IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
95
sanoat ahamiyatiga ega o‘rmon resurslari;
sanoat ahamiyatiga ega biologik resurslar.
Shuningdek, sanoatda foydalanish yo‘nalishlarini o‘zida aks ettiruvchi
geologik-iqtisodiy klasssifikatsiya ham keng qo‘llaniladi. Bular:
yoqilg‘i-energetika xom-ashyosi (neft, gaz, ko‘mir, uran va
boshqalar);
qora, legirlovchi va qiyin eriydigan metallar (temir rudalari,
marganets, xrom, kobalt, volfram va boshqalar.)
noyob metallar (oltin, kumush va platinoidlar);
kimyoviy va agronomik xom-ashyo (kaliy tuzlari, fosforitlar,
appatitlar va boshqalar)
texnik xom-ashyo (olmos, asbest, grafit va boshqalar).
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi resurslariga qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishtirok etadigan tabiiy resurslar kiradi. Bular
quyidagilar:
agroiqlimiy resurslar – madaniy o‘simliklarning rivojlanishi va
chorvani ozuqa bilan ta‘minlashda zarur bo‘ladigan issiqlik va namlik.
tuproq, ya‘ni yer resurslari – biomassa ishlab chiqarish xususiyatiga
ega yer va tuproqning usti qatlami.
o‘simlik resurslari – biologik ozuqa resurslari;
suv resurslari – sug‘orishda ishlatiladigan suv.
Nomoddiy (xizmat ko‘rsatish) sohasi resurslariga (bevosita va bilvosita
noishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur) tabiiy muhitdan olinadigan resurslar va
shu bilan birga rekreatsion (dam olish, istirohat) xo‘jalik, qo‘riqxona hududlari va
boshq.) kiradi.
Tabiiy resurslarni tabiiy va iqtisodiy jihatdan klassifkatsiyalash ulardan turli
maqsadlarda foydalanish yoki ularning muqobillarini topish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |