«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet97/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

105 
shunga o‘xshash Osiyo-Tinch okeani regioni, Shimoliy Amerikada ham yirik 

mamlakatlararo iqtisodiy tizimlar paydo bo‘lmoqda. Ehtimol, kelajakda ular


MDH hududida, jumladan, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston mintaqasida ham 
shakllanishi mumkin. Buning oqibatida, xalqaro mehnat taqsimotining asosiy
subyekti sifatida alohida mamlakatlar emas, balki ko‘proq mamlakatlararo 
iqtisodiy uyushmalar katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bozor munosabatlari, «bozor» garchi sharqona mazmunga ega bo‘lsada, 


uning hozirgi mohiyati butunlay boshqacha. To‘g‘ri, bozorlar (bizning an‘anaviy
tushunchamizga ko‘ra) dastavval sharqda vujudga kelgan. Keyinchalik u O‘rta 
Osiyo va Yaqin sharq, so‘ngra O‘rta dengiz, u orqali Pireney yarim oroliga, ya‘ni
Ispaniya va Portugaliyaga o‘tgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin «bozor» 
so‘zi Atlantika okeanidan o‘tib, Janubiy va Markaziy Amerikaga borib yetdi. Ana
shunday evolutsiya va geografiyaga ega bo‘lgan bozor o‘zimizga yangi ma‘no 
kasb etgan holda «qaytib keldi».
Qadim – qadimda ham xalqlarimiz bozorni pul, pul muomalasi bilan 
uyg‘unlashtirishgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda bozor, bozor munosabatlari bu pul
demakdir. Ammo bugungi sharoitda pul doimo harakatda, muomalada bo‘lishi, 
qo‘shimcha qiymat yaratishi, aylanishi kerak («pul pulni topadi», deyishadi).
Demak, pul harakatda bo‘lishi shart. Bundan bozor munosabatlarining yana 
bir hususiyati kelib chiqadi, ya‘ni vaqt. Bozor sharoitida vaqtning iqtisodiy qiymati
nihoyatda oshadi, davr zichlapadi, intensivlashadi, Munki «vaqting ketdi, naqding 
ketdi», deb bejiz aytishmagan.
Bozor munosabatlariga allaqachon o‘tgan, bu borada boy tajribalarga ega 
bo‘lgan rivojlangan mamlakatlarda vaqtdan samarali foydalanishga katta e‘tibor
berilmoqda. Yirik korxona yoki korporatsiyalar, firmalar o‘zaro iqtisodiy 
aloqalarida, «oldi-bordi» munosabatlarida so‘ralgan, buyurilgan narsani ayni o‘z






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling