«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet85/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

92 
dollarni tashkil qiladi. Zilzila yer po‘stlog‘ining muttasil tebranishi va seysmik 

to‘lqinlarning urilishi oqibatida yuzaga keladi. Tabiiy zilzilalardan tashqari inson


faoliyati tufayli (neft va tabiiy gaz qazib olish, yirik suv omborlarini suvga 
to‘ldirish, katta kar‘erlar hosil qilish va boshq.) vayron qiluvchi zilzilalar ro‘y
berishi mumkin. 
O‘zbekistonda zilzilaning kuchini ko‘rsatuvchi 12 balli shkala qabul
qilingan. 6 balli zilzilalar g‘ishtli va toshdan qurilgan binolarga 1-darajali zarar 
yetkazadi. Yerda 1 sm gacha yoriqlar paydo bo‘lishi, ba‘zi hollarda tog‘li
hududlarda ko‘chkilar sodir bo‘lishi ham mumkin. 10 balli yer qimirlashida 
binolarning 75 foizi qulaydi, shuningdek ba‘zi to‘g‘onlar va ko‘priklar vayron
bo‘ladi, temir yo‘llar chalkashib ketadi va boshqalar. 


Tabiiy resurslar
– tabiat elementlari bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishning 
hozirgi rivojlanish darajasida jamiyat ehtiyojlarini qondirishda foydalanilayotgan
(yoki foydalanishi mumkin bo‘lgan) tabiiy sharoitlar majmuasining bir qismi
tabiiy muhitning muhim komponentlari hisoblanadi. Ushbu resursalar tabiatdan
foydalanishning bosh obyekti bo‘lib, ular foydalanishga va qayta ishlash 
jarayonlariga jalb etiladi. Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bir qatorda ularni
muhofaza qilish va saqlashga (tabiatni muhofaza qilish muammolarining hal 
etishga) yo‘naltirilgan faoliyat yonma-yon ro‘y beradi.
Tabiiy resurslarni paydo bo‘lishining tabiiy jarayon ekanligini va uning 
ulkan iqtisodiy ahamiyatini hisobga olib, quyidagicha klassifikatsiya ishlab
chiqilgan: 
1. Tabiiy (genetik) klassifikatsiya – tabiiy resurslarning tabiiy guruhlarga
ko‘ra klassifikatsiyasi: mineral (foydali qazilmalar), suv, yer (shu jumladan 
tuproq), o‘simlik (shu jumladan o‘rmon), hayvonot dunyosi, iqlim resurslari,
tabiiy jarayonlar energiyasi resurslari (quyoshning nur sochishi va issiqligi





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling