«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet95/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

103 
HMT va integratsiya natijasida turli miqyosdagi bozorlar vujudga keladi. 

Ular mahalliy, mintaqaviy, mintaqalararo, milliy va xalqaro darajada bo‘ladi.


Mamlakatlar doirasidagi bozorlar esa amaldagi iqtisodiy rayonlar chegarasini 
belgilaydi, chunki xar bir bosqichdagi bozor o‘zining ta‘sir doirasiga, makoniga
ega. Nemis omili A.Lyosh ham o‘z vaqtida iqtisodiy landshaftlar (rayonlar)ni 
bozorlar makoni, ta‘sir radiusi yoki hududi bilan aniqlangan edi, hozirgi kunda esa
ixtisoslashgan tarmoqlarni bozorga ixtisoslashgan tarmoqlar, deb ham aytishadi. 
Har bir mamlakat milliy iqtisodiytining barkamolligi, mustahkamligi
bosqichma-bosqich turli darajadagi bozorlarni o‘z mahsuloti bilan to‘yintirilishi, 
import mahsulotlarining o‘rinini qoplovchi imkoniyatlarni yaratish negizida
amalga oshiriladi. Xuddi shu maqsadda xalq iste‘mol mollarini ko‘proq yetishtirish 
ayni muddaodir.
Hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biri – bu respublika ichida 
hududiy mehnat taqsimotini rivojlantirish, iqtisodiy rayonlar va viloyatlar xo‘jalik
tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bu o‘rinda barcha hududlarning faqat yoki, 
asosan, paxtachilikka ixtisoslashuvi aslo shart emas; u bilan birga xo‘jalikning
yana boshqa sohalari ham rivojlanishi zarur, Masalan, Farg‘ona iqtisodiy rayonida 
(paxtachilikdan tashqari) pillachilik, bog‘dorchilik, to‘qimchilik va mashinasozlik
(avtomobilsozlik), Qashqadaryoda — neft va gaz sanoati, Qoraqalpog‘istonda —
kimyo rivojlanishi va h.k. Ana shundagina mintaqalar mamlakat tashqarisidagi
bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ochiq, erkin iqtisodiyot
bozor munosabatlariga mos keladi, iqtisodiyotni yanada liberallashtirishga sharoit
yaratadi. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatlarning alohida, «berk», ya‘ni
eksport — importsiz rivojlanishi yaxshi iqtisodiy natijalar bermaydi. Shuning 
uchun ilg‘or mamlakatlarda ochiq savdo, ya‘ni fritreder prinsipi mavjud. Bizning
mustaqil mamlakatimiz ham xalqaro geografik mehnat taqsimotida, jahon bozori 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling