«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet91/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

98 

ballarda (bu ko‘rsatkich orqali resurs manbalarini nisbiy hajmini va 


ularning xo‘jalikdagi ahamiyatini baholash mumkin bo‘ladi);

baholi (pul ko‘rinishidagi baholash resurslarning bozor narxini aniqlashda,


tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni to‘lashda va iqtisodiy zararni 
aniqlashda foydalanish mumkin).

Nazot savollari:
1.

Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat deganda nimani 


tushunasiz?
2.

Tabiiy resurs nima?


3.

Tabiat resurslaridan foydalanish me‘yori deganda nimani tushunasiz?


4.

Qanday tabiiy resurslarni bilasiz?


5.

Energetik tabiiy resurslarga nimalar kiradi?


6.

Tabiiy resurslar nima uchun iqtisodiy jihatdan baholanadi?


7.

Madaniy yoki antropogen landshaftlar deganda nimani tushunasiz?




7-BOB. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYANI 

RIVOJLANISHINING HOZIRGI BOSQICHI 
Reja:

7.1. Hududiy mehnat taqsimoti xaqida tushuncha.


7.2. Geografik mehnat tasimotining omillari. 
7.3. Hududiy mehnat taqsimotining bosqichlari.
7.4. Iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy mehnat taqsimoti. 
7.5. Yangi sharoitda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish.
7.6. Bozor iqtisodiyoti va davlat. 




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

99 
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bevosita hududiy mehnat taqsimoti 

bilan bog‘liq. Ammo hududiy mehnat taqsimoti asosan ishlab chiqarishning


hududiy tarkibini bnldiradi va shu sababli u aholi va mehnat resurslarini o‘z ichiga 
olmaydi. Aholining joylanishi esa ko‘p hollarda ishlab chiqarishni hududiy tashkil
qilish bilan belgilanadi. 
Maxsus adabiyotlarda hududiy mehnat taqsimoti bilan bir qatorda geografik,
regional (mintaqaviy), akvatorial mehnat taqsimoti kabi turdosh tushunchalar 
uchrab turadi. Albatta, ular o‘rtasida jiddiy farq yo‘q, faqat akvatorial mehnat
taqsimoti Yer sharining quruqlik qismida emas, balki uning okean va dengizlarida 
ishlab chiqarishning rivojlanishi, ixtisoslashuvini anglatadi (akva - suv demakdir).
Hududiy mehnat taqsimoti yoki ishlab chiqarishni hudud bo‘ylab 
joylashtirish o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiy geografik jarayon hisoblanadi. Chunki
iqtisod hudud doirasida taqsimlanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish 
kuchlarining hududiy tarkibi yoki tizimi (sistemasi), iqtisodiy rayonlar to‘ri
vujudga keladi. Ulariing o‘zaro hududiy munosabati va joylanish holati iqtisodiy 
geografik vaziyatni ifodalaydi.
Hududiy mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat taqsimotining bir tomonidir. 
Ammo, u iqtisodiy mehnat taqsimotidan biroz keyinroq vujudga kelgan. Sababi
avvallari kishilar tabiatda mavjud imkoniyatlardan foydalanganlar, o‘zlarining u 
yoki bu joyda ma‘lum mahsulotni yetishtirishlari esa tarixan kechroq paydo bo‘ldi.
Demak, hududiy mehnat taqsimoti (HMT), soddaroq qilib aytganda, turli 
joylarning – mamlakat yoki rayonlarning turli mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashuvidir. Natijada ana shu joylarning iqtisodiy «basharasi» shakllanadi va 
ularning kattaroq hududiy tizimdagi o‘rni o‘z aksini topadi.
Agar kengroq qilib ta‘riflamoqchi bo‘lsak, HMT — bu ishlab chiqarish 
tarmoqlarini hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, aholi va mehnat resurslari






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling