IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
85
Iqtisodiy rayonlarni shu tartibda tariflash, tarixiy va geografik, sistema-
struktura, kartografik va energiya ishlab chiqarish sikli metodidan moxirona
foydalanish, tarmoqlarni hududiy nuqtai nazardan va, aksincha, hududiy iqtisodiy
kompleksni tarmoqlar va ishlab chiqarishning texnologik birligi bo‘lgan sikllar
bo‘yicha o‘rganish juda katta samara beradi. Shu bilan birga rayonlarni o‘rganish
kompleks bo‘lishi va ayniksa ularning iqtisodiy ijtimoiy tomoniga e‘tiborni jalb
etish hamda ekologik omillarni hisobga olish zarur.
Ammo kompleks xarakteristikada rayonlar bir-biriga o‘xshab ketmasligi,
shablon (1 qolipda) bo‘lmasligi kerak, aksincha, har bir rayon uchun xos bo‘lgan
asosiy xalq xo‘jaligi tarmogi va uning hududiy strukturasini mahkam «ushlab» va
uning atrofida so‘z yuritish darsni qiziqarli o‘tish shartlaridan biridir.
Iqtisodiy yoki sotsial-iqtisodiy rayonlashtirish fanning asosi, deb aytsak xato
bo‘lmaydi. Iqtisodiy rayonlashtirishning mexanizmi yoki formulasini quyidagicha
tasvirlash mumkin:
XTM - ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishi - iqtisodiy rayonlarning
vujudga kelishi - rayonlararo iqtisodiy aloqalar. Ammo, XTM nisbatan tez,
rayonlar shakllanishi esa sekinrok amalga oshadi. Shunday bo‘lsa-da, geografik
mehnat taqsimotining tarixiy rivojlanishi iqtisodiy rayonlar chegarasi va sonini
o‘zgartirib turadi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Hududiy ishlab chiqarish majmualari nima va uning asoschisi kim?
2. Nima sababdan hududiy ishlab chiqarish majmualari iqtisodiy jihatdan
samarali hisoblanadi?
3. Hududiy ishlab chiqarish majmualari va energiya ishlab chiqarish
sikllari o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
4. Respublikamizda vujudga kelayotgan hududiy ishlab chiqarish
majmualarini ta‘riflab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |