IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
88
xo‘jalik faoliyatining barcha sohalari, ayniqsa, shahar qurilishi, transport va gidro
texnika qurilishlar uchun juda muhim hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun tuproq
sharoitlari juda ahamiyatlidir. Tuproq – tabiatning o‘ziga xos qismi bo‘lib, u yer
ustki qatlamining havo, namlik, biota ta‘siri ostida o‘zgarishi oqibatida
shakllanadi. Tirik va o‘lik tabiatning barcha xususiyatlarini o‘zida
mujassamlashtiradi. Tuproqning boyligi uning hosildorligi, serunumligi bilan
ifodalanadi. Hosildorlik tuproqning o‘simlikni zarur namlik va moddalar bilan
ta‘minlash hamda hosil olishga sharoit yaratib berish qobiliyatidir.
Biota deganda tabiiy fanlarda ma‘lum bir hududda yashovchi tirik
organizmlarning jamlanishi tarixi, Shuningdek, o‘simlik va hayvonot dunyosining
bir butunligi tushuniladi. Hududning tabiiy sharoitlariga o‘simliklar va hayvonat
olamini baholash ham kiradi. Hayvonot olami (zootsenoz) – bu ma‘lum bir hudud
doirasida yashovchi hayvonlar jamlanmasidir. O‘simlik olami (fitotsenoz) esa
ma‘lum bir hududning o‘simliklari qoplami.
Tabiiy shart-sharoitlarning insonlar hayoti va xo‘jalik faoliyatiga ta‘siri.
Tabiiy shart-sharoitlar aholi kundalik hayotiga har tomonlama, xususan
insonlarning mehnati, dam olishi, salomatligi, yangi, qulay va noqulay sharoitlarga
moslashu vchanligiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Tabiiy shart-sharoitni baholash uni inson uchun qulayligi darajasi bilan
aniqlanadi. Uni o‘lchash uchun o‘ttizga yaqin ko‘rsatgichdan foydalaniladi (iqlim
davrining davomiyligi, iqlim namligi, harorat, shamol, tabiiy zararlanish
o‘choqlarining mavjudligi va hokazo).
Qulaylik darajasiga qarab quyidagilar ajratiladi:
o‘ta noqulay hududlar (qutbiy hududlar, baland kengliklarning tog‘li
rayonlari va hokazo);
Do'stlaringiz bilan baham: |