«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet98/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

106 
vaqtida yetkazib berish prinsipiga rioya qilishadi. Bu har ikkala tomon uchun ham 

ahamiyatli hisoblanadi.


Mazkur prinsipni amalga oshirilishi ishlab chiqarishni joylashtirish va 
tashkil qilishga ham ma‘lum darajada ta‘sir qiladi. Masalan, buyurilgan narsani o‘z
vaqtida va faqat kerakli miqdorda yetkazib berilishi katta-katta omborxonalarni 
zarursiz qilib qo‘yadi, transport tizimi va omiliga o‘zgartirish kiritadi.
Rivojlangan mamlakatlarda asta — sekin mehnatni ko‘p talab qiluvchi
bevosita tabiiy boyliklarni qayta ishlovchi, ekologik jihatdan xavfli korxonalar,
turli ta‘mirlovchi zavodlar ikkinchi (ko‘pincha yangi industrial mamlakatlarga), 
ulardan esa uchinchi darajali mamlakatlarga ko‘chmoqda. Arzon ishchi kuchining
borligi an‘anaviy sanoat tarmoqlarini o‘ziga jalb qilmoqda, rivojlangan 
(«postindustrial») mamlakatlarning iqtisodiyoti esa asosan xizmat ko‘rsatish,
jumladan turizm iqtisodiyotiga, moliya funksiyalari, qimmatbaxo qog‘ozlar va pul 
bozori kabi yangi omillarga tayanmoqda.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyati talab va taklif, iste‘mol va 
ishlab chiqarish munosabatlaridir. Vaxolanki, avvalgi «sotsialistik planlashtirish»
sharoitida bu prinsip aksincha edi. Binobarin, hozirgi kunda talab, iste‘mol taklif 
va ishlab chiqarishga ko‘ra ildamroq, oldinda boradi va bu iqtisodiy rivojlanishni
harakatga keltiradi. 
Aynan, ana shunday sharoitda ishlab chiqarishni ijtimoiy va hududiy tashkil
qilish mutlaqo o‘zgaradi. Ma‘lumki, ilgari mahsulotlarning turi oz, talab ham 
cheklangan edi. Ishlab chiqariladigai mahsulot muayyan bir andozada (standartda)
ko‘plab, konveyr usulida yaratilardi. Bu usul jahon miyosida amerikalik sanoatchi 
G.Ford nomi bilan «fordizm» deb yuritiladi. U XX asr o‘rtalarida «Ford» (F)
markali avtomobillarni ko‘plab ishlab chiqib, jahon bozorini monopoliya tarzida 
egallagan edi.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling