davlat o‘z tasarrufida bo‘lgan sohalarga bevosita, qolganlariga esa bilvosita, ya‘ni moliya- kredit, soliq, narx-navo siyosati orqali ta‘sir qiladi. Demak, «joylashtirish», «hududiy tashkil qilish» tushunchalarining qat‘iyligi ancha yo‘qoladi, chunki endi hamma korxonalarni ham davlat rejalashtirmaydi. Binobarin, hozirgi sharoitda joylashtirish, hududiy tashkil qilishning «egasi», subyekti nafaqat davlat, balki aloxida jismoniy shaxs, oila, jamoa, kichik va o‘rta tadbirkorlar hisoblanadi. O‘tish davrida rivojlanayotgan mamalakatlarda erkin iqtisodiy mintaqalarni (EIM) yaratishga katta e‘tibor beriladi. Ularning ham shakli va turi ko‘p: EIMlar bevosita sanoat ishlab chiqarishiga, eksport-import jarayoniga, xizmat ko‘rsatish, savdo-sotiqqa (ofshor) ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin. EIMlarni tashkil qilishda, avvalambor, qulay iqtisodiy geografik o‘rin, infrastruktura tizimi, transportning rivojlanganligi hamda solig‘, bojxona sohasidagi yengilliklar, imtiyozlar talab etiladi. O‘z navbatida yaratilgan EIMlar milliy va mintaqaviy iqtisodiyotga katta ta‘sir ko‘rsatadi, ishlab chiqarishni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling