IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
101
jarayonning
asosida
ishlab
chiqarishning
nafaqat
mujassamlashuvi
(kontsentratsiyasi), balki uning ixtisoslashuvi ham yotadi. Ixtisoslashuv esa
mahsulotnish chetga yuborilishi bilan belgilanadi. Shu bois, bu yerda ishlab
chiqarilgan mahsulotning ortiqcha qismi boshqa yerga (mamlakat yoki rayonga)
yo‘nalishi lozim; mahsulotning shu joyning o‘zida to‘la, batamom iste‘mol
qilinishi ixtisoslashuv, HMT emas, bu oddiy natural xo‘jalikdir. Bunday davlatlar
jahon xo‘jalik tizimiga kira olmaydilar, milliy iqtisodiyoti zaifligi sababli ular
jahon bozorida ishtirok eta olmaydilar va doimo «sudraluvchi» bo‘lib
qolaveradilar. Agar mamlakat ichida shunday mintaqalar mavjud bo‘lsa, u xolda
uning yagona geoiqtisodiy tizimi vujudga kelmaydi, iqtisodiy xavfsizlik
ta‘minlanmaydi; xo‘jalikning hududiy tarkibi shakllanmaganligi, xomligi
natijasida ichki iqtisodiy integratsiya jarayonlari rivojlanmaydi.
HMTning rivojlanishida transportning roli katta. Chunki transport mahsulot
ishlab chiqarilgan joy bilan uni iste‘mol qiladigan rayon o‘rtasidagi aloqadorlikni
bajaradi, transport xarakati esa mahsulotning iste‘mol rayonidagi qiymatiga kiradi.
HMTda bir necha bosqich yoki daraja mavjud. Chunonchi, sobiq Ittifoq
davrida ular quyidagilar edi:
xalqaro yoki mamlakatlararo mehnat taqsimoti;
sotsialistik yoki kapitalistik mamlakatlar orasidagi mehnat taqsimoti;
butunittifoq mehnat taqsimoti;
yirik iqtisodiy rayonlar doirasidagi mehnat taqsimoti;
respublikalar ichidagi mehnat taqsimoti.
Bu yerda ta‘kidlash kerakki, ilgarigi tizimda oxirgi ikki bosqichda hududiy
mehnat taqsimoti amalda yo‘q edi. Masalan, O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni
mamlakatga, asosan, paxta yetishtirib berardi. O‘zbekiston ichida esa bu taqsimot
yanada zaif edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |